Biosfera haqida



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/35
tarix11.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#127005
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
1-ma\'ruza

 
Reja: 
1. Tabiiy resurslar ta’rifi, tasnifi va ularning turlari. 
2. Tabiiy resurslarning ahamiyati. 
3. Tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilish. 
 

Tayanch iboralar: resurs, fauna, flora real, potensial
 
Tabiiy resurlar
deb tabiatda mavjud bo„lgan, insonlar tomonidan 
yaratilmaydigan, jamiyatning moddiy va man‟aviy ehtiyojlarini qondirish hamda 
ho„jalik faoliyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qiladigan tabiiy ob‟ektlarga, 
sharoitlarga va jarayonlarga aytiladi.
Mamlakatning tabiiy resurlarga boyligi uning iqtisodini rivojlantirishning 
muhim shartidir, aksincha zahiralarning kamligi yoki umuman yo„qligi ishlab 
chiqarish kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini bermaydi. Lekin bu qonuniyat har 


doim tug„ri deb bo„lmaydi. Dunyoda shunday mamlakatlar borki, ular joylashgan 
hududda mineral resurlar umuman yo„q yoki bo„lsa ham juda oz mikdorda, shunga 
qaramasdan, rivojlangan mamlakatlar qatoriga kiradi. Masalan, YAponiya, Janubiy 
Koreya, Tayvan va boshqalar. Bu mamlakatlarda ishchilar, muhandislar va texnik 
xodimlarning yuqori malakaga egaligi, fan-texnika tarraqqiyoti uchun yaratilgan 
sharoitlar sanoatni rivojlatirishda eng muhim omillardan biri deb hisoblanadi.
Tabiiy resurlar tasniflash uchta belgi asosida qabul qilingan: paydo bo„lish 
ma‟nbasi asosida, ishlab chiqarish bo„yicha va qayta tiklanish darajasi bo„yicha. 
Paydo bo‘lish bo‘yicha
tabiiy resurslar biologik, mineral va enegretik 
resurlarga bo„linadilar.
Biologik resurlar
- biosferaning muhitini tashkil qiluvchi barcha jonli
komponentlar: produtsentlar, konsumentlar va redutsentlardir. Ular inson tabiatdan 
moddiy va man‟aviy foydalanish manbasidir. Biologik resurslarga qo„yidagilar 
kiradi: hayvonot, o„simliklar dunyosi, mikroorganizmlar. Alohida o„rinni genetik 
resurslar egallaydi. 
Mineral resurslar ho„jalikda mineral xomashyo yoki energiya manbai 
shaklida litosferada foydalanish uchun mavjud moddiy komponentlardir. Mineral 
xomashyo rudali (undan metallar ajratib olinadi) va rudasiz (metalmas 
komponentlar ajratib olinsa yoki qurilish material shaklida ishlatilsa) bo„lishi 
mumkin.
Agarda mineral resurslar yoqilg„i shaklida ishlatilsa (ko„mir, neft gaz, torf, 
yog„och, atom energiyasi) ular yokilgi-energetik resurslari turiga kiradilar. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə