Биринчи боб


Qo‘zg‘oladi butun Ko‘hi Qof



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Qo‘zg‘oladi butun Ko‘hi Qof... 
(“Ilk she’rning yozilishi haqida ballada”, 152-bet)
1
Шомақсудов А.,Расулов И., Қўнғуров Р., Рустамов Ҳ.Ўзбек тили стилистикаси.
-
Тошкент:Ўқитувчи, 1983,
241-
бет



37 
Shoir 
ijodida 
bu 
kabi 
boshqa 
shoirlar 
ijodida 
uchramaydigan 
metonimiyalarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘zlarining poetik ta’sirchanligi, 
o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir etib turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota olishi bilan boshqa 
lingvopoetik vositalardan farqlanib turadi. 
Sinekdoxa va uning shoir ijodida tutgan o‘rni. 
Usmon Azim ijodida faol qo‘llanuvchi lingvopoetik vositalardan yana biri 
sinekdoxadir. O‘zbek tilshunosligida uslubiyat bo‘yicha yaratilgan ishlarda
sinekdoxaga quyidagicha ta’rif berilgan: “
Sinekdoxa g
rekcha –synekdoche 
so‘zidan olingan. Bu ham tropning bir turi bo‘lib, predmetlarga nisbatan 
qo‘llanadigan son bilan bog‘langandir, ya’ni predmetlarning son jihatdan birining 
(qismi, to‘la) ma’nosi ikkinchisiga ko‘chiriladi. Butun o‘rnida qism (yohud, 
aksincha) yoki birlik o‘rnida ko‘plik (yoki aksincha) qo‘llanilishini ham bunga 
misol sifatida ko‘rsatish mumkin”
1
. Sinekdoxalar mohiyatan bir xil hodisani 
ifodalasalarda, ilmiy adabiyotlarda u metonimiyaning bir ko‘rinishi, bir-biriga 
yaqin hodisalar sifatida talqin qilinadi.Usmon Azim quyidagi parchada 
sinekdoxaning qism orqali butun ifodalangan ko‘rinishini qo‘llagan: 
Nahot har zukko aql,
Sheryurak, temirbilak,
Fitnalarning zarbidan
Yo‘qlikka ketsa qulab? (Mo‘min Mirzoning so‘nggi qo‘shig‘i, 24-bet)
Quyidagi sinekdoxa hodisasi “ko‘z” leksemasi vositasida hosil qilingan: 
Insonni tushunish kerak...
Sizni zor etib beparvo boquvchi,
Tushlaringizga, kiradigan jodugar ko‘zlar 
Balki mag‘rurlikdan,
Balki hayodan,
Sizga yulduzlardan olisroq erur (32-bet). 
1
Қўнғуров Р. Танланган асарлар. 
– 
Самарқанд: СамДУ, 2008, 322
-
бет



38 
Keltirilgan misolda ishtirok etgan “ko‘z” leksemasi orqali inson 
tushunilmoqda.Bu so‘zdan faqatgina ko‘z emas, balki inson nazarda 
tutilayotganligi sezilib turadi. Sinekdoxaning qahramonlar hatti-harakatini 
ko‘rsatishda muhim vosita ekanligi quyidagi parchada ham ko‘zga tashlanadi: 
«U sevgisin sotdi», qichqirar
Bir ayolning qasoskor ko‘zi.
Tiz cho‘kaman: «Singlim, muqarrar
Buyuk nomzod o‘limga o‘zim!» (“Tush”, 13-bet)
Umuman olganda, sinekdoxalar Usmon Azim ijodida muhim o‘rin 
egallaydi.“Misollar tahlili sinekdoxaning katta umumlashtiruvchilik imkoniyati 
borligini ko‘rsatadi va unda badiiylik hamma vaqt ham ko‘zga tashlanavermaydi. 
Garchand umumlashtirish qisqalikning asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, badiiy 
adabiyot tili uchun nihoyatda zarur sanalsa-da, bu xususiyat uning boshqa 
funksional uslublarda ham bemalol ishlatilaverishiga to‘siqlik qilmaydi. Bundan 
tashqari u takrordan qochishga, yaqinlik ma’nosini ifodalashga, ayrim ma’nolarni 
ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin”
1


Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə