Chuchuk suv
0,0
+93,0
93,0
Jadvaldan ko„rinib turibdiki, haroratga nisbatan
quruqlikdagi organizmlar
yuqori darajada ekologik chidamlidir. Buni quruqlikdagi harorat sharoitlarining
o„zgarishlarini suv ob‟ektlariga nisbatan tushuntirish mumkin.
SHunday qilib,
ekologik chidamlilik organizmlar mavjudligining tashqi sharoitlariga to„g„ridan-
to„g„ri bog„liqdir. Organizm yoki turning muhitni har xil sharoitlarida mavjudligini
«ekologik valentlik» atamasi bilan aniqlanadi. Turning ekologik valentligi bitta
omilga nisbatan qiska va boshqasiga nisbatan keng bo„lishi mumkin.
Har hil
omillar valentligining umumiy yig„indisi turning ekologik spektri deb nom olgan.
Ekologik omillarning (mintaqaviyligi).
Ekologik omillar, tabiatdagi
boshqa hodisalar singari mintaqaviydir (4.1-rasm).
Muhitdagi omillarni
organizmlar aniq bir chegarada, tolerantlik mintaqasi
yoki interval (oraliq)da his etadi.
Tolerantlik deganda, organizmlarning yashash
sharoiti o„zgarganda yoki optimal holatdan chetga
chiqqandagi chidamlilik
qobiliyati tushuniladi. Tolerantlik mintaqasidan tashqarida omilning letalli
ahamiyati turadi.
Dostları ilə paylaş: