Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
1-ma\'ruza

Экология 
 
Биология 
Техник ва 
технологик 
фанлар 
Ер 
ҳақидаги 
фанлар 


emas. Boshqacha aytganda, ekologiyani tabiat muhofazasining nazariy asosi deb 
qarash mumkin. O„z navbatida, tabiat muhofazasi – ekologik vazifalarning amaliy 
tadbirlari va hal etish usulidir. SHu ma‟noda ba‟zi hollarda qo„llaniladigan 
«Texnik ekologiya», «Sanoat ekologiyasi» va ba‟zi tushunchalar ekologik fan
hisoblanmaydi. 
Ular faqat ekologik masalalarning muhandislik echimini ta‟minlaydi va 
dastlab tabiiy muhitning sifatini saqlab qoladi. 
3. Ekologiyaning asosiy bo‘limlari. 
Ekologiya jadal rivojlanayotgan 
fanlardan biridir. Ko„pgina mamlakatlarning oliy o„quv yurtlari dasturlarida 
ekologiya fizika, matematika, kimyo fanlari bilan bir qatorda fundamental fanlar 
qatoriga kiritilgan. Albatta, ekologiyada barcha nazariy qoidalar etarli darajada 
hozircha o„z o„rnini topganicha yo„q, u mazmunan fundamental emas. Bu 
ekologiyaning nisbatan yoshligi hamda yuqorida qayd etilganidek, jadal 
rivojlayotganligidan dalolat beradi. 
SHuning uchun ham ushbu ma‟ruzalar matnida dunyoning barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi modellarini, iqtisodiy, ekologik va energetik manbalarni 
bir tizimga birlashtirish loyihasining bahosini, hayotning kelib chiqish gipotezasi 
kabi bahsga sabab bo„ladigan, tortishuvga chorlaydigan masalalarni o„rtaga 
tashlandi. 
Bu masalalar ekologik yo„nalishdagi fanlar bo„limlari qatoriga kiradi. 
So„zsiz, ekologiya boshqa fanlar singari nafaqat turdosh fanlar g„oyalarini o„ziga 
singdiradi va uning o„zi ham quyidagi bo„limlarga bo„linadi.
Umumiy ekologiya – o„zaro bog„liq va o„zaro harakatdagi organizmlarning
yashash muhiti qonuniyatlari haqidagi fan. Umumiy ekologiyaning asosiy vazifasi 
1954 yili Kievda bo„lib o„tgan ekologlarning III konferensiyasi qarorlarida 
quyidagicha belgilangan: 1) organizmlar va muhit o„rtasidagi ko„p qirrali 
munosabatlarni aniqlash uchun turlarning muhitga tarixiy moslanish yo„llarini 
o„rganish; 2) turning yashash shakli bo„lmish tur vakillari hosil qiladigan va 
rivojlanadigan populyasiyalarni o„rganish bilan bir vaqtda ularning farqlanishi, son 
va sifat o„zgarishini o„rganish; 3) ma‟lum joyda, ma‟lum muhit hosil bo„lgan va 
rivojlanayotgan biotsenozlarni, ular ichidagi organizmlarning munosabatlarini 
o„rganish (Ergashev A., 2003). Umumiy ekologiya o„z navbatida autekologiya va 
sinekologiyaga bo„linadi. 
Autekologiya muhit bilan aloqador va o„zaro harakatdagi turlar 
populyasiyasi yoki ularning kelib chiqishi va turlararo munosabatini o„rganadi. 
SHuning uchun ba‟zan ekologiyaning bu bo„limi turlar ekologiyasi deb ham 
yuritiladi. Bu atama 1896 yilda K. SHryoter tomonidan kiritilgan.
Sinekologiya har-xil muhitda yashovchi organizmlarning o„zaro va abiotik 
muhit bilan bog„liqligini o„rganadi. SHuning uchun uni o„zaro aloqadorlar 
ekologiyasi deb ham yuritiladi. O„rta Osiyoda sinekologiyanng rivojlanishida 
D.N. Qashqarovning xizmati katta. Autekologiya va sinekologiya, o„simliklar 
ekologiyasi va hayvonlar ekologiyasi (zooekologiya) bilan chambarchas bog„liq. 
Ekologiyaning yana bir tarmog„i inson ekologiyasi hisoblanadi. Ba‟zi 
olimlar uni umumiy ekologiyaning mustaqil toksonomik tarmog„i deb 
hisoblashmoqda, ammo muhit bilan inson munosabatida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy 


tavsifdagi qonunlar ham ta‟sir etadi. SHuning uchun ekologiyaning bu bo„limini 
ijtimoiy ekologiya deb ham yuritishmoqda. A.V. Losevning o„quv qo„llanmasining 
so„z boshida taniqli serb olimi Danilo Markovich bunga quyidagicha ta‟rif beradi: 
«Ijtimoiy ekologiya – bu ilmiy fan bo„lib, amaliy o„rganish va nazariy tahlil qilish 
jarayonida jamiyat, tabiat, inson va uning yashash muhiti hamda insoniyatning 
global muammosi bo„lgan yashash muhitini nafaqat saqlab qolish, balki 
yaxshilash yo„llarini o„rganadi» (1998, 3-bet). 
Ekologiya, evolyusion biologiya, genetika va poleontologiya tutash kelgan 
joyda evolyusion ekologiya vujudga kelgan bo„lsa, tarixiy geologiya, 
paleogeografiya va paleoklimatologiyalar tutashgan joyda esa paleoekologiya 
vujudga keldi. Oxirgi o„n yillikda shahar ekologiyasi, qishloq xo„jalik ekologiyasi 
(yoki agroekologiya) va sanoat ekologiyasiga bo„lingan hududiy ekologiya 
rivojlandi. Ba‟zan ularni maxsus (yoki amaliy) ekologiyaga birlashtiradilar.
Undan umumiy ishlab chiqarish jarayonida jamiyatning tabiiy muhit bilan o„zaro 
harakatini o„rganuvchi injenerlik ekologiyasi ajralib chiqdi. Kosmos ekologiyasi, 
xujayralar ekologiyasi va mikroorganizmlar ekologiyasi kabi ekologiyaning 
tarmoq va bo„limlari jadal ravishda rivojlanmoqda. 
Xullas, ekologiyaning yana bir: Er sharining tirik qismi haqidagi bo„limi - 
global ekologiya vujudga keldi. 
Global ekologiya butun Er sharini o„z ichiga oluvchi biosfera (hayot 
qobig„i) ni o„rganadi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə