Biosfera haqida


Ekologiyaning rivojlanish tarixi



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1-ma\'ruza

 
5. Ekologiyaning rivojlanish tarixi.
Inson paydo bo„lganidan beri 
ekologiya bilan shug„ulanadi. Hayot tabiat dialektikasi asosida rivojlanishiga tarix 
guvohdir. SHuning uchun ham jamiyat va tabiat birligini noto„g„ri baholash unga 
nisbatan zid harakatlar qilish jamiyatda tuzatib bo„lmas hodisalarni keltirib 
chiqarishi mumkin. Bu jarayonni to„g„ri tushunish uchun ekologiya fanini 
o„rganish lozim. Ingliz olimi Djulian Xaksli (1972) ma‟lumotlariga ko„ra, Erda 
hayot 2700 000000 yil oldin paydo bo„lgan bo„lsada, insonning tabiatga faol ta‟siri 
Kichik Osiyoda 10000 yil oldin boshlangan yoki boshqacha qilib aytganda, neolit, 
ya‟ni yangi tosh asri davridan (Piter Farb, 1971) oldin boshlangan. CHex olimi 
YA. Elinek (1982) ma‟lumotlari bo„yicha yaqin sharqda eramizgacha bo„lgan 8-7 
ming yillarda shaharlar mavjud bo„lib, suyakka ishlov berish texnikasi mavjud edi. 
V.S. Altunin va A.S. SHulyaklarning (1991) fikriga ko„ra, insonning tabiiy 
muhitga faol ta‟siri meziolit (eramizgacha 10-5 ming y.) davridan boshlangan, 
YAqin SHarqda meziolit madaniyati 10500 yillarda ancha rivojlangan.
Taniqli akademik B.A. Ribakovning arxeologik ma‟lumotlari O„zbekiston 
hududi aholisi tarixi eramizgacha bo„lgan X-VI ming yillarda boshlanganligini 
ko„rsatadi. Unda meziolit davri tabiiy sharoiti xaritasi keltirilgan bo„lib, respublika 
hududi sahro va yarim sahro mintaqasiga kiritilgan. E.D.Mamedov va 
G.N.Trofimov (1996) ma‟lumotlariga ko„ra Lyavlyakon-plavial (eramizgacha 7-4 
ming yil) davrida sahro hududi cho„l iqlimiga aylangan. Amudaryo va Zarafshon 
daryolari oqimi hozirgiga nisbatan 2,5 marta ko„p bo„lgan. Antropogen omilning 
atrof muhitga ta‟siri eramizgacha bo„lgan birinchi ming yillikgacha kuchayib 


borgan. Eramizgacha bo„lgan YII asrda tabiat o„zgarishi shu darajaga etganki, uni 
muhofaza qilish bo„yicha «Inson-havo, suv va zaminning pokligini ta‟minlashi, 
tabiatni asrab avaylashi, o„zini doimo ozoda tutishi lozim» (Avesto) degan 
chaqiriqlar paydo bo„la boshladi. Er, suv, havo ekologiyada fundamental 
tushuncha bo„lgan «biogeotsenoz»ning tarkibiy qismi hisoblanadi. SHu davrdan 
boshlab atrof muhitda salbiy hodisalar kuzatilib ekologik qonuniyatlarni o„rganish 
zaruriyati paydo bo„ldi.
Eramizgacha bo„lgan V asrda Suqrot (eramizgacha 169-399y.) ishlarida ham 
atrof muhit haqidagi fikrlar aytilgan. Kimlardir unga «Afinaliklar seni o„limga 
hukm etdi» deyishganda, u «ularni tabiat o„limga hukm etgan» deb bamaylixotir 
javob bergan. (V.S. Nersenyants, 1996, 203 bet). Keyinchalik Gippokrat 
(eramizgacha 480-377y.) iqlim-milliy xarakter xususiyatlarini belgilaydi, qadimgi 
grek tarixchisi Gerodot esa jamiyat rivojlanishi tabiatga bog„liq degan fikrlarni 
bildirganlar. 
Fuqidid (eramizgacha 460-400 y.), Ksenofont (eramizgacha 430-355 y.) 
tabiiy omillarni shaharlar va iqtisodga ta‟sir etishini aytishgan, Angliyalik tarixchi 
va sotsiolog A.Toybn (1889-1975) qadimgi grek faylasufi Platon (Aflotun) 
tomonidan aytilgan, Gretsiya hududida insonlarning faoliyati ta‟sirida tuproqning 
ifloslanishi hamda qurib ketishi haqidagi fikrlarini aniqlagan. Platon ham insonlar 
xarakteri geografik muhitga bog„liq deb ta‟kidlagan. 
Markaziy Osiyoning buyuk allomalari Xorazmiy (782-847 y.), Farg„oniy (861 
y.), Farobiy (870-910 y.), Beruniy (973-1048 y.), Ibn Sino (980-1037 y.), Bobur 
(1483-1530 y.), Ulug„bek (1394-1449 y.), tabiat haqidagi fanlarga katta hissa 
qo„shgan. Ular tabiat qonuniyatlarini, o„simliklar va hayvonot dunyosini har 
tomonlama o„rganib atrofimizni o„rab turgan muhitga nisbatan ehtiyotkorona 
munosabatda bo„lishga chaqirganlar. 
O„rta asrlarda ingliz faylasufi Frensis Bekon (1561-1626 y.) jamiyatning 
ta‟sir etishidan tabiiy muhitni saqlash vazifalarni qarab chiqqan edi. XVII asr 
o„rtalarida taniqli tabiatshunos Karl Linneyning (1707-1778 y.) «Tabiat tizimi» 
nomli ajoyib asari e‟lon qilinib, o„simliklar va hayvonlarni ilmiy tizimlarga 
ajratishga asos bo„ldi. Fransuz naturalisti Jan Batist Lamark (1744-1829 y.) 
organizmlarga muhitning ta‟siri masalasini o„rganishni o„rtaga tashladi. Tabiat 
haqidagi fanlarni rivojlantirish fikrlarini nemis olimi A. Gumboldt (1769-1859 y.), 
rus zoologi Karl Rule (1814-1858 y.) va N.A. Seversov tadqiqotlarida kuzatish 
mumkin. 1913 yilda CH.Adamsning hayvonlar ekologiyasi to„plami, 1927 yilda 
CH. Eltonning fundamental ishlari, 1933 yilda D.N. Qashqarov, 1943 yillarda 
akademik V.N. Sukachev ekologiya haqidagi ishlari e‟lon qilindi. XX asrning 20-
30 yillarida hozirgi O„zbekiston Milliy Universitetida tashkil topgan D.N. 
Qashqarov - E.P. Korovin ekologlar maktabi fanning rivojlanishiga ulkan hissa 
qo„shdi. K.Z. Zokirov, T.Z. Zohidov, M.V. Kultiasov, E.M. Murzaev, R.U. 
Rahimbekov, 
A.K. 
Rustamov 
va 
boshqalar 
bu 
maktabning 
yirik 
namoyondalaridandir. Qashqarov-Korovin maktabi jahonning etakchi ekologlari 
tomonidan e‟tirof etilgan (SH.O.Muradov va boshq., 2002, 11-12-betlar). 
Amerikalik olim YU. Odum va rossiyalik akad. V.I. Vernadskiylar ham XX 
asrning buyuk ekologlari qatorida turadi. O„zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 


o„zining BMT assambleyasi (26-28 sentyabr) 48-sessiyasida so„zlagan nutqida 
jahon jamoatchiligini ekologik muammolarga e‟tiborini qaratdi. YUNESKO 
ijroiya kengashida (23.04.96 y.) «Halqaro gumanitar siyosatda ekologik o„lchov 
asosiy mezon bo„lishi lozimligini tajriba ko„rsatmoqda» deb ta‟kidlagan edi.
Prezidentning chuqur tahlillariga asoslangan chaqirig„i nafaqat O„zbekiston, 
balki butun Er shari sivilizatsiyasining ekologik xavfsizligi va barqaror rivojlanishi 
uchun barcha kuchlarni birlashtirishga qaratilgandir. CHunki ko„pincha ekologik 
muammolar regionlararo, davlatlararo tavsifga ega bo„lib bitta mamlakat bu 
masalani hal etolmaydi. 
SHuni ta‟kidlash joizki, ekologiya va tabiiy fanlarning rivojlanish tarixini 
yoritish, ochilmagan qirralarini aniqlash va uni kelajak avlodga etkazish bugunning 
dolzarb masalasiga aylanmog„i shart. 
Nazorat savollari 
1. Ekologiya atamasining fanga birinchi bo„lib kim kiritgan va qanday ma‟noni
anglatadi? 
2. Fan sifatida ekologiyaning qisqacha tavsifini keltiring? 
3. Ekologiya qaysi fanlar bilan aloqador? 
4. Ekologiya bilan tabiat muhofazasini munosabati qanday? 
5. Ekologiya qanday bo„limlarga bo„linadi? 
6. Sinekologiya va autekologiya nimalarni o„rganadi? 
7. Ijtimoiy ekologiya qanday muammolarni o„rganadi? 
8. Ekologiya qanaqa funksiyalarni bajaradi va qanday vazifalarni hal qiladi? 
9. Ekologiyaning dunyoqarashni shakllantirishdagi ahamiyati qanday? 
10. Ekologiyaning jadal rivojlanish bosqichi qachon boshlangan? 
11. Tabiat haqidagi fanlarga o„z hissasini qo„shgan o„rta asrlardagi O„rta Osiyo
olimlaridan kimlarni bilasiz? 
12. O„rta Osiyo ekolog-geografik maktabi namoyandalari kimlar bo„lgan?
13. D.N.Qashqarov, E.P. Korovin maktabi shogirdlari tomonidan ekologiyaning
qaysi yo„nalishlari rivojlantirilgan? 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə