Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

she’rim,
Hamon turibdirsan ostonada tik.
Kutasan: «Qaytgin», deb aytadi ering,
Yana ochiladi yopilgan eshik (“So‘nggi uchrashuv”, 87-bet). 
Boshqa bir o‘rinda esa unga “Panohim” deb murojaat qiladi: 
Panohim,
uchyapmiz yulduzlar aro,
Yulduzlar ichida eng go‘zali — siz! (“Sevgi haqida umidbaxsh ballada” 113-bet) 
Tilimiz so‘z va iboralarga , turli xil vositalarga qay darajada boy bo‘lmasin,
kishilar fikrlarini har doim ham ko‘zlanganidek ifodalay olmaydilar. Tilimiz lug‘at 
tarkibidagi ma’lumot, xabar yetkazishga xizmat qiluvchi vositalar, leksik birliklar
kishiga o‘z subyektiv-emotsional munosabatini o‘z istagi darajasida aniq va 
ta’sirchan, yorqin, obrazli qilib ifodalashga,baholashga har doim ham imkon 
bermaydi. Bu esa ijodkorga tilimiz lug‘at tarkibidan joy olgan o‘z kommunikativ 
maqsadiga mos keluvchi so‘z va iboralarni metaforik qo‘llashiga zamin 
hozirlaydi.Mana uning bir she’rda ayolga nisbatan qo‘llagan metaforalari: 
Behisht gulshanlari topdilar zavol,
Qiyomat gullarni ayladi g‘orat.
Sen, ey,
farishtalar hamdami
— ayol,
Do‘zaxda qolganing bo‘lsin muborak! 
Do‘stlaring bor edi — payg‘ambar, rasul — 
Har biri o‘zicha yaratgan olam.


35 
Ey,
podshoh qismatga sadoqatli qul,
Qutlug‘ bo‘lsin yangi shayton do‘stlar ham.
Uni-ku gapirmay... O‘tdi u — ertak,
O‘tli hislarini poyingga yozdi.
Sen, ey, 
olovlarda muzlagan erka,
Muzda uyg‘onishning lazzati sozmi? (144-bet) 
Mana bu she’rda esa lingvopoetik vositalarning, ya’ni metafora (oppoq 
qo‘lcha) va jonlantirishning o‘zaro uyg‘unlik hosil qilganligi seziladi: 
Men ko‘cha kezaman. Yog‘a boshlar qor,
Oppoq qo‘lchalarni yelkamga tashlab.
Sokin shivirlaydi: «Nima gaping bor?»— 
Qadamim tovshidan uyg‘ongan uylar. (117-bet) 
Xulosa qilish mumkinki, lingvopoetik vositalardan biri bo‘lgan metaforalar 
Usmon Azim she’riyatida faol qo‘llanilib, she’riy asarlar tilining o‘ziga xosligini 
ta’minlashga xizmat qiladi, hamda shoirning hayotiy voqea-hodisalarga, insoniy 
munosabatlarga ijodiy yondashuviga bog‘liq holda hosil bo‘ladi. Metaforalar 
poetik matnlarda obrazlilik hosil qiluvchi lingvopoetik vosita sifatida Usmon 
Azimning badiiy-estetik tafakkuri hosilasi sifatida uning o‘ziga xos individual 
uslubini belgilab beradi. Ular she’riy matnlarda kutilmagan obrazlilik hosil qiladi, 
Usmon Azimga fikr ifodalashda ancha qulaylik yaratadi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə