Биринчи боб


Usmon Azim ijodida antiteza



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Usmon Azim ijodida antiteza. 
Usmon Azim ijodida boshqa lingvopoetik vositalar qatori antitezadan ham 
foydalanilgan. Antiteza grekcha so‘z bo‘lib, qarama-qarshi qo‘yish degan ma’noni 
bildiradi. Tilshunos R.Qo‘ng‘urov antiteza haqida fikr yuritar ekan, “Antiteza 
poetik sintaksisning bir ko‘rinishi hisoblanadi, u nutqda ifodalilikni kuchaytirish 
uchun logik jihatdan qarama-qarshi tushunchalarni, fikr obraz, predmetlarni va 
shaxslar xarakterlarini qiyoslash yoki birgina predmet yoki hodisalarning daraja 
jihatidan qarama-qarshi holatini tasvirlashdir.” deb yozadi .Olimning fikricha, 
“Antiteza orqali ifodalangan ma’noni tushunishda bir-biriga keskin qarama-qarshi 
hodisalarga nisbatan bizning reaksiyamizning ham ahamiyati bor. Masalan, issiq-
sovuq, baland-past, ulug‘ va pastkash, jasur va qo‘rqoq, saxiy va xasis, haqiqat va 
yolg‘on, tun va kun, yorug‘ va qorong‘i kabi antonimik so‘zlar har biri o‘ziga xos 
reaksiya uyg‘otadi. Ma’lum hodisa yoki hodisalar tasvirlanayotganda ularni ana 
shu kabi antonim so‘zlar vositasida birini ikkinchisiga qarama-qarshi qo‘yib 
qiyoslanadi va shoir ularga nisbatan o‘zining munosabatini bildiradi yoki bir 
hodisani turli tomondan tasvirlash orqali o‘quvchida unga ijobiy yoki salbiy 
munosabat uyg‘otadi”
1

Quyidagi parchada qarshilantirish siz va men olmoshlari vositasida hosil 
qilingan.Bunda muallif o‘zi va nutq qaratilgan shaxsni munosabatlarning ikki qutbi 
sifatida tasvirlamoqda.Ayniqsa, tinglovchining qimmatbaho deb, o‘zini esa arzon 
deb baholashi she’rda ifodalangan mantiqiy zidlikni yanada kuchaytirishga xizmat 
qilgan; 
Siz — qimmatbahosiz,
Men — arzon, arzon.
1
Қўнғуров Р. Танланган асарлар. 
– 
Самарқанд: СамДУ, 2008
, 386-
бет



44 
Sizga balki faqat yuragim arzir.
Sizdan so‘ramayman haqiga osmon,
Faqat osmon kabi yuksaling, axir! (139-bet) 
She’rdagi fikrlar o‘zaro zidlik asosiga qurilgan bo‘lsa-da, unda muallifning 
nutq qaratilgan shaxsga bo‘lgan ijobiy munosabati yashirin tarzda aks 
etgan.She’rda muallifning o‘zini past tutishi va tinglovchini ulug‘lashi ham 
shundan dalolat berib turibdi. Quyidagi she’rda tun va kun tushunchalari o‘zaro 
zidlikda tasvirlanadi. Kun tushunchasida shoirning ijobiy, tun tushunchasida esa 
salbiy deb hisoblagan tasavvurlari mujassamlashgan: 
Kechalari yurak sanchadi,
Tutunlarga to‘ladi boshim.
Rutubatli tunni yanchgani,
Ruhimda bir porla, quyoshim.
Kunduzlarim manim — lahzalik.
Tunim — uzun. Uzun. Beadad (219-bet). 
Shoirning “Rivojlanish” she’rida tabiat bilan bog‘liq tushunchalar o‘zaro zid 
munosabatda tasvirlanadi. She’rda poetik tasvir tong va shom tushunchalarini 
o‘zaro zid qo‘yib tasvirlash orqali amalga oshirilgan: 
Tunni tong o‘ldirdi,
Tongni shom o‘ldirdi.
Shomni bo‘g‘di tun...
Nima uchun? 
Nima uchun,
Shomning qo‘li qon...
Tongning qo‘li qon...
Bor-yo‘g‘i bir qadam qo‘ydingmi,
Beshafqat zamon? (143-bet) 
Tilimizda so‘zlarning o‘zaro lug‘aviy jihatdan anglatgan ma’nosiga 
asoslanib yoz va qish faslini zidlik munosabatiga kiritish poetik matnlarda ko‘p 


45 
kuzatiladi. Usmon Azim esa bahor va kuz faslini antiteza sifatida qo‘llab tasvirning 
o‘ziga xos ko‘rinishini yuzaga keltirgan: 
Bahorda ko‘karib, kuzda sarg‘ayib,
Sukunatu qorga o‘ranib qishda,
G‘o‘ra she’rlarimga boqdi mung‘ayib...
Xullas, sodiq bo‘ldi har ezgu ishda! (“Dasht haqida ballada”, (Erkin A’zamovga 
bag‘ishladim) 54-bet) 
She’rda tasvirlangan bahorni hayotning, ijodning boshlanishi, kuzni esa 
buning aksi sifatida tushunish mumkin.So‘zlarning o‘zaro zidlik hosil qilishi 
bevosita matn bilan bog‘liq. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə