2.USMON AZIM SHE’RIYATIDA MILLIY AN’ANA VA
QADRIYATLARNI IFODALASHDA LINGVOPOETIK VOSITALARNING
O‘RNI
Respublikamizning milliy istiqlolga erishuvi tufayli tilshunoslik va
adabiyotshunoslik qatori badiiy adabiyotga ham, uni tahlil qilish metod va
usullariga, uni o‘rganishga ham talablar ham butunlay o‘zgardi. Bugungi kunda
shoir va yozuvchilar tomonidan yaratilgan asarlarning badiiy-estetik
imkoniyatlarini tadqiq etish asosiy vazifa ekanligi e’tirof etilmoqda.
«O‘zbek tilshunosligida keyingi o‘n yilliklarda muayyan bir ijodkorning
tildan foydalanish mahorati, yozuvchining u yoki bu til sathi birliklarini
qo‘llashdagi o‘ziga xosliklarini mufassal ko‘rsatishga bag‘ishlangan juda ko‘plab
tadqiqotlar yuzaga kelganligi quvonarlidir. Aytish lozimki, badiiy tilni o‘rganishda
ko‘proq leksik birliklarning lingvopoetikasiga e’tibor qilinganligi ko‘zga
tashlanadi. Masalan, tilshunos L.Abdullayeva o‘zining monografiyasida o‘zbek
badiiy adabiyoti tilining leksik stilistikasi muammolari haqida fikr yuritgan.
E.Qilichev esa «Badiiy tasvirning leksik vositalari» (1982) deb nomlangan
kitobida badiiy tasvirda ishtirok etadigan leksik vositalar, ularning ifoda
imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar ustida to‘xtalgan. B.Umurqulovning «Poetik
nutq leksikasi» (1990) nomli monografiyasida hozirgi o‘zbek she’riyati tilining
leksik manbalari, poetik leksika, an’anaviy poetizmlar, so‘z variantlari va ularning
estetik qimmati kabi masalalar tadqiq etilgan. Ko‘rinib turganiday, o‘zbek
tilshunosligida badiiy asar tilining lingvopoetikasi bo‘yicha ancha-muncha ish
qilingan. Ammo bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar doirasi nechog‘lik katta bo‘lishiga
qaramasdan, ular adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan jiddiy asarlarning
barchasini qamrab olgan deb bo‘lmaydi”.
1
Usmon Azim she’rlari shoirning ko‘p
yillik mehnati, xalq hayotini, insoniy munosabatlar, tabiatning betakror
manzaralarini kuzatishi natijasidir. “Aytish mumkinki, badiiy nutq o‘z tabiati,
mohiyati va maqsadiga uyg‘un holatda boylikka moyilligi bilan ajralib turadi.
1
Йўлдошев М.Бадиий матннинг лингвопоэтик таҳлили.
–
Тошкент
, 2007, 9-
бет
.
58
Qashshoq nutq hech qachon estetik ta’sir quvvatiga sohib bo‘la olmaydi, estetik
quvvatsiz esa badiiy nutq o‘zining bosh vazifasini bajarishi mushkul. Shuning
uchun ham haqiqiy so‘z san’atkorlari asar tilining boyligi ustida muttasil mehnat
qilganlar, tinimsiz izlanganlar, tilning turli sathlaridagi rang-baranglikning betakror
imkoniyatlarini kashf etganlar. Chinakam boy, rangin nutqning nodir namunalarini
yaratganlar. Badiiy adabiyotimiz tili jamiyatimiz a’zolarining boy nutq tuzish
sinoatlarini o‘rganishlari uchun bitmas-tuganmas manba, o‘ziga xos maktabdir. Bu
benazir maktabning a’lochi o‘quvchilari bo‘lish o‘zini madaniyatli, ma’rifatli,
ma’naviyatli ko‘rmoqni istagan har bir kishining burchidir”
1
. Xalqona ohang va
baxshiyona ruh Usmon Azim she’riyatining bosh mavzularini belgilaydi. Uning
she’rlaridagi milliylikka yo‘g‘rilgan, quruq tasvir va balandparvozlikdan yiroq
bo‘lgan oddiylik, soddalik va samimiyat, og‘zaki ijodda yetakchilik qiluvchi
xususiyatlar ana shu baxshiyona ruhning asoslaridir.Usmon Azimning bolalikda
ko‘rgan-kechirganlari, Surxondaryodagi baxshilar bellashuvi, ko‘pkari, kurash
singari urf-odatlar, bolalik xotiralari uning ijodkor sifatida shaxsiyatini,e’tiqodi va
dunyoqarashini shakllantirganligi tabiiy. Ijodkor bolaligida eshitganlari, turmush
tashvishlaridan chekkan ozorlari, quvonch va qayg‘ulari, orzu-umidlari uning
she’rlarida turli-tuman lingvopoetik vositalar ko‘rinishida namoyon bo‘laveradi.
Shu ma’noda Usmon Azim she’riyatini kuzatadigan bo‘lsak, unda, eng avvalo,
lingvopoetik vositalarning qahramon ruhiyatidagi o‘zgarishlarni, insoniy mehrga
tashnalik, do‘stlikni, ona yurtga muhabbat tuyg‘ularini ulug‘lashga xizmat
qilganligini ko‘rish mumkin.Usmon Azim she’rlarida “baxshi”, “do‘mbira”,
“chavandoz”, “uloq”, “o‘tov”, «jayron», «ohu», «kiyik», «qaldirg‘och», “tulpor”,
“dasht”, «kapalak», «lolaqizg‘aldoq», «yalpiz», “boychechak”, «yulduz» , “pari”,
“dev”, “kabutar”, “do‘st”, “g‘anim” kabi o‘ziga xos obrazlar borki, ular she’rdan
she’rga o‘tish jarayonida tobora mukammallashib, yangidan yangi qirralarini
namoyon etib boradi. “U bahorni kutdi intizor, // Yo‘llariga ko‘z tutdi ilhaq. //
Quyosh chiqsa, erib bitsa qor, // To‘yib-to‘yib o‘ynardi chillak. (“Bolalikning
1
Маҳмудов Н.Ўқитувчи нутқининг маданияти
–
Тошкент,
2009, 156-
бет
.
59
so‘nggi kunlari”), Bahor bilan mast bo‘lib, // Kuylardik biz bolalar://
«Boychechagim boylandi, // Boychechagim boylandi...» (“Boychechak”),Boysun
qirlarida bir o‘zim kezdim, // Kuz edi. Daralar tumanni quchgan.// Avval
eshitgandim. U mahal sezdim,// Mening bir do‘stimning chirog‘i o‘chgan.
(“Boysun qirlarida”), Xavotir ichinda deding: «Men ketdim...» //To‘xtading.
Xo‘rsinding. Jo‘nading shitob.// Kuzgi chorbog‘ aro yo‘qolding, yitding,// Atlas
liboslarga belangan sarob. (“So‘nggi uchrashuv”) Elbek baxshi bir kambag‘alning
to‘yini gurillatib, necha kampir-qizlarning yuragini dirillatib — ovuliga qaytib
kelayotgan edi, bir karvonga duch keldi. Karvonning atrofida necha otliqlar
chopishib kelishyapti, tuya-larni yetaklagan shotirlar qoqilib kelishayapti.
Osmonga mushaklar otilgan, tuyalarga atlas kimxoblar yopilgan, yosh-yalanglar
bo‘za ichib bo‘kirishgan, bir-biriga do‘q urishgan, tuya ustidagi qizlar ularga lab
burishgan, karvonboshining peshonasi tirishgan — oldinda kelyapti. Elbek baxshi:
«Ho‘v, karvonboshi, yo‘l bo‘lsin?»— deb so‘radi, karvonboshining oldini
o‘radi. «Yo‘ldan qoch, bachchag‘ar, kelin olib ketayapmiz», — dedi karvonboshi.
(“Baxshiyona” kitobidan 183-b)
Usmon Azim ijodida xalqchillikka yo‘g‘rilgan bunday misollarni juda
ko‘plab keltirishimiz mumkin. Biroq shuni alohida qayd etish lozimki,Usmon
Azim tomonidan tanlangan, xalq og‘zaki ijodi namunalari tiliga xos bo‘lgan va
uning she’riy asarlarida obraz darajasiga ko‘tarilgan detallar har gal o‘zlarining
yangi-yangi nozik qirralari va fikr ifodalash imkoniyatlari bilan namoyon bo‘ladi.
Shoir baxshiyona ruhda asar yaratar ekan, so‘z tanlashga alohida e’tibor qaratadi.
Quyidagi parchada milliylik ruhi aks etishida baxshi, ovul, egachi, og‘a kabi
leksemalar muhim ahamiyat kasb etgan. Ular shu alfozda qancha turishganini
bilishmadi. Avval Elbek baxshi o‘ziga keldi. Qarasa, ko‘zlari dardlashib
to‘ymaydiganday. Shunda o‘zini tutib olib, ko‘z yoshini yutib olib, Oytumanga
gap qotdi: «E, egachim, bunday qarasam, kelbatning ovulimizdagi Davlatbiyning
qiziga mengzaydi. Shu yerlarga bir qizni kelin bo‘lib tushgan deb eshitaman. Shu
sen emasmisan?», — dedi. Oytuman bir yutinib, ming bir tutilib:
60
«Davlatbiyning shu qizi men bo‘laman», dedi. «Borsam, elu yurtingga nima
deyin?»— dedi Elbek baxshi. «Salom deng», - dedi Oytuman. «Yana nima
deyin», - deb so‘radi Elbek baxshi. «Salom deng», - dedi Oytuman. «Xush qol
bo‘lmasa, egachim», deb Elbek baxshi otiga qamchi tortdi. «Yaxshi boring,
og‘am», deb Oytuman soy bo‘yida toshday qotdi... (192-bet)
Usmon Azim she’rlarida shoir obrazli tafakkurining nihoyatda keng
qamrovli ekanligi, kutilmagan holatlar, hamma ham birday idrok qilavermaydigan,
faqat o‘tkir aql va mushohada egasigina ko‘ra oladigan eng nozik lavhalar o‘z
badiiy qiyofasiga ega bo‘ladi. Shoir boshqalar nazarida oddiy tuyulgan holatlardan
badiiy ko‘rinishlarni o‘z nozik didi bilan ilg‘ay oladi va ularni turli lingvopoetik
vositalar orqali misralarga soladi. Ma’lumki, alohida olingan shoir yoki
yozuvchilar badiiy asarlarini lingvopoetik jihatdan tahlil qilishda poetik nutqning
fikr ifodalashdagi imkoniyatlari shu asar misolida o‘rganib chiqiladi. Usmon Azim
ona tilining keng imkoniyatlaridan foydalanib, xalq tilida qo‘llanilib kelayotgan
ma’lum darajada milliylik ufurib turgan so‘z va iboralarning ma’nosini matnga
bog‘liq holda kengaytirishga harakat qiladi.Usmon Azim she’riyatida milliy
qadriyatlar, urf-odatlarni ifodalashda lingvopoetik vositalarning qo‘llanishi haqida
fikr yuritganda quyidagi fikrlarni e’tiborga olish lozim. “Har bir xalqning turmush
sharoitlari, marosim va an’analari shu xalqning tarixiy taraqqiyoti davomida
shakllangan bo‘lib, o‘sha xalqqa xos bo‘lgan milliy belgi va xususiyatlarning
muhim jihatlarini tashkil etadi.O‘zbek xalqining turmush an’analari uzoq asrlar
davomida yuz bergan turli iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlarga qaramay milliy o‘ziga
xosligini saqlab keldi. Turmush an’analari ijtimoiy, shaxsiy va oilaviy hayotning
zaruriy va doimiy tomonlari bo‘lgan turar joy, oziq-ovqat, kiyim-bosh, bola
tarbiyasi, turmush qurish, o‘lim kabi hodisalarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bu
traditsiyalar doimiy takrorlanishi natijasida qat’iy marosimlarga aylanib
qoldi.Etnografizmlar o‘zbek xalqining lug‘at tarkibida anchagina miqdorni tashkil
qiladi va u mahalliy sheva xususiyatlarini o‘zida aks ettirib turadi.Etnografik
leksika ayrim o‘xshashliklarni hisobga olmaganda, umumxalq tilida bir xilda
61
qo‘llanmaydigan so‘zlar bo‘lib ko‘p jihatdan mahalliy xususiyat kasb etib
turadi.Shuningdek, etnografizmlar ham boshqa til hodisalari kabi xalq tarixi bilan
bog‘liq bo‘lish bilan birga, xususan, mahalliy territoriya gruppa kishilarining
o‘ziga xos ijtimoiy faoliyati, mehnat jarayoni, madaniy-maishiy turmushi bilan
ham uzviy bog‘liqdir”
1
.
Bugungi kunda mustaqillik davri o‘zbek adabiyotida milliy urf-
odatlarimiz, san’atimiz bilan bog‘liq so‘z va iboralarni qo‘llash deyarli har bir
shoir va yozuvchilarimiz ijodida uchraydi.O‘zbek adabiyotida mustaqillik davrida
yetishib chiqqan ijodkorlar orasida har bir tanlangan leksik-frazeologik birliklarni
milliylik ifodalovchi lingvopoetik vositaga aylantirishda Usmon Azim o‘ziga xos
uslubga egaligi bilan ajralib turadi. Masalan, Usmon Azim do‘mbira so‘zidan
mahorat bilan foydalanish orqali matnga milliy ruh kiritgan va kitobxonni milliy
o‘zligini anglashga, ajdodlarimiz urf-odatlari bilan faxrlanishga undaydi.Shu
nuqtai nazardan shoirning baxshiyona ruhda yaratilgan asaridan olingan quyidagi
parchaga e’tiborimizni qarataylik:
Birodarlar, ana endi Elbek baxshi Asqar tog‘ining boshida o‘tiribdi.
Atrofga qarayapti: bir tomon Sayxun, bir tomon Jayxun, bir taraf ko‘l, bir taraf
cho‘l. Ana Samarqandu Buxoro, undan nari Xorazm, shundoq to‘g‘rida Surxoni
azim...
Baxshining dili to‘liqib, ichida doston to‘kilib kelayapti. Tilida qo‘shiqlar
tuzilyapti, qo‘li do‘mbiraga cho‘zilyapti... Shu alfozda ko‘zlari suzilib, ko‘ngli
buzilib turgan edi. «Hormang, baxshi bobo», degan tovush qulog‘iga urildi.
Baxshi burilib qarasa, Oqbotir bilan Qorabotir otlarini yetaklab, daradan chiqib
kelishyapti. «Endi bir qo‘shiq aytib berasiz», deb kulib kelishyapti. (205-bet)
Milliy-ma’naviy qadriyatlarni, asrlar davomida shakllangan urf-odatlarni
o‘zida aks ettirgan ona tilimiz lug‘at boyligini shoirona tafakkur bilan ilg‘ay olgan
shoir o‘zining har bir she’rida so‘z tanlashda ana shu mezonlarga tayanadi,
tanlangan birliklarni o‘z tafakkur chig‘irig‘idan o‘tkazadi. Shoir tomonidan
1
Мирзаев Н.
Ўзбек тили этнографизмларининг изоҳли луғати.
–
Тошкент
:
Фан, 1991, 4
-
бет
.
62
favqulodda hosil qilingan noyob va obrazli ifodalar kitobxonni o‘ziga jalb etadi,
tanlangan ifodalarda baxshiyona ruh, badiiy tafakkur, asosli va mantiqiy
xulosalar aks etadi.Shunisi xarakterliki, Usmon Azim o‘zbek tilining boy, go‘zal,
ifoda imkoniyatlari cheksiz ekanligini o‘z she’riyati orqali to‘la namoyon eta
olgan.
Tadqiqotchining shoir asarlari tahlili jarayonida Usmon Azimning til
mahorati va uslubiga ham alohida e’tibor qaratishi, asar tiliga xos lingvopoetik
hodisalarni, leksik xususiyatlarni hozirgi o‘zbek adabiy til me’yorlari bilan
chog‘ishtirishi ularni atroflicha izohlashiga imkoniyat yaratadi.
Shoir asarlarida qo‘llanilgan til birliklari badiiy asarning, yoki Usmon
Azim ruhiyatining o‘ziga xos badiiy manzarasi, emotsional yoki insoniy
qiyofasini aks ettiruvchi vositalardir. Darhaqiqat, Usmon Azim she’riyatida
ifodalangan o‘zbekona yoki mahalliy kaloritni ifodalovchi g‘oyalar va
tushunchalar shoir ichki dunyosining o‘ziga xos nozik qirralarini aks ettiradi.
Asarda ifodalangan g‘oyaviy mazmunga, shoirning kitobxonga aytishni
mo‘ljallagan fikrlarini qo‘shimcha ma’nolar bilan boyitadi hamda poetik
ta’sirchanlikni oshiradi. Usmon Azim she’riyatidagi milliy qadriyatlar,urf-
odatlarni ifodalovchi so‘zlar, tushunchalar,xalq ijtimoiy hayotida sodir bo‘lgan
turli voqealar xalqimizning asrlar davomida shakllangan, ajdoddan avlodga o‘tib
kelayotgan milliy xususiyatlarini to‘lasincha o‘zida jamlagan. Shoirning
baxshiyona ruhda yaratilgan she’rlarida milliy ruh aniq va obrazli, ortiqcha tasvir
va bezaklarsiz o‘z badiiy qiyofasiga ega bo‘ladi. Bu individuallikning namoyon
bo‘lishida shoirning o‘z xalqi milliy urf-odatlarini yaxshi bilishi, xalq hayotida
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar markazida turishi, bu esa uning o‘ziga xos
dunyoqarashi, ongi va tafakkuri, go‘zallikni idrok etishi va dard sifatida qog‘ozga
tushishining guvohi bo‘lamiz. Usmon Azim ijodiga xos xususiyatlardan biri shuki,
shoir milliy-ma’naviy qadriyatlarni ifodalovchi so‘zlarni qo‘llaganda shu millatga
mansub har bir kishi ruhiyatiga ta’sir etuvchi jumlalardan foydalanadi va ular
shoirning ichki olamini yoritib beradi. Shoir buning uchun xalq og‘zaki ijodida
63
faol qo‘llanuvchi tushunchalarni ifodalovchi maqol, matal, aforizmlar kabi turli-
tuman vositalarga murojaat qiladi.
Nada do‘zax olovi yamlar,
Nada eshik ochadi behisht —
Ko‘kragingni arosat qamrab,
Qolganida yuraging beish (213-bet).
Usmon Azim ijodida uchrovchi bunday tasvirlarda tilimizda ifoda-tasvir
vositalari deb yuritiluvchi epitet, metafora, metonimiya,sinekdoxa, o‘xshatish,
antiteza, parallelizm, kinoya, piching, jonlantirish kabi lingvopoetik vositalar
faolligi bilan ajralib turadi. Usmon Azim she’riyatida bu kabi lingvopoetik
vositalarning o‘ziga xos o‘rni bor. Masalan, Usmon Azimning baxshiyona ruhda
yozilgan she’rlarida milliy qadriyatlar, urf-odatlarni ifodalovchi so‘z va
iboralarning qo‘llanganini, ma’lum bir ijtimoiy voqea-hodisalar, xalq ruhiyatida
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni , shuningdek, asar qahramoni yoki mualllif ongida
kechuvchi holatlarni ifodalashda mazkur birliklarning to‘g‘ri tanlanganligini, o‘z
o‘rnida ishlatilganligini ko‘rish mumkin.Shoir “Abdulla Qodiriy” she’rida shunday
yozadi:
Bo‘g‘zimga bahaybat qayg‘u tiqildi,
Ko‘zimga yiqildi qop-qora bulut.
Tizzamdan sirg‘alib kitob yiqildi,
Birdan sinfga cho‘kdi bir hayron sukut.
Dostları ilə paylaş: |