Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
1-ma\'ruza

Simbioz 
– bu o„zaro manfaatdorlik bo„lib, har xil organizmlarning o„zaro 
munosabatlari emas. Simbiontlar faqat o„simliklar, o„simliklar va hayvonlar faqat 
hayvonlar bo„lishi mumkin. Simbiozlar oziq-ovqat yoki trofik va himoyalanish
simbiozlarga ajratiladi. Oziq-ovqatga moslashgan simbiontlarga termitlar va oddiy 
qilchalilar misol bo„lib, ular ichakda yashaydi, termitlarning tsellyulozasini 
o„simlik oziqasidagi oʻtlar buzadi. Marjonli yig„indilar, chuchuk suvdagi o„tlar bir 
hujayrali suv o„tlari jamoasidan tashqil topadi. Biroq bunga o„xshash birikmalar 
bitta organizmni boshqa bir organizm hisobiga oziqlantirish maqsadida emas, balki 
himoya qilish yoki mexaniq tayanch uchun hosil bo„ladi. 
Mutualizm
– simbiozga yaqin bo„lib, har xil turdagi organizmlarning 
yashashi va o„sishi uchun zarur bo„lgan o„zaro manfaatdorlik munosabatlaridir. 
Masalan: suv o„tlari va zamburug„larning birikmasini ifodalovchi lishayniklar yoki 
gulli o„simliklar va ularni changlaydigan hashoratlar. Bunda ikkala turda o„ziga 
xos bo„lgan moslashuvlar paydo bo„ladi. 
Kommensalizm 
- har xil turdagi hayvonlarning o„zaro munosabati bo„lib, 
bunda bularning bittasi (kommensal) manfaatdorlik ko„radi, boshqasi uchun esa 
bu muhim emas. 
Biz biotik va abiotik omillar to„g„risida gapirganimizda, ularni faqat bitta 
yo„nalish bo„yicha harakat qiladi, deb tushunmaslik kerak. Teskari aloqalar ham 
mavjud, xususan organizmlar muhitning ekologik va abiotik omillarini ham 
o„zgartirishi mumkin. CHigirtkalar o„simliklarni yo„q qilganda o„sha joyning 
shamol rejimi, namligi, harorati va boshqa tavsiflari ham o„zgaradi. O„simlik va 
boshqa organizmlarning jamoasi (ko„pincha mikroorganizmlar) o„zlarining 
yashash muhiti bo„lgan tuproqning «yaxshilangan» shaklini tashkil qiladi. YAna 
shu narsa ma‟lumki, shaharlar, ya‟ni inson faoliyati faol namoyon bo„lgan joylarda 
o„zining alohida mikroiqlimi shakllanadi va boshqalar. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə