«biotexnologik jarayon jihozlari»



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə35/36
tarix23.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#157097
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
MUS

16-rasm. Avtoklav turlari: a – vertikal; b – gorizontal shakldagi avtoklavlar; c – strillash uchun qo‘yilgan buyumlarning o‘rnatilishi.

Sterillash 20 minut davom etadi. Shundan so‘ng manometr strelkasi nol darajaga kelguncha avtoklav sovitiladi, so‘ngra bug‘ chiqib bo‘lguncha jumragi ochiq qoldiriladi. Bug‘ chiqishi to‘xtagandan keyin qopqog‘i ochilib, undan sterillangan oziq muhiti olinadi.


Sut va issiqlik ta’sirida buziladigan boshqa suyuqliklar ichidagi sporasiz bakteriyalarni nobud qilish maqsadida pasterlash usuli qo‘llaniladi. Bu usulda suyuqliklar 60-70°C issiqda 15-30 minut yoki 70-80°C issiqda 5-10 minut qizdiriladi.
Yuqoridagi usullardan tashqari, sovuq sterillash usuli ham qo‘llaniladi. Bu holda Paster-Shamberlen ishlab chiqargan sopol idishlardan foydalaniladi. Buning uchun sterillanadigan eritma mayda teshikchalari bo‘lgan sopol filtrdan o‘tkaziladi. Biroq bakteriofaglar va ultramikroblar sopol filtr orqali o‘tib keta oladi. Shuning uchun bunday filtratda mikroblar bo‘lmaydi deyish noto‘g‘ri. Keyingi yillarda asbestdan yasalgan Zeyts filtri ham qo‘llanilmoqda (17-rasm).
Sterillangan oziq muhitlarini sterillangan idishlarga solish kerak. Shu sababli idishlar ham quruq issiqda barvaqt sterillab qo‘yilishi kerak. Buning uchun Paster pechkasi yoki quritgich shkaflar ishlatiladi (18-rasm). Petri va Kox idishlari, probirkalarva ishlatiladigan boshqa buyumlar qog‘ozga o‘ralib, quritish shkafigajoylanadi va harorat 150-160°Cga etguncha 2 soat davomida qizdiriladi. Tajribada foydalaniladigan mikroorganizmlarni parvarish qilish uchun turli sxemada ishlangan termostatlarqo‘llaniladi. Termostatda mikroorganizm uchun zarur bo‘lgan harorat muayyan nuqtada saqlab turiladi.


15 – AMALIY MASHG‘ULOT
MAVZU: MEXANIK XISOB VA GIDRAVLIK XISOBI


Ishdan maqsad. Ishlab chiqarish korxonalarining quvvatini hisoblash.
Ishlab chiqarish sanoatida korxona quvvati deb, bu korxonaning barcha sexlari vaqt birligida ishlab chiqaradigan mahsulot miqdoriga aytiladi. Korxona quvvati kalendar yilga hisoblanadi. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblashda alohida tur mahsulotlari uchun liniyalar texnik quvvati hisobga olinadi, (Masalan, aminokislotalar ishlab chiqarish, zamburug‘lar va h.)
Liniyalar quvvati alohida jihozlar unumdorligi orqali topiladi, bu bug‘latish apparatlari, sentrifuga, separator, bioreaktorlar, fermentyorlar va hokazolar bo‘lishi mumkin.
Yillik quvvat liniyalar soni va unumdorligi hamda mavsum davomiyligi bilan hisoblanadi. Odatda mavsum avjida ishlab chiqarish korxonalari 3 smenada ishlashi mumkin. Mavsum davomiyligi har bir mahsulot uchun umumiy smena soni bilan ham belgilanadi.
Yillik quvvatni topish uchun har bir mahsulot bo‘yicha smena quvvatini yillik ishchi fondga ko‘paytiriladi. Yillik ishchi fond bu yillik smena miqdoridir.
Umumiy holda ishlab chiqarish quvvati (M) quyidagi formula bilan aniqlanadi.

bunda,
Ts – korxona ish vaqti fondining samaradorligi
t - bir ish hajmidagi mahsulot birligi

Ishlab chiqarish quvvati vaqt mobaynida o‘zgarib turadi.


Ishlab chiqarish quvvatini quyidagi balanslar yordamida aniqlanadi.
Kirish quvvati ( yil boshidagi quvvat) My.b.
CHiqish quvvati (yil oxiridagi quvvat) My.o.
O‘rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati Mo‘r.
CHiqish quvvati quyidagi formula bilan aniqlanadi.

My.o.= My.b..+Mkir. - Mchiq.


bunda,
My.o. - chiqish quvvati
Mkir. –yil davomida kirayotgan quvvat,
Mchiq. – yil davomida chiqayotgan quvvat.
Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishimiz kerak, mashinalar soni, qurilmalarning unumdorligi, ishlab chiqarish dasturining mutanosibligi.

Ishlab chiqarish korxonasining ish vaqti fondining samaradorligi -t/soat,


bir ish hajmidagi mahsulot birligi - t/soat,
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatini- t/yil.


Masala.
Ishlab chiqarish korxonasining ish vaqti fondining samaradorligi 2000 kg/smena , bir ish hajmidagi mahsulot birligi 250 kg/soat,. Bir yilda ishchi kunlar soni 210 kun, korxona ikki smenadan iborat, bir smenani 4 soat deb qabul qilamiz. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvatini topilsin.

250*8=2000 kg/smena,
210*2000=500000 kg/smena=500 t/soat ( yillik)
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvatini 500 t/soat.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə