Biotexnologiya asoslari



Yüklə 2,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/139
tarix21.12.2022
ölçüsü2,12 Mb.
#97515
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139
biotexnologiya asoslari fanidan maruza matnlari

Birinchi yo’nalish
 ajratib olingan o’simlik hujayrasini tibbyot, veterinariya, kosmetika va 
boshqa sohalar uchun zarur bo’lgan ikkilamchi metabolitlar : alkoloidlar, steroidlar, 
glyukozidlar, gormonlar, efir moylari va boshqa biologik faol moddalar sintez qilish 
imkoniyati bilan bog’liq. Ma’lumki, ikkilamchi metabolitlar qattiq (agarli) yoki suyuq 
ozuqa muhitida o’stirilgan kallus to’qimalardan olinadi. Hujayra texnologiyasi asosida 
diosgenin – dioskore hujayrasidan; aymolin – ilon rasvolfi hujayrasidan; umumiy kuch 
beruvchi moddalar – jenshen hujayrasidan; va x.k. ajratib olinadi va tibbiyot hamda 
parfyumeriyada ishlatiladi. SHuni e’tiborga olish kerakki, o’stiriladigan hujayralarni 
hosildorligi, butun o’simlikni hosildorligidan ancha baland. Bunday usul bilan 
ikkilamchi metabolitlar ajratib olishni yana bir ustunlik tomoni shundaki, muayyan 
sharoitda o’simlikni o’zini o’stirish imkoniyati bo’lmagan sharoitda (sovuq yoki issiq 
iqlimli mintaqalarda), ularni hujayralarini butun yil maboyinida o’strish mumkin. 
Ikkinchi yo’nalish
 – ajaratib olingan hujayralarni, o’simliklar seleksiyasida ishlatish va shu 
orqali tez rivojlanuvchi, har xil tashqi muhit ta’siriga chidamli (issiqqa, sovuqqa, 
sho’rlanishga, og’ir metallarga, qurg’oqchilikka, kasallikka va x.k.) o’simliklar 
yaratish. SHuning bilan birga bu yo’nalish, ajratilgan protoplastlarni qo’shilishi orqali 
yangi o’simliklar yaratish hamda nojinsiy (somotik) gibridlar olishni ham o’z ichiga 
oladi. Ajratib olingan protoplastlarga gen muxandisligi metodlari yordamida begona 
genlarni kiritlishi, keyinchalik yangi, meros qoladigan xossalarga ega bo’lgan o’simlik 
yaratishga ham olib keladi. Ajratib olingan changdon va urug’ kurtakni sun’iy ozuqa 
muhitida o’stirish, gaploidlar, olish imkonini bersa, murtaklarni o’stirish – 
o’saolmaydigan (endospermasi yomon rivojlangan) o’simliklardan gibrid 
urug’laretishtirish imkonini beradi. 

Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə