78
UMUMIY XULOSA
1.Insonning qanday
jamiyatda voyaga yetganligi, qanday oilada tarbiya
topganligi, e’tiqodi, qanday g‘oyalar bilan yashayotganligi, ma’naviy qiyofasi,
voqeylikda bo‘layotgan har bir o‘zgarishni qay darajada idrok qilishi uning eng
nozik his-tuyg‘ulari ifodasi bo‘lgan badiiy matnlarda turli lingvopoetik vositalar
yordamida namoyon bo‘ladi. Lingvopoetik vositalar
badiiy matnning asosiy
mazmunini kitobxonga badiiy tarzda yetkazishning muhim vositalari hisoblanadi.
Badiiy matnlar matnning boshqa turlaridan til birliklarining qo‘llanishi,
leksik-frazeologik birliklar, lingvopoetik vositalarga boyligi bilan ajralib turadi.
Badiiy matn xalqimizning asrlar mobaynida shakllangan va san’at darajasiga
ko‘tarilgan badiiy ijodi mahsuli bo‘lib, u xalqimizning og‘zaki ijodi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Xalqimizning milliy qiyofasini aks ettiruvchi urf-odatlar,
marosimlar,an’analar badiiy matnlarda turli lingvopoetik vositalar orqali
o‘quvchiga yetkazib beriladi
.
Badiiy
ijod nafosat, go‘zallikni idrok etishning
o‘ziga xos usuli ham bo‘lib, unda xalqimizning ijtimoiy hayot tarzi, kechasi va
buguni, ertasi, ma’naviy qadriyatlari, e’tiqodi kabilar o‘z aksini topadi.Bularning
barchasi badiiy ijod vositasida namoyon bo‘ladi.Badiiy matnda til bajaradigan eng
muhim ijtimoiy vazifalardan biri – ta’sir etish doimo birinchi o‘rinda turadi.
2.
Badiiy matnlarni o‘rganish o‘zbek ijodkorlarining
muallif nutqi va
personaj nutqini individuallashtirish, portret, turli tabiat manzaralari va poetik
obraz yaratishda ifoda-tasvir, lingvopoetik vositalaridan, leksik-frazeologik
resurslar,xalq tili birliklaridan unumli foydalanish mahorati, ularning o‘zbek
adabiy tili xazinasini boyitishga qo‘shgan munosib hissalarini
aniqlashda muhim
ahamiyat kasb etadi.Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan
tovushdan tortib butun
boshli gapgacha bo‘lgan lingvistik birliklar she’riy asarlar tilida kitobxonga matn
mazmuni to‘g‘risida ma’lumot yetkazish bilan chegaralanib qolmaydi
.
Ularni
qo‘llashda Usmon Azim kitobxonga ta’sir etish maqsadini ham ko‘zlagan.Shunga
ko‘ra lingvopoetika badiiy matnlarda qo‘llanilgan birliklarning badiiy-estetik
vazifalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.Lingvopoetika tilshunoslikning alohida
79
bir bo‘limi sifatida
badiiy matnlarni tadqiq etadi, shoir va yozuvchilar individual
uslubi, til birliklarining badiiy matnlardagi o‘rni va vazifasi haqida ma’lumotlar
beradi.
3.
Usmon Azim ijodida she’riy asarlar tilining badiiy jihatdan obrazi va
bo‘yoqdor, ifodali va ta’sirchan bo‘lishini ta’minlovchi lingvopoetik vositalardan
o‘xshatish, metafora ,sinekdoxa, metonimiya, antiteza, jonlantirish kabilar faol
ishtirok etgan. Usmon Azim poetik
matnlarda jamiyat hayotida, kishilarning
kundalik turmushida yuz berayotgan turli voqea-hodisa, narsalarni kitobxon ko‘z
o‘ngida aniq gavdalantirish uchun o‘xshatish, metafora, metonimiya, jonlantirish
kabi vositalardan mahorat bilan foydalanadi. Bunda ular lingvopoetik vosita
sifatida kitobxonga badiiy-estetik ta’sir etish vazifasini bajaradi. Usmon Azim
tilimiz qonun-qoidalariga amal qilgan holda o‘rni bilan o‘ziga xos betakror poetik
manzaralar, ruhiy holatlar tasvirlarini yaratadi.Lingvopoetik vositalar shoir
asarlarida tilga olingan
tushunchalar, fikr va tasavvurlarni ma’lum bir obrazlar
sifatida kitobxon ongida muhrlaydi hamda badiiy-estetik vosita sifatida muhim
ahamiyat kasb etadi.
4.
Usmon Azim ijodida individuallik u tomonidan qo‘llanilgan
lingvopoetik
vositalarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning she’riy asarlari tilida boshqa shoirlar
ijodida uchramaydigan metonimiyalarni, sinekdoxalar va jonlantirishlarni ko‘plab
uchratish mumkin. Usmon Azim tomonidan to‘g‘ri tanlangan va o‘rinli ishlatilgan
lingvopoetik vositalar o‘zlarining poetik ta’sirchanligi,matn mazmuniga
bog‘liqligi, kitobxon ruhiyatiga ta’sir etib, unda turli his-tuyg‘ularni uyg‘ota
olishi bilan boshqa lisoniy vositalardan farqlanib turadi.Bu ham Usmon Azimning
o‘ziga xos so‘z san’atkori ekanligidan dalolat berib turadi. Shoir ijodida
lingvopoetik vositalar lirik qahramon ruhiyatini ochib
berishning eng qulay
vositalaridan ekanligi ma’lum bo‘ladi. Insoniy munosabatlar so‘zlovchining nutq
qaratilgan shaxsga bo‘lgan munosabati qanday ekanligiga qarab ijobiy yoki salbiy
tushunchalarni ifodalaydi. Lingvopoetik vositalar munosabat ifodalovchi,
baholovchi birlik sifatida Usmon Azim ijodida muhim o‘rin tutadi.
80
5.
Usmon Azim ijodida yaqqol bo‘rtib turadigan jihat shuki, unda shoir
tilimizda mavjud bo‘lgan, badiiy ijodda tez-tez murojaat qilinaverib ma’lum
darajada o‘z badiiy-estetik qimmatini yo‘qotgan vositalardan foydalanilmaydi.
Balki shoir hayotni teran ko‘z bilan kuzatadi, u tabiat va jamiyat hayotida
boshqalar ko‘ra olmagan jihatlarni ko‘ra oladi va ularni she’riyatga ko‘chirish
bilan o‘z maqsadiga erishadi. Shuning uchun shoir tomonidan favqulodda hosil
qilingan noyob va obrazli ifodalar kitobxonni o‘ziga jalb etadi, tanlangan
ifodalarda Usmon Azimga xos badiiy tafakkur, asosli va
mantiqiy xulosalar aks
etadi.Bu esa Usmon Azimning mustaqilligimizning noyob kuychisi, badiiy
ijodning mohir san’atkori ekanligidan dalolat beradi.