Биринчи боб


Lingvopoetik takror personaj ruhiyatini ifodalash vositasi sifatida



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Lingvopoetik takror personaj ruhiyatini ifodalash vositasi sifatida. 
Usmon Azim she’rlari shoirning ko‘p yillik mehnati, xalq hayotini, insoniy 
munosabatlar, tabiatning betakror manzaralarini kuzatishi natijasidir. Filologiya 
ilmiga oid manbalarda badiiy takrorning alliteratsiya, epifora, rifma, anafora, 
assonans, konsonans, monorim, pleonazm, taftologiya, naqorat kabi turli xil
ko‘rinishlari 
mavjudligi 
qayd 
etiladi. 
Tilshunos 
R.Qo‘ng‘urovning 
ko‘rsatishicha,“Shoir va yozuvchilar tasvirlayotgan voqea-hodisaning nazarda 
tutilgan tomoniga o‘quvchining diqqatini tortish, uni bo‘rttiribroq ko‘rsatish uchun 
yoki ma’lum narsalarni sanab ko‘rsatish niyatida ko‘proq she’riy asarlarda, ba’zan 
prozada ham ayrim tovush yoki tovushlar birikmasi, so‘z yoki so‘zlar birikmasiga, 
gaplarga ataylab alohida urg‘u beradi, takrorlaydi”
1

Usmon Azim o‘z she’riyati bilan badiiy adabiyotda munosib o‘rniga ega 
bo‘lgan, lingvopoetik vositalardan, jumladan, takrordan o‘ziga xos tarzda 
foydalana olgan shoirlardan hisoblanadi. Uning she’rlarida tabiatning turli 
fasllariga xos jonli tasvirlar , insonlar o‘rtasidagi munosabatlar chigalligi, turmush 
tashvishlari va ziddiyatlaridan ozor chekuvchi inson obrazi doimo birinchi o‘rinda 
turadi.
 
Quyidagi parchada tabiat hodisasi bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi va inson ruhiy 
holati takror vositasida yaqqol o‘z aksini topgan: 
1
Қўнғуров Р. Танланган асарлар. 
– 
Самарқанд: СамДУ, 2008
, 397-
бет



46 
Ohista-ohista yog‘adi yomg‘ir,
Ohista-ohista qo‘zg‘alar shamol.
Ohista-ohista to‘kar yumshoq nur
Bulutlar bag‘ridan ko‘ringan hilol.
Ohista-ohista yig‘laydi bir qiz,
Kaptar patidan ham mayin dardlari... (40-bet)
Usmon Azim she’rlarida shoir obrazli tafakkurining nihoyatda keng 
qamrovli ekanligi, kutilmagan holatlar, hamma birday idrok qilavermaydigan
faqat o‘tkir aql va mushohada egasigina ko‘ra oladigan eng nozik lavhalar o‘z 
badiiy qiyofasiga ega bo‘ladi. Shoir boshqalar nazarida oddiy tuyulgan holatlardan 
badiiy ko‘rinishlarni o‘z nozik didi bilan ilg‘ay oladi va ularni turli lingvopoetik 
vositalar orqali misralarga soladi. Ma’lumki, alohida olingan shoir yoki 
yozuvchilar badiiy asarlarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilishda poetik nutqning 
fikr ifodalashdagi imkoniyatlari shu asar misolida o‘rganib chiqiladi. Usmon Azim
ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalanib, xalq tilida qo‘llanilib kelayotgan 
ma’lum darajada milliylik ufurib turgan so‘z va iboralarning ma’nosini matnga 
bog‘liq holda kengaytirishga harakat qiladi. Milliy-ma’naviy qadriyatlarni, asrlar 
davomida shakllangan urf-odatlarni o‘zida aks ettirgan ona tilimiz lug‘at boyligini 
shoirona tafakkur bilan ilg‘ay olgan shoir o‘zining har bir she’rida so‘z tanlashda 
ana shu mezonlarga tayanadi, tanlangan birliklarni o‘z tafakkur chig‘irig‘idan 
o‘tkazadi.Quyidagi parchada shoir bir so‘zni – Ona so‘zini takror qo‘llash bilan 
inson turmushi tarzi, farzandning ona oldidagi burchi, unga munosabati kabi jiddiy 
masalalarga kitobxon e’tiborini qaratadi: 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə