Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35
1-ma\'ruza

 Biogeotsenoz.
Ekotizimga nisbatan biogeotsenoz o„lchamli tushunchaga 
ega, uning o„lchamligi organizmlarning muayyan majmuali va muhit sharoitlari 
bilan ta‟riflanadi. Ekotizim uchun keng doirada muayyan majmua tushunchasi 
mavjud emas. 


Biogeotsenoz - modda va energiya almashinuvi jihatidan bir-biriga 
bog‘liq bo‘lgan jonli va jonsiz tabiat tarkibiy qismlari majmuidir. 
Bu tabiatdagi eng murakkab tizimlardan biri hisoblanib, avtotrof, xemotrof 
va geterotrof organizmlarga bo„linadi. Biogeotsenozning tirik tarkibiy qismlariga, 
atmosferaning erga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik vositalari, quyosh 
quvvati, tuproq va uning suv mineral vositalari esa jonsiz tarkibiy qismlariga 
kiradi. Har bir biogeotsenozda erning geologik tuzilishi, tuproq, iqlim sharoitlari, 
suv rejimi, o„sha joyda o„sib unadigan o„simlik hamda hayvonlar bir-biriga 
monand va o„zaro bog„langan bo„ladi. Biogeotsenoz tarkibiga odamdan boshqa 
barcha tirik mavjudotlar kiradi. Biogeotsenoz o„zgarib turadi. Bu o„zgarishlar 
kishilar, muhit, hatto uzoq koinotning ta‟siri ostida ham ro„y beradi. 
Biogeotsenozni o„rganish qishloq xo„jaligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. 
Ushbu atama ekologiyaga 1940 yilda V.N. Sukachyov tomonidan kiritilgan. 
U biogeotsenozga quyidagicha ta‟rif bergan: «Biogeotsenoz - bu Er yuzasining 
ma‟lum masofasidagi bir-biriga o„xshash tabiiy hodisalar (atmosfera, tog„ jinslari, 
o„simliklar, hayvonot olami va mikroorganizm hodisalari) majmuidir». Bu majmua 
uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlari o„zaro ta‟sirining o„ziga xos alohida 
xususiyatiga hamda tarkibiy qismlari o„rtasida va ichki dialektik birlikda, doimiy 
harakatda va rivojlanishda bo„lgan boshqa tabiat hodisalari bilan modda va 
energiya almashinuvining muayyan xiliga egadir. 
Bu har bir biogeotsenoz turining o„ziga xos alohida va issiqlik energiya 
hamda noorganiq va organiq moddalar muvozanatiga olib keladi. SHu bilan 
birgalikda biogeotsenoz doimiy harakatda, rivojlanishda va o„zgarishda bo„lgan 
ichki qarama-qarshi dialektik birlik to„g„risida tasavvurga ega. Birinchidan-
biogeotsenoz-bu nafaqat ikki o„lchamli yuza (er yuzasi), u muayyan bir 
«chuqurlikka», uchinchidan fazoviy koordinataga (tirik organizmlar Erning o„nlab 
va yuzlab metr chuqurligiga kirib boradi), mikroorganizmlarning strotosferani 
ozonli qatlamida hattoki, undan ham yuqorida uchraydi. Ikkinchidan, atmosfera, 
tog„ jinslari va boshqalar ob‟ektlarini «tabiat hodisalari» emas, balki organizmlarni 
o„rab turuvchi muhit deb atash maqsadga muvofiqdir. 
Biogeotsenoz komponentlari va ularning bir-biri bilan o„zaro 
aloqadorligi 2.2 rasmda ko„rsatilgan. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə