Biosfera haqida


Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi birinchi navbatda, ekologik



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
1-ma\'ruza

 
Organizmlarning o‘sishi va rivojlanishi birinchi navbatda, ekologik 
minimum yoki ekologik maksimum qiymatlariga yaqinlashuviga muhit 
omillariga bog‘liq. 
Agar ekologik omillarning atigi bittasi qatnashmasa, unda huddi o„sha omil 
organizmning, populyasiya yoki jamoasining hayot faoliyatini limitlovchi omil 
hisoblanadi. Umuman shuni tasdiqlash mumkinki, V.SHelfordning tolerantlik 
qonuni YU.Libixning minimumiga va F.Blekmanning limitlovchi omillar 
prinsipiga nisbatan keng tushuncha hisoblanadi. Tolerantlik katta amaliy 
ahamiyatga ega. Bunga asosan, har qanday ortiqcha moddalarni muhitni ifloslovchi 
deb qarash kerak. Qurg„oqchil tumanlarda zarur suvning ham ortiqcha miqdorda 
bo„lishi sug„oriladigan erlarda sho„rlanishga ba‟zida, botqoqlanishga (suv 
bosishiga) olib keladi. Ayrim elementlarning etishmasligi (yod, ftor) - buqoq va 
karies kasalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi. Tolerantlik ko„pgina 
kuzatuvchi omillar orqali tushuntiriladi. 
Organizmlar bitta omilga nisbatan 
tolernatlik keng diapazonda, boshqasiga nisbatan qisqa diapazonli bo„lishi 
mumkin. Masalan, inson ovqatlanishidan ko„ra suvga chidamsizroq, ya‟ni suv 
ushbu holatda limitlovchi omil hisoblanadi. 
Agar ekologik omillarning sharoitlaridan biri nomuvofiq bo„lsa, boshqa 
omillar bo„yicha tolerantlik chegarasi o„zgarishi mumkin. Masalan, boshoqli 
o„simliklarning tuproq tarkibida azotning etishmasligi katta miqdorda suvni talab 
qiladi. Ko„pgina omillarning tolerantlik intervali organizmlar hayotining qiyin 
davrida, asosan ko„payish davrida (katta organizmlarga nisbatan ularning avlodlari 
hayot sharoitlariga chidamsizroq bo„ladi) qisqaradi 
5. Ekologik omillarning o‘zaro ta’siri.
Har hil ekologik omillar bir-biriga 
bog„liq bo„ladi. Bitta omilning o„zgarishi boshqa omilning o„zgarishiga olib 
keladi, bu hodisa ekologik omillarning o„zaro ta‟siri deb nom olgan. 
Abiotik iqlim omillarining eng muhimi harorat va namlikdir. Ularning 
o„zaro ta‟siri ikkita asosiy: dengiz va kontinental iqlim turi bilan shakllanadi. 
Dengiz iqlimi kontinentalga nisbatan, namlik va haroratning shiddatsiz o„zgarib
turish xususiyatiga ega. Barchamizning o„z tajribamizdan ma‟lumki, namlik yuqori 
bo„lganda, baland va past haroratda mo„„tadilga nisbatan inson o„zini yomon his 
etadi. 
Omillarning o„zaro ta‟sirida bitta omilning boshqasiga qisman almashtirish 
o„ziga xos shaklga ega. Bitta omilning ta‟siri pasayib, boshqa omilning ta‟siri 
kuchayish hodisasi kompensatsiya effekti deb nom olgan. Masalan, ma‟lumki, 
Peruning qator tumanlarida yillab yog„ingarchiliklar bo„lmaydi. O„simliklar 
etishmagan namlikni xavo orqali to„plab kompensatsiya qiladi. Har qanday muhit 
sharoiti qisman boshqasiga o„rin almashtirish mumkin, ya‟ni bitta va o„sha tashqi 
effektning ichki ekologik hodisalar sababi turlicha bo„lishi mumkin. Masalan, 


doimiy yam-yashil janubiy o„simliklar ko„proq kontinental iqlimda o„rmonlarning 
yuqori himoya yaruslarida o„sishga moslashgan. Bu holatda iqlim omili biotik omil 
bilan o„rin almashtiradi. Biroq bitta ekologik omilni boshqasi butunlay o„rnini bosa 
olmaydi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə