Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Ikkinchi bob xulosasi 
1. Usmon Azim she’riyati bizning millatimizga xos bo‘lgan an’ana va 
qadriyatlarni ifodalashda, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarga yangicha nuqtai 
nazardan yondashuviga ko‘ra davrimizning boshqa ijodkorlaridan ma’lum darajada 
ajralib turadi. Shoir ijodining o‘ziga xosligi voqea-hodisalar mohiyatini ochib 
berishda lingvopoetik vositalardan mohirona foydalanishida ham yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Shoir xalqimiz urf-odatlarini, marosimlarini tasvirlashda tilimizda 
mavjud bo‘lgan leksik, frazeologik birliklar qatori lingvopoetik vositalarga ham 
murojaat qiladi.Shoir tomonidan tanlangan til birliklari har bir holatda ham milliy 
urf-odatlarni tasvirlashdan tashqari kitobxonga badiiy-estetik ta’sir etish vazifasini 
ham bajaradi.
2. Shoir individual uslubidagi o‘ziga xos xususiyatlardan yana biri shuki, 
unda ko‘pchilik hollarda tasvirlangan voqea-hodisalar muallif tomonidan hikoya 
qilinmaydi, balki bu vazifa asardagi Elbek baxshi, Elomon baxshi kabilar tilidan 
berib boriladi. Bu bilan asar qahramonlari tilining jonli va tabiiy, ishonchli bo‘lishi 
ta’minlangan. Chunki xalqimiz azaldan baxshilarni vijdonli, xalq dardini har 
qanday vaziyatda ham qo‘rqmay ayta oladigan kishilar sifatida biladilar.Ana shu 
xususiyatni hisobga olgan Usmon Azim voqealarni tasvirlashda, baholashda 
baxshiyona uslub orqali ajdodlar madaniy va ma’naviy merosiga hurmat ruhini 
kitobxon ongiga singdirishga intiladi va buning uddasidan chiqadi.Bu esa matndagi 
poetik ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qilgan. 
3. Usmon Azim she’riyatida insonning eng nozik his-tuyg‘ulari, turli xil 
insoniy munosabatlar mahorat bilan tasvirlangan. O‘zaro dialogik aloqaga 
kirishgan odamlar orasidagi suhbatlar kishilar orasidagi munosabatlarning turlicha 
bo‘lishi va ularning ifodalanish usullari ham har xil bo‘lishidan dalolat berib 
turadi.Lingvopoetik vositalar yordamida o‘z badiiy qiyofasiga ega bo‘lgan matn 
asosida nutq qaratilgan shaxs faoliyati, xatti-harakati, gap-so‘zlaridan muallifning 
qoniqish yoki qoniqmasligi ma’nolarini ifodalovchi shaxsiy munosabat yotadi.


77 
4. Lingvopoetik vositalar ishtirok etgan dialogik muloqotlarda to‘satdan 
yuzaga kelgan keskin nutqiy vaziyat, muloqotchilarning asabiy holati yangi nutqiy 
vaziyatlarning yuzaga kelishiga zamin yaratadi. Bu esa o‘z navbatida o‘sha matnda 
shoir tomonidan ma’lum leksemalarga ma’no kuchaytirish, ta’kid kabi 
qo‘shimcha ma’nolar yuklanishiga sabab bo‘ladi. Masalan, Elbek baxshi va 
Oytumanning to‘satdan uchrashib qolishi yangi nutqiy vaziyatning yuzaga 
kelishini ta’minlagan. 
5. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xalqimiz ma’naviy hayotining qanday 
bo‘lishini belgilab beruvchi manbalardan biri bo‘lib, Usmon Azim ijodiga ham 
samarali ta’sir ko‘rsatgan.O‘zbek xalq og‘zaki ijodida qo‘llanuvchi lingvopoetik 
vositalar turli tuman bo‘lib, ular Usmon Azim she’riyatida yangidan yangi badiiy 
tasvirlar, ruhiy holatlar ifodasining yuzaga kelishiga zamin hozirlaydi. Poetik 
matnda ishtirok etgan kishilar tomonidan sodir etilgan xatti-harakat matn tabiatini 
belgilab beradi. Muloqot ishtirokchilarining turli xil his-tuyg‘ularning, ichki 
kechinmalarning yuzaga kelishiga zamin hozirlaydi. Shuning uchun Usmon Azim 
o‘zi tasvirlayotgan qahramonlarning nutq jarayonidagi ruhiy ahvolidan kelib 
chiqib, ularning holatiga mos keluvchi til birliklaridan, turli ifoda-tasvir 
vositalaridan foydalanadi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə