37
Shoir
ijodida
bu
kabi
boshqa
shoirlar
ijodida
uchramaydigan
metonimiyalarni ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘zlarining poetik ta’sirchanligi,
o‘quvchi ruhiyatiga ta’sir etib turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota
olishi bilan boshqa
lingvopoetik vositalardan farqlanib turadi.
Sinekdoxa va uning shoir ijodida tutgan o‘rni.
Usmon Azim ijodida faol qo‘llanuvchi lingvopoetik vositalardan yana biri
sinekdoxadir. O‘zbek tilshunosligida uslubiyat bo‘yicha
yaratilgan ishlarda
sinekdoxaga quyidagicha ta’rif berilgan: “
Sinekdoxa g
rekcha –synekdoche
so‘zidan olingan. Bu ham tropning bir turi bo‘lib, predmetlarga nisbatan
qo‘llanadigan son bilan bog‘langandir, ya’ni predmetlarning son jihatdan birining
(qismi, to‘la) ma’nosi ikkinchisiga ko‘chiriladi. Butun o‘rnida qism (yohud,
aksincha) yoki birlik o‘rnida ko‘plik (yoki aksincha) qo‘llanilishini
ham bunga
misol sifatida ko‘rsatish mumkin”
1
. Sinekdoxalar mohiyatan bir xil hodisani
ifodalasalarda, ilmiy adabiyotlarda u metonimiyaning bir ko‘rinishi,
bir-biriga
yaqin hodisalar sifatida talqin qilinadi.Usmon Azim quyidagi parchada
sinekdoxaning qism orqali butun ifodalangan ko‘rinishini qo‘llagan:
Nahot har zukko aql,
Sheryurak, temirbilak,
Fitnalarning zarbidan
Yo‘qlikka ketsa qulab? (Mo‘min Mirzoning so‘nggi qo‘shig‘i, 24-bet)
Quyidagi sinekdoxa hodisasi “ko‘z” leksemasi vositasida hosil qilingan:
Insonni tushunish kerak...
Sizni zor etib beparvo boquvchi,
Tushlaringizga, kiradigan jodugar ko‘zlar
Balki mag‘rurlikdan,
Balki hayodan,
Sizga yulduzlardan olisroq erur (32-bet).
1
Қўнғуров Р. Танланган асарлар.
–
Самарқанд: СамДУ, 2008, 322
-
бет
.
38
Keltirilgan misolda ishtirok etgan “ko‘z”
leksemasi orqali inson
tushunilmoqda.Bu so‘zdan faqatgina ko‘z emas, balki inson nazarda
tutilayotganligi sezilib turadi. Sinekdoxaning qahramonlar
hatti-harakatini
ko‘rsatishda muhim vosita ekanligi quyidagi parchada ham ko‘zga tashlanadi:
«U sevgisin sotdi», qichqirar
Bir ayolning qasoskor ko‘zi.
Tiz cho‘kaman: «Singlim,
muqarrar
Buyuk nomzod o‘limga o‘zim!» (“Tush”, 13-bet)
Umuman olganda, sinekdoxalar Usmon Azim ijodida muhim o‘rin
egallaydi.“Misollar tahlili sinekdoxaning katta umumlashtiruvchilik imkoniyati
borligini ko‘rsatadi va unda badiiylik hamma vaqt ham ko‘zga tashlanavermaydi.
Garchand umumlashtirish qisqalikning asosiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib,
badiiy
adabiyot tili uchun nihoyatda zarur sanalsa-da,
bu xususiyat uning boshqa
funksional uslublarda ham bemalol ishlatilaverishiga to‘siqlik qilmaydi. Bundan
tashqari
u takrordan qochishga, yaqinlik ma’nosini ifodalashga, ayrim ma’nolarni
ta’kidlashga xizmat qilishi mumkin”
1
.
Dostları ilə paylaş: