Биринчи боб


Shoir ijodida jonlantirishlar uslubiy vosita sifatida



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

Shoir ijodida jonlantirishlar uslubiy vosita sifatida. 
Usmon Azim ijodini
 
lingvopoetik vositalarsiz, xususan, jonlantirishlarsiz 
tasavvur etib bo‘lmaydi.

Jonlantirish metaforaning maxsus bir turi sifatida 
og‘zaki nutqda ham, badiiy nutqda ham, o‘xshatishlar kabi juda qadimdan 
ishlatilib keladi. Bu shunday priyomki, unda kishilarning harakatlari, his-tuyg‘ular; 
so‘zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko‘chiriladi. Boshqacha qilib aytganda. 
jonsiz predmetlarni insonlar kabi harakat qiladigan, fikrlaydigan, so‘zlaydigan 
qilib tasvirlash 
jonlantirish
deyiladi”
2
.

Jonlantirish shoirga fikr ifodalashda qulaylik tug‘diradi, she’rlardagi poetik 


ta’sirchanlikni kuchaytiradi. Quyida shoir jonlantirish vositasida kutilmagan tasvir 
yaratadi: 
1
Каримов С.А.
Бадиий услуб ва тилнинг ифода тасвир воситалари. Ўқув қўлланма. 
– 
Самарқанд: СамДУ, 
1994, 30-
бет

2
Қўнғуров Р. Танланган асарлар. 
– 
Самарқанд: СамДУ, 2008, 378
-
бет



39 
Miltiq noxos otadi,
Aks-sado qilar nido.
Birdan 
Bejon qotadi 
Ko‘ksi teshilgan havo (44-bet). 
She’rda kitobxon kutmagan holat, ya’ni aks-sadoning tilga kirishi, havoning 
xuddi insonlar kabi yaralanishi o‘quvchini hayratga soladi, o‘z ta’siriga oladi.Bu 
holat shoirning o‘z ijodiga nisbatan jonlantirishni qo‘llashida,o‘z she’ri satrlarini
jonli narsadek tasvirlashida ham ko‘rinadi: 
Balki bir tirik satrim
Cho‘kkan ko‘ngling ko‘tarib,
Uchgan g‘amxona yerdan
Orzu osmoni sari. (155-bet) 
Jonlantirishning asosida insonga xos xususiyatlarning jonsiz narsalarga 
ko‘chirilishi yotadi. Masalan, insonga xos “angraymoq” so‘zi biror narsadan, 
kutilmagan holatdan ajablanish, hayratlanish ma’nolarini ifodalaydi. Usmon Azim 
mana shu so‘zni jonsiz predmet – eshikka nisbatan qo‘llab jonlantirishning o‘ziga 
xos ko‘rinishini yuzaga keltirgan: 
Meni asir oldilar...
Bo‘g‘zimda erk qo‘shig‘i!
Angrayib ochiladi
Hibsxona eshigi (“Mo‘min Mirzoning so‘nggi qo‘shig‘i”, 24-bet).
Jonlantirishning eng yaxshi namunasini Usmon Azimning Xurshid Davronga 
bag‘ishlab yozgan quyidagi she’rida uchratamiz: 

Samarqand, ildizing qayerda?

Kechangni chiroqlar parchalab tashlagan,
tun bilan nur o‘rtasida 
uzun arvohlar — 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə