ishlab chiqilgan. Tizimlar nazariyasining asoschisi A.A.Bogdanov (1873-1926)
hisoblanib (yunoncha tekton -quruvchi), XX asr boshlarida asosiy prinsiplarni
ifodalagan va uni
tektonologiya
deb atagan. G„arb
adabiyotlarida umumiy
tizimlar nazariyasining muallifi sifatida, biolog L. Fon Bertalanfi (1937) tan
olingan.
Tizimlar nazariyasining hozirgi zamondagi «tizim» tushunchasi quyidagi
belgilar bilan ifodalanadi: tizim o„zaro aloqada bo„lgan to„liq elementlarni nazarda
tutadi; o„zini o„rab turgan muhit bilan
alohida birlikni ifoda etadi; har qanday
tizimlar elementi juda yuqori darajada o„z navbatida tizimlar elementi kuyi tartibda
bo„lishi mumkin; tizim uchun e
merjentlik
xususiyati xarakterli hisoblanadi.
SHunday qilib, o„zaro aloqada bo„lmagan elementlarni (ularning yig„indisi)
bir butun, yagona tizim sifatida qarab bo„lmaydi. Tizim ierarxik tuzilishiga ega,
ya‟ni u yuqori tartibli va quyi tartibli elementlar yig„indisi
sifatida qaralishi
mumkin (tizim yonida). Tizim mutlaqo bir xil elementlardan tashqil topmaydi.
Xullas, tizimlar e
merjentligi
– bu o„zaro aloqada bo„lgan elementlardan paydo
bo„ladigan va alohida elementda kuzatilmaydigan xossalardir.
Buni quyidagicha
izohlash mumkin: vodorod va kislorod – gazni tashkil etadigan moddalar, suv esa
ushbu elementlardan tashkil topgan – suyuqlik, lekin bu suvni agregat holati bo„lib,
vodorod va kislorodning agregat holatidan kelib chiqqan emas.
Dostları ilə paylaş: