Biosfera haqida


Tizim – bu o‘zaro aloqada va munosabatda bo‘lgan bir qancha



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
1-ma\'ruza

Tizim – bu o‘zaro aloqada va munosabatda bo‘lgan bir qancha 
elementlardan iborat bo‘lib, kamida bitta yangi xususiyati bilan 
tavsiflanadigan o‘ziga xos bir butunlikni ifodalaydi. 
Tizimli tadqiqot
ilmiy va texnik muammolar yig„indisi bo„lib, tadqiqot 
ob‟ekti o„ziga xos xususiyati va xilma-xilligi bilan tizim sifatida qaraladi. 
Tizimning muhitni tahlil qilish vositasi matematika, kibernetika va axborotlar 
nazariyasi hisoblanadi. 
Tizimli yondashish
- bu amaliy masalalarni echish uslubi bo„lib, mavjud
sharoitlarda zarur bo„lgan masalalarni echish operatsiyasini va bu operatsiyalarni 
o„tkazish vositasini umumiy tizim sifatida qarashni ifoda etadi. Tizimli yondashish 
tufayli ko„pgina ekologik va tabiatni muhofaza qilish muammolarini har 
tomonlama echish ta‟minlanadi. 
2. Biologik tizimlar.
Tabiatda biotik (jonli) komponentlar (tizimlar 
nazariyasidagi elementlar) abiotik (jonsiz) komponentlar energiya va moddalar 
almashinishi yo„li bilan bitta umumiy -biologik tizimni tashkil etib, o„zaro tartibli 
munosabatda bo„ladi. Bu tizim birmuncha past darajada tizimga yaqin tuzilgan. 
Biotizimlar o„z-o„zini tashqil etish va o„zining faoliyatini uzluksiz ravishda 
teskari 
aloqa
signallariga muvofiqlashtiradi. 
Biologik tizim - bu o‘z-o‘zini hosil qiladigan (hujayra, organizm, jamoa 
va b.q.) muhit va boshqa tizimlar bilan bir butun birlik sifatida o‘zaro 
munosabatda bo‘lgan biokimyoviy, fiziologik, biotsenotik va boshqa 
funksiyalarni bajaradi. 


Bunda o„z-o„zini hosil qiluvchilar deganda biologik tizimda fizik-kimyoviy 
va biologik hodisalarning ichki va tashqi ta‟siri tufayli vujudga keladigan yangi 
organizmlarning paydo bo„lishi tushuniladi. 
Teskari aloqa
- biologik tizimlarning o„z-o„zini boshqarishni tushuntiruvchi 
kibernetik atama bo„lib, ijobiy va salbiy bo„lishi mumkin. O„z-o„zini boshqarish - 
tashqi ta‟sir oqibatida tuzilishi va xossalari o„zgargan biotizimning ichki tizimni 
tiklash qobiliyatidir. Hozirgi zamon tasavvurlarga ko„ra, muhit bilan o„zaro 
munosabatda bo„lgan bir-biridan tafovut etadigan 6 ta darajadagi komponentlarga 
ajratiladi (1.1 -rasm). 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə