Биринчи боб


Usmon Azimning metaforalardan foydalanish mahorati



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Usmon Azimning metaforalardan foydalanish mahorati
Usmon Azim ijodida faol qo‘llanuvchi lingvopoetik vositalardan biri 
metaforadir. Tilimizda metafora deyilganda narsa-buyum, voqea va hodisalar 
o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikka asoslangan ma’no ko‘chishi tushuniladi. Ma’no 
ko‘chishining bu turi adabiyotshunoslikda istiora deb yuritiladi.
Metaforaning paydo bo‘lishi va lingvopoetik vosita sifatida amalda 
bo‘lishiga e’tibor berilsa, bir qator jihatlar mavjudligi ko‘zga tashlanadi.Avvalo, 
metafora nutq jarayonida hosil bo‘ladi. Uning shakllanishi to‘g‘ridan to‘g‘ri
insonning fikrlash doirasi, tafakkuri qamrovi bilan bog‘liq. Inson faoliyati juda 
ham serqirra bo‘lib, u tabiat va jamiyatda bo‘layotgan har bir o‘zgarishni kuzatib 
boradi, voqea-hodisalarga, narsalar va shaxslar haqidagi bilimlarini tinimsiz 
ravishda boyitib boradi, ular haqidagi fikr va tasavvurlarini ma’lum bir obrazlar 


29 
sifatida ongida muhrlaydi. Bu falsafiy xulosalar o‘rni kelganda ko‘chma ma’no 
kasb etib nutqqa ko‘chadi. Tilshunos M.Yo‘ldoshev metafora va o‘xshatish orasida 
quyidagi farqlar mavjudligini ko‘rsatadi: “ 1. O‘xshatishda so‘zlar o‘z ma’nosi 
bilan ishtirok etadi. Metaforada so‘zlar doimo ko‘chma ma’noda bo‘ladi. 2. 
O‘xshatishda ikki komponent – o‘xshatiluvchi obyekt va o‘xshovchi obraz 
qiyoslanadi. Metafora esa bir komponentli bo‘ladi. 3. O‘xshatishlarda kengayish 
imkoniyati ko‘p, bir gap hatto abzas darajasida kengayishi mumkin. Metaforalar 
esa so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘ladi. 4. O‘xshatishda maxsus 
ko‘rsatkichlar bo‘ladi: -dek, -day, -simon, -larcha,-kabi, -singari, o‘xshamoq va 
boshqalar. Metaforalarda bunday ko‘rsatkichlar bo‘lmaydi. Buni quyidagi 
misoldan ham ko‘rish mumkin: Karim tulkiday ayyor odam. O‘xshatish 
konstruksiya. Bunda Karim – o‘xshatish subyekti, tulki –o‘xshatish etaloni, ayyor 
– o‘xshatish asosi, -day – o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi. Bu to‘liq o‘xshatish. 
Karim tulki. Bu qisqargan o‘xshatish, chunki gapda o‘xshatish asosi (qaysi 
xususiyati o‘xshashligi) va ko‘rsatkichi ifodalanmagan. Voy, tulki-yey... (Karimga 
nisbatan ishlatilmoqda). Bu metafora hisoblanadi. Chunki Karimning ayyorligi 
obrazli tarzda ifodalanayapti. Butunlay qayta nomlanayapti”
1
. Usmon Azim
she’riyatida qo‘llanilgan lingvopoetik vositalar orasida metaforalar muhim o‘rin 
tutadi.Metaforalar ko‘pchilik adabiyotlarda ta’kidlanganidek, o‘z lingvopoetik 
xususiyatiga ko‘ra doimiy va individual metaforalarga bo‘linadi. Abdulla Qahhor 
ijodi tili bo‘yicha tadqiqot olib borgan A.Hasanovning qayd etishicha, “ A.Qahhor 
individual metaforalar yaratishda ot, sifat, fe’l turkumiga oid leksemalardan unumli 
foydalangan. Jumladan, ot-metaforalardan o‘z ideolektida reallashgan xususiy 
yashirin ma’nolarni implisit tarzda ifodalashda, ta’sirchan, obrazli ifodalar 
yaratishda; sifat-metaforalarning konnotativ ma’nolaridan qahramonlarning 
xarakter-xususiyati, siyrat va suratini tasvirlashda, asar kompozitsiyasida, voqealar 
rivojida yechiluvchi mavhum konsituatsiyaga ishora qiluvchi tugun hosil qilishda 
va 
badiiy-g‘oyaviylikka 
erishishda; 
fe’l-metaforalardan 
voqea-hodisaning 
1
Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлили асослари. 

Тошкент: Фан, 2007,
78-
бет



30 
intensivligini oshirishda, personajlar xarakter-xususiyatiga implisit ishora qilishda 
ta’sirchan omil sifatida foydalanib, hikoyalari tasviriyligini, badiiy-estetik 
quvvatini oshirgan”
1
. Quyidagi misolda so‘zlovchi o‘z sevgilisiga bo‘lgan eng 
nozik his-tuyg‘ularini ifodalashda badiiy adabiyotdagi eng ko‘p qo‘llaniluvchi 
an’anaviy usullardan biri – metaforalardan foydalangan. So‘zlovchi o‘z sevgilisiga 
nomini aytib murojaat qilmay, unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri “gulim” deb murojaat qiladi. 
… Gulim, sovuq boqma, qo‘rqaman,
Qo‘rqaman boz bo‘ladi paydo —
Olti qit’a, to‘rt bahri ulkan,
Huvillagan dahshatli fazo... (73-bet)
Agar tasodif bo‘lib,
Anov shofyorning qo‘li,
Ozgina qaltirasa,
Olamda yo‘qman, gulim... (76-bet), yoki
Men nechun yongan dilimni so‘ndirolmayman, gulim,
Kul bo‘lishga qismatimni ko‘ndirolmayman, gulim.
Kim bilur otashda yongan kunlarimning qadrini,
Kecha qalblarni nurimga to‘ldirolmayman, gulim (178-bet). 
Gul metaforasi shoir ijodida faolligi bilan ajralib turadi. Bu metafora she’rdan 
she’rga ko‘chib, poetik obrazlilik, ta’sirchanlikni kuchaytirishga xizmat qiladi: 

Shamollarga dardini
Kulib so‘ylagan, ey, gul,
Mening sovuq bag‘rimga
Qadam qo‘ymagan, ey, gul —
Bir tosh bo‘lib yoningda o‘tganimda baxtliman! (“Qo‘sh eshitgan o‘lan”,
179-bet) 
1
Ҳасанов А.А.Абдулла Қаҳҳор ҳикоялари тилининг бадииятини таъминловчи лексик
-
стилистик 
воситалар.Филол.фан.номз. ...дисс. автореф. 
-
Тошкент, 2010, 9
-10-
бетлар.


31 
Tilshunoslikda eng ko‘p murojaat qilinadigan lingvopoetik vositalardan biri 
metafora hisoblanadi. Yuqoridagi misoldan ham anglashiladiki, bu usulda muallif 
narsa yoki tushunchalar o‘rtasida o‘xshashlik mavjudligiga asoslanib, bir narsaga 
hos belgi-xususiyatlarni boshqa bir narsaga ko‘chiradi va shu tariqa nom ko‘chish 
hodisasini yuzaga keltiradi.
 
Masalan, yuqorida keltirilgan misolda ishtirok etgan 
“gulim” so‘zining ma’nosini metaforik ma’no deyish mumkin, chunki mazkur 
misolda metafora gul va odamning tashqi jihatdan o‘xshashligi, go‘zalligi, 
beg‘uborligi asosida hosil bo‘lgan.
 
Lekin shuni ham qayd etish kerakki, gul
so‘zining yuqorida keltirilgan ma’nosi adabiy tilimizda doimiy metaforaga 
aylanib ulgurmagan.

Shunga ko‘ra yuqoridagi misolda keltirilgan gul metaforasi 


mazkur matndan tashqarida olib qaralganda nutqning ifodaliligi nuqtai nazaridan 
ma’lum bir uslubiy qimmat kasb etmaydi.
 
Ko‘rinadiki, metafora sifatida tanlangan 
til birligining bu hodisa mohiyatiga qanchalik mos kelishi, qanchalik yangi 
ekanligi, poetik ta’sirchanligi matnning mazmunan boyligi, ifodali bo‘lishini 
ta’minlaydi.Barcha so‘z san’atkorlari, ijodkorlar qatori Usmon Azim ham 
 
o‘z
she’rlarida tilimizdagi poetik ta’sirchan, obrazli so‘zlarni metaforik ma’noda 
qo‘llash orqali she’riy asarlari tilining shirali, ifodali, obrazli va go‘zal bo‘lishiga 
muvaffaq bo‘lgan.
 
Quyidagi misollarda buni ko‘rish mumkin: 
Qancha shirin damdan kechmog‘im mumkin,
Faqat sen o‘ynagin, quvongin, kulgin.
Sen mening taqdirim, oxir azalim,
Sen mening bahorim, oyim, g‘azalim (79-bet). 
Metaforalar, yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, shoirning o‘z fikrlarini 
kitobxonga ta’sir qiladigan darajada obrazli qilib ifodalash vositasi sifatida she’riy 
asarlarning hamma ko‘rinishlarida u yoki bu tarzda namoyon bo‘ladi. Poetik 
matnlarda yozuvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga bog‘liq holda she’rda 
tasvirlangan mavzuning qanday ekanligiga qarab lisoniy vositalar muhim uslubiy 
vazifa bajarishga xizmat qiladi. Bunday vositalar uslubiyatga oid ishlarda ifoda-
tasvir vositalari, badiiy matnning o‘ziga xosligini ta’minlovchi , bo‘yoqdorlikni 


32 
yuzaga keltiruvchi estetik hodisa sifatida ham ahamiyatli hisoblanadi.Agar matnda 
lingvopoetik vosita o‘rinli qo‘llanilsa, asarda muallif tomonidan tanlangan obraz 
badiiy bo‘yoqlarda o‘quvchi yoki tinglovchi ko‘z o‘ngida aks etadi. Badiiy matnda 
qo‘llanilgan metaforalar o‘z ta’sirchanlik xususiyati bilan o‘quvchining his-
tuyg‘ulariga ta’sir etadi, uni zavqlantiradi, turli ruhiy holatlarga soladi. Bundan 
tashqari metaforalar kishiga o‘z fikrlarini tilda mavjud bo‘lgan vositalar 
yordamida uzundan-uzun jumlalar orqali ifodalashdan qutqaradi.Metaforalar 
yordamida yozuvchining fikrlari qisqa va aniq, sodda va obrazli tarzda o‘z 
ifodasini topadi. 
Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan metaforalar birgina shoirning 
ifodalamoqchi bo‘lgan fikrlari pardozi sifatida ko‘rinmay, shoirning ruhiyati,ichki 
kechinmalari va his-tuyg‘ularining obrazliligi bilan yaxlit holda o‘quvchiga 
yetkaziladi.
Ma’lumki, badiiy matnlarda shoir tomonidan muomalaga kiritilgan 
ma’noning tabiat va jamiyatdagi ma’lum bir o‘xshashlik asosida ko‘chishi 
metaforaning asosiy, muhim belgilaridan hisoblanadi.Og‘zaki va yozma nutqda, 
ayniqsa, inson ruhiyati, kechinmalari tasviriga asoslangan poetik matnlarda 
emotsional - ekspressiv munosabat ifodalashning eng qulay vositasi bo‘lgan 
metaforalar obrazlilikka asoslanadi. Quyidagi misolga e’tibor qilaylik: 
Qancha shirin damdan kechmog‘im mumkin,
Faqat sen o‘ynagin, quvongin, kulgin.
Sen mening 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə