Биринчи боб



Yüklə 437,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/28
tarix04.06.2023
ölçüsü437,33 Kb.
#115380
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Kitob 3436 uzsmart.uz

taqdirim, oxir azalim,
Sen mening 
bahorim, oyim, g‘azalim
(79-bet). 
Bo‘yoqdorlik va ta’sirchanlik asosida metaforik ma’no hosil qilish badiiy 
matnlarda qo‘llanuvchi lingvopoetik vositalarga xos xususiyat hisoblanadi.
Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan metaforalarda shoirning salbiy yo ijobiy 
munosabatda bo‘lishi shoirning she’rda kimga qarata murojaat qilayotganligi, uni 
qanday baholashi, qanday birliklar vositasida unga munosabat bildirishiga bog‘liq 


33 
bo‘ladi. Shoir quyidagi she’rida boshqa shoirlar ijodida uchramaydigan metaforani 
qo‘llagan: 
Endi mendan ketdi ixtiyor!
Yuragimni qo‘yib kaftimga
Shivirlayman besabr, takror:
Qiblanamom,
yo‘l ko‘rsat menga! (82-bet) 
Mana bu parchada esa u yorga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilmaydi, balki 
unga nisbatan kutilmagan metafora qo‘llaydi: 
Xavotir ichinda deding: «Men ketdim...»
To‘xtading. Xo‘rsinding. Jo‘nading shitob.
Kuzgi chorbog‘ aro yo‘qolding, yitding,
Atlas liboslarga belangan sarob
(“So‘nggi uchrashuv”, 86-bet).
 
Metaforalarning o‘ziga xos xususiyatlari badiiy matn doirasida qaraluvchi 
she’riy asarlarda bo‘rtib turadi. Shuning uchun Usmon Azim ijodida qo‘llanilgan 
metaforalarning o‘ziga xos jihatlarini aniqlashda ularning shoir she’riyatida tutgan 
o‘rniga alohida e’tibor qaratish lozim. She’riy matnlarda Usmon Azim boshqa 
lingvopoetik vositalar qatori metaforalarni qanday maqsadda qo‘llashiga qarab bu 
vositaning bajaradigan vazifasi va badiiy estetik qimmatini belgilash mumkin. 
Usmon Azim o‘z she’riyatida metaforani qo‘llashda shu vositaning estetik 
vazifasini ta’minlashga harakat qiladi. Uning she’rlarida metafora o‘zi bog‘liq 
bo‘lgan matnda yetakchilik qiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki,Usmon 
Azim ijodida tilning boshqa ifoda-tasvir vositalari qatori metaforaning o‘ziga xos 
estetik vazifasi boshqa matnlarga nisbatan yaqqol namoyon bo‘ladi. Usmon Azim 
tomonidan tanlangan va she’riy asarlar tilida mahorat bilan qo‘llanilgan metafora 
she’rlarda aniqlik va ta’sirchanlik, jozibadorlik va ohangdorlik kabi 
xususiyatlarini ko‘rsatadi. Ayniqsa, shoir tomonidan sevimli yorga nisbatan 
qo‘llanilgan metaforalar shoir she’riyati bilan tanishgan kitobxonni turli ichki 
kechinmalarga, ruhiy holatlarga soladi, o‘quvchini shoirning xayolot olamiga 
tomon yetaklaydi, uning estetik tafakkuri qamrovini sezilarli darajada kengaytiradi. 


34 
Shoir she’rlarida qo‘llanilgan lingvopoetik vositalar bilan tanishgan kitobxon 
metaforalarni anglash jarayonida ulardan ta’sirlanadi hamda Usmon Azim she’riy 
asarlari quvvatini his etadi. Shoirning o‘ziga xos uslubi shundan dalolat beradiki, 
u o‘z qahramoni ichki kechinmalarini anglagan, uning g‘am-qayg‘ulariga sherik 
bo‘lgan holda hayotiy voqea-hodisalarga obrazlilik nuqtai nazaridan yondashadi va 
shunga xos metaforalarni tanlaydi. 
Quyida u yoriga nisbatan “she’rim” metaforasini qo‘llaydi: 
Ammo, sen kelmassan, yo‘qotgan 

Yüklə 437,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə