Biosfera haqida


rasm. Ekologik omillarning «hayot faoliyati omili» koordinatlaridagi



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
1-ma\'ruza

4.1 rasm. Ekologik omillarning «hayot faoliyati omili» koordinatlaridagi 
mintaqaviyligi 
 
Ekologik optimum – biron bir turkum boshqa bir turkumlarga nisbatan 
afzalliklarga ega bo‘lgan sharoitdir. 
O„ta kuchli salbiy ta‟sir intervalida turgan omillarning ahamiyati ekologik 
pessimum deb ataladi. 
Optimum va pessimum oralig„idagi mintaqani oraliq yoki o„tish mintaqasi 
deb atash maqsadga muvofiqdir. Omilning minimal va maksimal miqdorlarida 
organizmlarning halok bo„lishi ekologik minimum yoki ekologik maksimum deb 
ataladi (maksimum va minimum mintaqalarini almashtirmaslik lozim). 
 Limitlangan (cheklangan) omillar.
 
Limitlangan omillar deb, tolerantlik oralig‘i miqdoriga juda 
yaqinlashgan yoki ulardan oshib ketishga aytiladi. 


Limitlangan (cheklangan) omillar asosi 1905 yilda F.Blekman tomonidan 
aniqlangan. Bu omilning asl ma‟nosi unda boshqa omillarning ijobiy ta‟sirlari 
to„planishidan tuzilgan. Bunda organizmlarning mavjudligi nafaqat minimal, balki 
ortiqcha omillar miqdori bilan aniqlanadi. 
Har qanday ekologik omillar (yoki har qanday sharoitda ham) ham 
limitlangan deb atalmaydi. Masalan, er usti ekotizimlarida kislorodning miqdori 
katta va deyarli undan doimo foydalanish imkoniyati oson. Boshqa muhim masala 
suvda eriydigan kislorod, uning etishmasligi tirik organizmlarning rivojlanishini 
(baliqlarning suv tarkibidagi oksigen miqdorining kamayishi yoki suvning zaharli 
moddalar bilan zaharlanishi natijasida suvda yashovchi organizmlarning yoppasiga 
o„lishi yoki halokati) ko„pincha cheklab qo„yadi. 
Limitlanish ham abiotik, ham biotik omillar bo„lishi mumkin. Masalan, 
O„rta Er dengizi anjirlarining Evropadan Kaliforniyaga (AQSH) olib borilganligi 
to„g„risidagi tarixi. U o„sha joydan o„simlik turining changlantiruvchi juftini olib 
borish fikri hayolga kelmaguncha hosil bermagan. 
Limitlangan omillarni aniqlash asosan, qishloq xo„jaligida muhim amaliy 
ahamiyatga ega. SHunday qilib, paxtaning etilishida yorug„lik bug„doyda 
tuproqning kislotali omillari limitlanuvchi hisoblanadi (nordon tuproq tarkibidagi 
ishkorli oxaklanish, betaraflashtirish amalga oshirilmagunga qadar hech qanday 
ma‟danli o„g„itlar samara bermaydi) va boshq. 
Limitlangan omillarning asosi ekologiyaning ikkita asosiy qonunlariga - 
minimum va tolerantlik qonuniga tayanadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə