Biosfera haqida


Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1-ma\'ruza

2. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
. Ekologiya 
biologik fan. U «organizm - muhit» tizimida organizmlarni belgilovchi 
elementlarni tashkil etuvchilardan biridir. SHu bilan bir qatorda bu ma‟lum 
ma‟noda muhitga bog„liq bo„lgan «kuchsiz» elementdir. Organizmlar uchun 
muhitning «ob - havosi» muhim ahamiyatga ega, biroq o„z o„rnida «tabiatda 
noqulay ob-havoning o„zi yo„q». SHunga qaramasdan, yashash muhitining 
yomonlashishi muhitga nisbatan befarq munosabatda bo„lganda organizmlarga 
salbiy ta‟sir etadi. Muhit yomonlashishni qabul qilmaydi, ularni faqat 
organizmlargina qabul qiladi. SHuning uchun ham ekologiya o„z ishi faoliyati 
davomida zoologiya, botanika, mikrobiologiya, fiziologiya, genetika, biokimyo


evolyusion biologiya, geologiya, poleontologiya va boshqa fanlarning 
ma‟lumotlari va uslublariga tayangan holda ish ko„radi. Bu fanlardan ekologiya 
ko„pgina izlanish uslublarini va qisman asosiy tushuncha va atamalarni qabul 
qilgan. 
Boshqa jihatdan biz «muhit» deb tushunayotgan element geologiya, 
geokimyo, geofizika, tabiiy geografiya, gidrologiya, tuproqshunoslik va Er 
to„g„risidagi boshqa fanlarning asosiy o„rganish manbaidir. SHunday qilib 
ekologiyani biologiya va Er to„g„risidagi fanlarning qo„shilishidan hosil bo„lgan, 
deb qarash mumkin. 
1.1. Rasm. Ekologiyaning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi 
Lekin ekologiya va atrof muhit himoyasi vazifalari ko„p hollarda injenerlik 
va texnologik usullar bilan hal etiladi (chiqindilarni qayta ishlash, kommunal va 
sanoat oqovalarini tozalash, energiyaning noan‟anaviy usullardan foydalanish va 
boshqalar). SHuning uchun ham ekologiya ayniqsa, uning tarmog„i hisoblangan 
amaliy ekologiya, texnik va texnologik fanlar bilan uzviy bog„langan. 
Hozirgi davrda ayniqsa, antropogen (inson) omil yaqqol sezilmoqda. 
SHuning uchun ekologik o„rganishning zarur yo„nalishlaridan biri-jamiyat va 
tabiiy tizimlar orasidagi munosabatni o„rganishdan iborat. 
L.I. Svetkova va boshqalar (1999) «Ekologiya hozirgi paytda o„z ildizlari 
bilan biologiya fani zaminida rivojlangan bo„lsada, uning doirasidan chiqib yangi 
integrallashgan fanga aylandi va tabiiy, texnik va ijtimoiy fanlararo ko„prik 
vazifasini bajarmoqda» deb mutlaqo to„g„ri yozgan (24 bet). SHunga ko„ra, Er 
haqidagi fanlarga ham taalluqlidir, desak xato qilmaymiz. 
Ekologiya nafaqat yuqorida qayd etilgan fanlar bilan, balki ma‟lum darajada 
iqtisod, matematika, informatika, kibernetika va boshqa qator fanlar bilan ham 
chambarchas bog„liq. 
Ekologiya va tabiat muhofazasi fani haqida ham to„xtalish lozim. Ekologiya 
va tabiat muhofazasining vazifalari bir-biriga chambarchas bog„liqligini hisobga 
oladigan bo„lsak, ularni bir biridan ajratuvchi chegarani aniqlash aslo mumkin 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə