Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
1-ma\'ruza

4. Ekologik makon. 
Ekotizimlarda o„simliklar, hayvonlar va boshqa 
organizmlarning turi, ahamiyati va holati ekologik makon deb ataladi. Bu atamani 
fanga birinchi bo„lib 1917 yili amerikalik olim Jozef Grinell taklif etgan. 
YU. Odum (1986) ekologik makonning uchta asosiy jihatlarini ajratadi: 
organizmlar joylashgan fizik fazo, ularning funksional ahamiyati (masalan: 
jamoaning trofik holati) va tabiiy muhit gradientlariga nisbatan holati (harorat, 
yorug„lik, namlik va tashqi omillar).
E
kologik makon - fazoda qandaydir bir turning joylashgan o‘rni bo‘lib, 
muhit ko‘rsatkichlarining yig‘indisi, jamoadagi organizmlarning funksional 
ahamiyati, ularning morfotuzilishli moslashuvi, fiziologik va hatti-harakatini 
ifoda etadi. 
Bir tur ekologik makon doirasida boshqa tur bilan ozuqa va energiya 
manbalaridan foydalanishda raqobatlashmaydi. Har xil turlar turli geografik 
hududlarda bir xil ekologik makonni egallashi mumkin. Bunday turlar ekologik 
ekvivalent deb ataladi, masalan Avstraliyaning katta kengrusi SHimoliy 
Amerikaning antelopa va bezonlari shu o„lka faunasining ekvivalentidir. 
 Hayotiy shakl.
YU. Odum quruqlikdagi biomalarni bog„lovchi va 
bog„lanishiga yo„l qo„yuvchi chegaralarni va er ustidagi biomlarning tavsiflarini 
hayotiy shakl deb ta‟kidlaydi.


Muhitga turli o‘xshash jihatlari bilan moslashuvi natijasida kelib 
chiqqan turlar guruhi, asosiy morfogenetik chegarasi va fe’l-atvori belgilari 
bilan bir-biriga yaqin bo‘lishini hayotiy shakl deb atash qabul qilingan. 
Bunda har xil turlar muntazam munosabatdan uzoq bo„lishi mumkin, 
biroq bir xil adaptatsiyaga ega bo„ladi. 
Adaptatsiya - organizmlar, populyasiyalar, turlar va jamoalarning 
tashqi muhit sharoitlariga moslashuvidir. 
Adaptatsiyalar morfologik (masalan, organizmlar shaklini qayta qurish 
ahloqiy (boshpana qurish), fiziologik, iqlimiy va xromatik (chuqur qismida 
pigment tarkibning o„zgarishi) jihatdan farq qiladi.
O„simliklar uchun ayniqsa, morfofiziologik adaptatsiya xos bo„lib, u 
iqlimning noqulay harorati ta‟sirlaridan himoyalanish uchun shakllanadi. Ular 
asosan, har xil joylashgan kurtaklarning tiklanishi yoki yilning noqulay paytlarida 
yosh novdalarning joylashishida namoyon bo„ladi. 
D.N. Qashqarov (1945) hayvonlarni suzib yuruvchi (suvli yoki yarim suvli), 
qazuvchi (absolyut va nisbiy er qaziydigan), quruqlikdagi (uya qilmaydigan, uya 
qiladigan va qoyalarda yashaydigan) havoda va yog„ochga o„rmalab chiquvchi 
hayotiy shakllarga ajratadi. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə