Biotexnologiya


Biotexnologiya va atrof-muhit



Yüklə 20,53 Kb.
səhifə3/3
tarix27.12.2023
ölçüsü20,53 Kb.
#163727
1   2   3
Texnologiyaning ko

Biotexnologiya va atrof-muhit


Tirik mavjudotlarning DNKsida nisbatan yaqinda ishlab chiqarilgan modifikatsiyalar bilan butun dunyo bo'ylab ushbu organizmlarning inson salomatligi va atrof-muhit uchun xavfsizligi to'g'risida katta munozaralar mavjud, chunki ularning uzoq muddatli oqibatlari hali ham noma'lum.
Ba'zi jihatlarda ma'lum bir Genetik jihatdan o'zgartirilgan organizmdan foydalanish ma'lum bir maqsad uchun ma'lum ustunliklarga ega bo'lishi mumkin. Masalan, allaqachon yog'ni hazm qilishga qodir bo'lgan genetik jihatdan o'zgartirilgan mikroorganizm mavjud bo'lib, u juda ifloslangan joylarda yoki to'kilgan hollarda juda foydali bo'lishi mumkin.
Qishloq xo'jaligida degradatsiyaga uchragan joylarda etishtirilishi mumkin bo'lgan qurg'oqchilik va kambag'al tuproqlarga chidamli o'simliklarni etishtirish qishloq xo'jaligida foydalanish uchun yangi maydonlarni tozalash zarurligini kamaytirishi mumkin. Bundan tashqari, hasharotlar va zararkunandalarga chidamli o'simliklarni ishlab chiqarish atrof muhitda pestitsidlardan foydalanishni kamaytirishga imkon beradi.
Biroq, tirik mavjudotlar o'rtasidagi munosabatlar dinamikdir, shuning uchun ushbu dasturlarning atrof-muhit va unda yashovchi organizmlar uchun oqibatlari haqida xavotirlar mavjud. Shu sababli, ular yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xatarlar haqida ma'lumot olish va ulardan foydalanish xavfsiz bo'lishi uchun tadqiqotlar va hisobotlarni o'tkazish muhimdir.
XX asr oxirlari XXI asr boshlariga kelib molekular biologiya fanining taraqqiyoti genetik va hujayra injeneriyasining tez sur’atda rivojlanishiga olib keldi. Bu davrdagi eng katta yutuqlar, bir tomondan, odam genomining to‘la ketma-ketligini aniqlash tufayli qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘simliklarni urug‘dan unib chiqib, gullashi va meva berishigacha bo‘lgan barcha hayotiy jarayonlarni boshqaradigan taxminan 25 ming genlarning aniqlanishi tufayli erishildi. Endi yaratilayotgan texnologiyalar nafaqat mikroorganizmlar, balki birmuncha murakkab bo‘lgan hayvon va o‘simliklar asosida amalga oshirila boshlandi. Xususan, turli xil qimmatbaho genlar o‘simlik va hayvon hujayralariga kir itilib, bu genlarning mahsulotlari xalq xo‘jaligida foydalanila boshlandi. Masalan, olimlar banan o‘simligi genomiga ba’zi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina sintez qiladigan genlarni kiritish bilan mevasida tayyor vaksina ishlab chiqaradigan transgen banan olishga erishdilar. Banan mevasini iste’mol qilish bilan odamlarda ayrim yuqumli kasalliklarga qarshi immunitet hosil bo‘ladi. Bu texnologiyaning juda katta iqtisodiy ahamiyatga ega ekanligini siz darhol sezgan bo‘lsangiz kerak. Bundan tashqari, zaharli bo‘lgan simobni o‘zlashtiradigan bakteriyalardan ajratib olingan genlar hozirda o‘simliklar genomiga kiritilib, tuproqdagi simobni o‘zlashtiradigan transgen o‘simliklar olingan. Bunday transgen o‘simliklarni simob bilan ifloslangan joylarga ekilsa, atrofdagi tuproqlar zaharli simobdan tozalaniladi.
Genetik injeneriyada keyingi paytlarda qo‘lga kiritilgan yutuqlardan yana biri insonlardagi turli irsiy kasalliklarni odam hujayralariga funksional genlarni kiritish orqali davolash texnologiyasidir. Bu genlar terapiyasi deb yuritiladi. Odam genomi to‘la o‘rganilishi natijasida irsiy kasalliklarni genlar te- rapiyasi yordamida davolash qonuniyatlari yanada ortdi.


Biotexnologiyadagi katta yutuqlar hujayra injeneriyasi yo‘nal ishida qo‘lga kiritilmoqda. Hujayra injeneriyasi bemor a’zosidan bitta sog‘lom hujayrani ajratib olib, uni sun’iy oziqa muhitda o‘stirish orqali ma’lum to‘qimaga xos hujayralar to‘plamini olish va bu hujayralar to‘plamini butun bir yaxlit a’zogacha tiklash imkoniyatiga ega. Keyinchalik shu yangi organ bemor tanasiga ko‘chirib o‘tkaziladi va bemor sog‘aytiriladi. Bu «yangi» organlar yaratish texnologiyasi deb ataladi. Ushbu texnologiya teri, pay va tog‘ay to‘qimalari uchun juda qo‘l kelsa-da, yurak, jigar, buyrak, nerv to‘qimalari uchun biroz mushkulroq. 1998-yil Amerika olimi J. Tomson «asos» hujayralarda (ingl. stem cells) «yangi» organlar yaratish texnologiyasini kashf etib, biotexnologiyaning bu yo‘nalashi rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. «Asos» hujayralar shunday hujayralarki, ular embrional hujayralarga o‘xshagan, hali u qadar takomillashmagan hujayralar to‘plamidan iborat bo‘lib, sun’iy muhitda o‘sish va har qanday to‘qimagacha rivoj- lanish qobiliyatiga ega. Hattoki, «asos» hujayralarni A vitaminli muhitda o‘stirishdan nerv to‘qimalarini olish ham mumkin. Hozirda hayvonlarning har xil organlariga xos to‘qimalar olish texnologiyasi to‘la ishlab chiqilgan va tibbiyot maqsadlarida asta-sekin qo‘llanilmoqda. Endigi vazifa olingan to‘qimalardan foydalanib, faoliyati va shakli bo‘yicha tabiiy organlarga o‘xshash bo‘lgan «yangi» tana a’zolarini yaratishdir. Aminmizki, hozirgi o‘quvchilar biotexnologiyaning barcha yo‘nalishlari qatorida bu nodir yo‘nalishni ham rivojlantirishda ishtirok etadilar va ona Vatanimizning dunyo fanida tutgan o‘rnini yuksak rivojlangan mamlakatlar erishgan darajasiga ko‘tara oladilar.
Yüklə 20,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə