Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

minoralar ketib borar 


40 
kelajak sari,
ba’zan 
oyga boqib 
to‘xtab qolishar 
(azon sasi urildimi quloqlarga?) 
Zinalaringdan 
choponiga o‘ralgan 
so‘fi emas,
men o‘rlab borayapman 
falak 
peshtoqiga 
va yerga boqib notinch shivirlayman: 
Samarqand, ildizing qayerda? (“Samarqand bo‘ylab tungi sayr”, 45-bet) 
She’rda tungi Samarqandning go‘zal manzarasi o‘z aksini topgan. Unda 
birgina tundagi minoralarning ko‘rinishigina emas, balki o‘tmish, bugun va kelajak 
o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘z badiiy tasvirini olgan. Dunyoda hamma narsa o‘tkinchi , 
inson umri juda qisqa ekanligi, inson tomonidan ijod qilingan san’at asarlari boqiy 
ekanligi, ularning tabiat va jamiyatda bo‘ladigan o‘zgarishlarga guvoh ekanligi 
she’rning asosiy g‘oyasini tashkil qiladi. Bu g‘oya esa so‘zsiz jonlantirish 
vositasida yuzaga chiqqan.
Jonlantirishlar lirik qahramon ruhiyatini ochib berishning eng qulay 
vositalaridan biridir. Insoniy munosabatlar so‘zlovchining nutq qaratilgan shaxsga 
bo‘lgan munosabati qanday ekanligiga qarab ijobiy yoki salbiy tushunchalarni 
ifodalaydi. Usmon Azim o‘z she’rlarida buni to‘g‘ridan to‘g‘ri aks ettirmaydi, 
balki ana shu tushunchalar doirasida qaraluvchi mavhum otlarni jonlantiradi. 
Shoir ularni harakatlantirish, so‘zlatish orqali ularga o‘z munosabatini, bahosini 
ifoda etadi. Xiyonat, vijdon tushunchalarining jonlantirilishi ham buni isbotlaydi: 
Vijdon yonida,
xiyonat turibdi 


41 
sog‘lig‘i xo‘b soz 
Hatto nutq aytmoqchi.
shoir shaniga.
tiliga yog‘ surtib,
so‘ziga pardoz (“Oybekning uy muzeyida o‘qilgan she’r”, 123-bet). 
Jonlantirish o‘z tabiatiga ko‘ra turli-tuman ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. 
Uning nimaga nisbatan qo‘llanishi ijodkorning badiiy mahoratiga, tilimizning 
yashirin, nozik ma’no ifodalash imkoniyatlaridan qay darajada xabardorligiga 
bog‘liq.Quyidagi parchada “mudramoq” so‘zi uyga nisbatan qo‘llanilib, 
osoyishtalik, tinchlik ma’nolari yuzaga kelgan: 
Ko‘cha sovuq edi. Hashamdor uyim
Mudrardi pechkaning iliq taftida.
Men stol ustiga dasta pul qo‘yib,
Salmoqlab ko‘rardim uni kaftimda (56-bet). 
Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan jonlantirishlarda ko‘pchilik hollarda aniq 
predmetlar emas, balki mavhum tushunchani bildiruvchi otlar xuddi insonlardek 
harakat qiladi, so‘zlaydi, fikrlaydi. Masalan, mavhum ot hisoblangan saraton 
quyidagicha jonlantirilgan: 
Daryoning qum qirg‘oqlarida
Yap-yalang‘och yotar saraton...
Qumli sohil ketguncha uyqu...
Qilt etmadi saraton tani.
Ko‘zni yumib yotaverdi u.
U erindi ismin aytgani. ..
Tush. Saraton chopadi ketmon.
Yuz-ko‘zidan oqib borar ter.
Saratonim, jonim saraton,
Sen ismingni menga aytib ber (“Yoz”, 103-bet). 


42 
Jonlantirishni hosil qilishda Usmon Azim faqatgina jonsiz predmetlarni 
insonlardek harakatlantirish bilan cheklanmaydi, balki ulardan lirik qahramon 
ruhiyati, ichki kechinmalarini ochib berishda yordamchi vosita sifatida 
foydalangan. Buni quyidagi parchada ishtirok etgan jonlantirishlarning shoir 
maqsadiga xizmat qilganligini ham dalillaydi: 
Qo‘ng‘iroq chalmagin. Ochmaydi hech kim,
Eshik na jilmayar, na u so‘z bilsin.
Azizlik taxtidan tushgan, azizim,
Paltongni sukunat qoziqqa ilsin.
O‘t jonidan o‘tar — bo‘zlaydi choynak,
Deraza yig‘laydi — tashqari tuman.
Teleekranining og‘zini poylab,
Endi qahva ichgin yolg‘izlik bilan (111-bet).
Parchada eshikning jonlantirilishi lirik qahramonning holatiga, iztirob 
chekishiga loqaydlik ma’nosini ifodalasa, sukunatning jonlantirilishi mehribonlikni 
anglatadi. Choynakning qaynagandagi ovoz chiqarishi insonning bo‘zlashini, 
deraza oynasini yomg‘irning yuvishi yoki oyna terlaganda unda tomchilarning 
paydo bo‘lishi insonning yig‘lashini eslatadi. Bu holatlarning hammasi 
umumlashib, jonlantirishning yuqoridagi ko‘rinishlarini yuzaga keltirgan. Bu 
tarzda jonlantirish hosil qilishni faqatgina Usmon Azim uslubiga xos xususiyat 
deyish mumkin. 
Shoir ba’zan jonlantirishning tabiiy chiqishini ta’minlash maqsadida 
dialogik nutqdan ham foydalanadi.Bunda mavhum tushunchalar va jonsiz 
predmetlar xuddi insonlardek so‘zlaydilar, turli holatlarga tushadilar: 
Uyning karaxt qotgan tili uyg‘onar: 

Sen yetib keldingmi, quvg‘indi Mehr?...
Behol suyanadi Nafrat javonga...
Jimlik. To‘rt devor jim. Shift jim. Pol ham jim.
Mehr ikkilanib chiqar balkonga,


43 
Kutadi... «Qolgin», deb aytmaydi hech kim (108-bet). 
Usmon Azim ijodida bu kabi jonlantirishlarni ko‘plab uchratish mumkin. 
Jonlantirishlar har bir holatda ham shoir maqsadining amalga oshishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə