Biosfera haqida


katta ko„lamdagi geologik modda aylanishi va tirik  organizmlar ishtirokidagi  kichik



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
1-ma\'ruza

katta
ko„lamdagi geologik modda aylanishi va tirik 
organizmlar ishtirokidagi
 kichik
ko„lamli biologik modda aylanishi yuz beradi.
 
 
Suvning aylanma harakati sxemasi 


Katta ko„lamdagi modda va energiya alamashinuvi o„z navbatida qo„yidagi 
uch yo„nalishda kechadi: a) quyosh energiyasi ta‟sirida suv va havo massasining 
harakati tufayli yuz beruvchi moddalar aylanishi; b) turli mexanik, fizik-kimyoviy 
jarayonlar evaziga sodir etiladigan moddalar aylanishi; v) er ka‟ridagi tektonik 
jarayonlar ta‟siridagi modda va energiyaning harakati. Katta geologik modda 
aylanishi asosan quruqlik bilan suvliklar orasidagi suv aylanishi tarzida namoyon 
bo„ladi. 
Kichik ko„lamli biologik modda va energiya aylanishi turli tirik 
organizmlarning hayot faoliyatida o„rin tutadi. Biosferadagi asosiy jarayonlar 
uglerod elementlarining aylanma harakati bilan bog„liq holda kechadi. 
Geologik va biologik moddalar aylanishi haqida fikr yuritilganda ularning bir-
biriga bog„liik bo„lgan jarayonlar ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. CHunki 
bu ikki jarayon doimo birgalikda yuz beradi va ularni bir butun umumsayyoraviy 
moddalar aylanishi deb ham aytish mumkin.


Noosfera (grekcha noos-aql, ong, spaira – sferik qobiq) jamiyat bilan atrof-
muhitning o„zaro ta‟sirlashuv makonidir. Noosfera, ya‟ni fikrlovchi qobiq 
insonning ongli faoliyati ta‟sirida jamiyat va tabiatning evolyusion rivojini asosiy 
harakatga keltiruvchi kuch yoki omilidir.
Rus olimi V.I. Vernadskiy o„zining biogeokimyoviy tadqiqotlariga tayanib 
qo„yidagi ilmiy asoslangan xulosaga keladi: «Insonning xujalik va ishlab chiqarish 
faoliyati tufayli tabiat kuchli o„zgarishga uchraydi, bu jarayonda inson bosh 
o„zgartiruvchi kuchga aylanadi va u biologik evolyusiya yunalishining 
belgilovchisi bo„lib qoladi. Inson bilan biosfera o„rtasidagi o„zaro munosabat 
umumsayyoraviy xarakter kasb etadi. Inson faoliyati tufayli tabiatda modda va 
energiya aylanishining yangi turi, ya‟ni antropogen modda aylanishi qaror topadi. 
Buning natijasida erdagi biogeotsenoz jarayon noogeotsenozga o„tadi». Hozirgi 
ilmiy texnika tarraqqiyoti rivojlangan sharoitda biosferaning noosferaga aylanishi 
umumsayyoraviy miqyosdan fazoviy miqyosga o„tib bormokda. CHunki insonning 
ongli faoliyati ta‟siri nafaqat er, balki yaqin koinotni ham qamrab olmoqda. 
Biosfera 
tarraqqiyoti 
faqat 
insonlarning 
ilmiy-texnik 
imkoniyatlari, 
saloxiyatigagina bog„lik bo„lib qolmasdan, balki jamiyatdagi ijtimoiy- siyosiy 
holatiga, ya‟ni tinchlik, barkarorlik, hamjihatlik kabi xolatlar ham bog„likdir. 

Nazorat savollari 


1. Biosfera nimani anglatadi? 
2. Biosferaning tarkibini ayting. 
3. Biosfera haqidagi ta‟limot nimadan iborat? 
4.Tabiatdagi moddalarning kichik (biotik) aylanma harakatini
tushuntiring? 
5.Tabiatdagi moddalarning katta (geologik) aylanma harakatini
6. Tabiatda suvning aylanishini ahamiyati. 
7. Tabiatda uglerod aylanishining ahamiyati. 
tushuntiring? 
8. Biosferaga antropogen ta‟sirning oqibatlarini izohlang? 
9. Biosferadagi mavjud moddalarni qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
10. Inson bilan biosfera o„rtasidagi o„zaro munosabatlarni tushuntiring?

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə