Биринчи боб


Urush — o‘lim, shodlik — xat



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Urush — o‘lim, shodlik — xat,
Tiriklik-ku, aniq — non
(47-bet). 
Shu kunga qadar amalga oshirilgan qator ishlarda o‘xshatishlarning tarkibiy 
komponentlari, qo‘llanish uslubi, obraz yaratish funksiyalari haqida qator qimmatli 
fikrlar maydonga keldi. Biroq o‘xshatishlardagi xususiylikning umumiylikka 
tomon siljishi, ya’ni so‘zlovchining ichki maqsadi aks etgan xususiy yashirin 
mazmun ko‘rinishlari asarning umumiy g‘oyasiga nechog‘lik bog‘liqligi masalasi 
o‘zining yechimini topganicha yo‘q.
Tadqiqotda o‘xshatish qurilmalarining an’anaviy va individual turlari e’tirof 
etilgan holda o‘xshatishlar turli grammatik vositalar bilan yuzaga chiqishiga ko‘ra 
tasniflangan va lingvopoetik tahlilga tortilgan. “Badiiy matnda boshqa uslub 
matnlarida bo‘lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi 
qonuniyatlarga to‘la-to‘kis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan 
unumli foydalaniladi. Ta’sirchanlik birinchi planga ko‘tariladi. Ohangdor, 
jozibador so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg‘un bir musiqa, 
ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan to‘lqinlantirish, yig‘latish, 
kuldirish, xayolot olamiga yetaklash, o‘yga cho‘mdirish, estetik tafakkurini 
shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga o‘rgatish 
kabi ko‘plab imkoniyatlarni o‘zida mujassam qilgan. Badiiy matn, ma’lumki, 


24 
badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning uchun unda poetik, 
romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng foydalaniladi”
1

Shoir o‘xshatish vositasida kutilmagan fikrlar ifodalaydiki, kitobxon 
beixtiyor tasvirlangan obyekt haqida o‘ylay boshlaydi, uning shakli va mohiyatiga 
shoir ko‘zi bilan nazar tashlaydi.Quyida shoir dasht obrazini matnga olib kiradi va 
uni junjikkan, egasiz itga o‘xshatish orqali kitobxonda dashtning ko‘rinishi haqida 
muayyan tasavvur uyg‘otishga erishadi: 
Mana, tong chog‘ida ishga ketayapman.
Yurak, azobdasan — qanday dard ezar?
Junjikib, egasiz it kabi g‘amgin 
Vokzal maydonida yolg‘iz dasht kezar... (“Dasht haqida ballada” (Erkin 
A’zamovga bag‘ishladim) 55-bet)
Ma’lumki, tilimizda o‘xshatish hosil qiluvchi leksik va grammatik vositalar 
bor. Leksik vositalarga kabi, singari, qadar, yanglig‘, bamisoli, bamisli, misoli, 
misli, monand, xuddi, naq, go‘yo, teng, o‘xshatmoq, eslatmoq, demoq, bo‘lmoq, 
bir, aynan, o‘zi, tus, ibrat, holatda, chu, andoqki va boshqalar kirsa, grammatik 
vositalarga – day (-dek) -dak -(tak) -dag‘ (-dog‘) -dayin, -dan, -dir, -namo, -simon,-
ona, -omuz, -li, -cha, (-larcha, -chalik, -chasiga) kabilar kiradi.Quyidagi she’rda 
Usmon Azim leksik va grammatik vositalardan mohirona foydalanish bilan poetik 
tasvirni yuzaga keltirgan: 
She’rimga hassadek suyanib olib,
Seni tafting qolgan qo‘llarim bilan
Bo‘shliqlarni ko‘r kabi paypaslab, silab...
Tushun, Yer sharida osilib turibman!
Qancha yopishmayin hayotga, she’rga,
Sen meni tashlama, quchog‘imda tur,
Hayotning bo‘yniga chirmashib ketsin,
Ikkala qo‘lim ham chirmovuq misol! (“Shubha”, 84-bet) 
1
Йўлдошев М.
Бадиий матннинг лингвопоэтик таҳлили.
-
Тошкент,
2007, 35- 
бет.


25 
Badiiy nutqda shoir tomonidan hosil qilingan o‘xshatishlar asarning badiiy-
estetik qimmatini belgilab beradi. Bu haq
ш
da N.Mahmudov “Badiiy nutqning 
ifodaliligi nuqtai nazaridan qaralganda, o‘xshatishlarning musichadek beozor 
(odam), ayiqday qo‘pol (yigit), toshday qattiq (narsa), muzday sovuq (suv), qorday 
oppoq (rang) kabi qo‘llanishi an’anaga kirib qolgan, hammaga ma’lum bo‘lgan 
turlaridan ko‘ra nutq tuzuvchining, ijodkorning o‘zi tomonidan yaratilgan, ya’ni 
xususiy-muallif o‘xshatishlari ahamiyatliroqdir. To‘g‘ri, mazkur an’anaviy 
o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligi uchun ma’lum darajada xizmat qiladi. 
Masalan, musichadek beozor odam birikmasi beozor odam birikmasiga nisbatan, 
ayiqday qo‘pol yigit birikmasi qo‘pol yigit birikmasiga nisbatan, toshday qattiq 
narsa birikmasi qattiq narsa birikmasiga nisbatan ifodaliroq, ekspressivroq ekanligi 
ko‘rinib turibdi. Shuning uchun odatdagi nutqning ifodaliligini ta’minlash uchun 
ulardan ham foydalanish lozim. Ammo nutqning, ayniqsa, badiiy nutqning 
ifodaliligini kuchaytirish uchun xususiy-muallif o‘xshatishlari alohida ahamiyatga 
molikdir. Ijodkorning bevosita o‘zi yaratgan, uning o‘tkir ko‘zi, ko‘lamli tasavvuri 
va bepoyon taxayyuli, ziyrak kuzatishlari mahsuli sifatida yuzaga kelgan va o‘z 
o‘rnida qo‘llangan o‘xshatishlar betakror obrazlarning go‘zal ifodachilariga 
aylanadi, haqqoniy ta’sirli tasvir uchun xizmat qiladi”
1
deb yozadi. 
Usmon Azim o‘xshatish hosil qilishda tasvirlanayotgan obyekt va 
o‘xshatilgan narsa o‘rtasidagi ichki bog‘liqlikni saqlab qolishga intiladi.U quyidagi 
matnda kapitan tasvirini berar ekan, soch ta’rifini berishda uning dengizchi 
ekanligiga ham o‘xshatish vositasida ishora qiladi,buni esa matnda o‘xshatish 
zimmasiga yuklaydi: 
Asli kasbi bo‘lsa ham firoq
Chidolmadi keksa kapitan,
Xotinini to‘lqinday oppoq,
Sochlariga ko‘mildi birdan (92-bet). 
1
Маҳмудов Н. Ўқитувчи нутқининг маданияти.
-
Тошкент, 2009, 171
-
бет.


26 
She’riyat shoir ruhining, ichki kechinmalarining lingvopoetik tasvirini 
beruvchi muhim vositadir.U har bir shoir ijodida qo‘llanilsada, nimani tasvirlashga 
xizmat qilishi, nimaga o‘xshatilayotganligi, unda qanday o‘xshatish hosil qiluvchi 
vositalar ishtirok etayotganligiga ko‘ra farqlanib turadi.Chunki “O‘xshatish ikki 
narsa yoki voqea-hodisa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali 
ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, konkretroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib 
berishdir”
1
. Usmon Azimning poetik mahorati shundaki, u bir she’riy parchaning 
o‘zida bir emas, bir necha lingvopoetik vositalardan birdaniga foydalanadi, Ammo 
bu lingvopoetik vositalar bir vazifaga-shoir maqsadining ro‘yobga chiqishiga 
xizmat qiladi. Buni quyidagi parchada ham ko‘ramiz: 
Shoirlar erta tug‘iladilar.
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday.
Shoirlar armon bilan o‘ladilar,
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday 
Yoki mana bu she’rda ham o‘xshatishning go‘zal namunasini ko‘ramiz: 
She’rimga hassadek suyanib olib,
Seni tafting qolgan qo‘llarim bilan
Bo‘shliqlarni ko‘r kabi paypaslab, silab...
Tushun, Yer sharida osilib turibman!
Qancha yopishmayin hayotga, she’rga,
Sen meni tashlama, quchog‘imda tur,
Hayotning bo‘yniga chirmashib ketsin,
Ikkala qo‘lim ham chirmovuq misol! (“Shubha”, 84-bet) 
Yuqorida keltirilgan parchada o‘xshatish hosil qiluvchi komponentlar 
ishtiroki haqida fikr yuritishda o‘zbek tili ifoda-tasvir vositalari bo‘yicha 
kuzatishlar olib borgan R. Qo‘ng‘urovning o‘xshatish hosil qiluvchi to‘rt 
komponent mavjud bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlarini yodda tutish lozim. Olim bu 
1
Шомақсудов А.,Расулов И.,Қўнғуров Р.,Рустамов Ҳ.Ўзбек тили стилистикаси.
-
Тошкент:Ўқитувчи, 1983

243-
бет.


27 
komponentlarni qayd qilar ekan, shunday misollarni keltiradi: “shoirning 
qo‘shiqlaridan ilhomlangan o‘zbek yigitlari frontga borib, sherday jang qildilar (H. 
Olimjon. «O‘zbek xalqining adabiyoti», 1948, III). 
Tog‘lardagi qip-qizil lola,
Bo‘lib go‘yo yoqut piyola
Buloqlardan uzatadi suv,
El ko‘zidan qochadi uyqu. (H. Olimjon, I). 
Keltirilgan misollarning birinchisida o‘xshatilgan predmet yigitlar (1), 
o‘xshatiladigan predmet sher (2), jang o‘xshatish asosi (belgi) (3), -day esa 
o‘xshatish vositasi (4) hisoblanadi. Ikkinchi misolda o‘xshatilgan predmet (1) lola, 
o‘xshatiladigan predmet (2) piyola, asos (3) yoqut va o‘xshatish vositasi (4) go‘yo 
dir. 
O‘xshatishni unga yaqin va aloqador boshqa tasviriy vositalardan (xususan, 
metafora, epitet, jonlantirish kabi) farqlashda mana shu a’zolarning bo‘lishini 
hisobga olish katta ahamiyatga ega”
1

Shoirlar erta tug‘iladilar.
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday.
Shoirlar armon bilan o‘ladilar,
Bahorning to‘ng‘ichi — boychechakday (93-bet). 
Yuqorida keltirilgan misolda o‘xshatilgan predmet (1) shoirlar, 
o‘xshatiladigan predmet (2) boychechak, asos (3) bahorning to‘ng‘ichi va 
o‘xshatish vositasi (4) day dir . 
O‘xshatish hosil qiluvchi komponentlar ishtirokini quyidagi parchada ham 
ko‘rishimiz mumkin: 
Shamollar quritdi ko‘zimdan yoshni,
Yillarning qatidan oxir otdi tong.
Asrlar shafaqday chulg‘adi boshni,
Miyamga o‘q kabi sanchildi-ku ong (“Bitik toshlar orzusi” 149-bet). 
1
Қўнғуров Р. Танланган асарлар.
-
Самарқанд: СамДУ,
2008, 337-
бет



28 
Bu misolda o‘xshatilgan predmet ong, o‘xshatiladigan predmet o‘q, asos 
sanchilmoq va o‘xshatish vositasi kabidir. Yuqoridagi misolda esa o‘xshatish hosil 
qilishda leksik va grammatik vositalar ishlatilgan.Ayniqsa, o‘xshatish hosil 
qiluvchi –day grammatik vositasining takror qo‘llanishi poetik tasvirni yanada 
kuchaytirgan. 
O‘xshatish hosil qilishda kutilmaganlik, kitobxonni hayratga solish Usmon 
Azim uslubiga xos xususiyatlardan biridir. U oddiygina tosh tasvirini berishda 
katta ma’nosini bildiruvchi so‘zlardan oddiy tashbehlardan qochadi.Buning o‘rniga 
kitobxon kutmagan yangi poetik tasvir yaratadi:
Menga bir tosh kerak — osmon kabi keng,
G‘azab kabi og‘ir, g‘amday benavo...
Menga bir tosh topib berolmading, sen —
Toshlari tuproqqa aylangan dunyo (“Bitik toshlar orzusi” 149-bet). 
Misolda o‘xshatilgan predmet - tosh.Shoir shu tosh asosida matnga osmon, 
g‘azab, g‘am kabi so‘zlarni olib kiradi va ularni o‘xshatish ma’nosini 
kuchaytiruvchi vositalarga aylantiradi.O‘xshatish hosil qiluvchi kabi va -day 
vositalari bu ma’noni yanada aniqlashtiradi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə