Bitiruv malakaviy ishi mavzu: xitoy fond bozorining shakllanish va rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/36
tarix30.04.2023
ölçüsü2 Mb.
#107805
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
639053f3bcb43f251566e18947bcf1b1 XITOY FOND BOZORINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI (1)

2-
 
BOB. XITOY XALQ RESPUBLIKASIDA FOND 
BIRJALARINING AHAMIYATI 
 
2.1. Xitoy Xalq Respublikasida fond birjalarini tashkil etish
shart-sharoitlari va xususiyatlari 
 
Mutaxassislarning fikricha, Xitoyda yetuk moliyaviy bozorni tashkil etish 
kursi mo'ljallanib, u kapital va ssuda pul vositalari aylanishining turli shakllari va
kreditlash tizimining barcha turlarini o'z ichiga olishni ko'zda tutdi. Bunday bozor 
esa, o'z navbatida bir qator aniq sifatiy xarakteristikalarni o'z ichiga olib, ular 
orasida: pul mablag'larining tovar xususiyatiga ega bo'lishi; pul-kredit 
institutlarining o'zini-o'zi pul bilan qoplashi; kapital aylanishini foyda olishga 
yo'naltirish; kapitalga bo'lgan talab va taklifni shakllantirish erkinligi va ssudaga 
bo'lgan foiz stavkasining o'zgarishlari mavjuddir. 
Tarkiban moliyaviy bozor, oxir oqibatda, organik, o'zaro bog'liqlikda bo'lgan 
tizimlar majmuasidan iborat bo'ladi. Ular qatoriga - o'zida mulkchilikning turli 
shakllaridagi bank va nobank pul-kredit tashkilotlarini jamlagan, muomala 
mablag'lari bozoriga kiruvchi (sub'ektlar) institutlar tizimi; asosli tijorat krediti 
turidagi kredit tizimi (davlat, bank, iste'mol, "fuqorolik", ya'ni norasmiy, xalqaro); 
o'zida aksiyalar, oligatsiyalarni, chet el valyutasi, oltin, turli veksellarni jamlagan 
pul mablag'lari muomalasi tizimi; moliyaviy bozordagi operatsiyalar tizimi, 
jumladan, qisqa muddatli banklararo kreditlash, veksellar bilan operatsiyalar, 
qimmatli qog'ozlarning sotilishi va sotib olinishi kabilar kiradi
46
Bugungi kunda moliyaviy bozor aylanma yoki investitsion mablag'larni 
davlat byudjeti tomonidan moliyalash orqali olish imkoniyatlari umuman 
bo'lmagan (ba'zi bir hollarda esa, yagona bo'lgan) qo'shimcha manba bo'lib, chet 
eldan kreditlar yoki bevosita investitsiyalarni jalb qilish orqali keladigan oddiy 
kreditlash bo'lib xizmat qiladi. Kapital va pullarning moliyaviy bozordagi "narxi" 
ularga bo'lgan talab va taklifga bevosita bog'liqdir. Xitoyda bank kreditlari o'zining 
46
Sadibekova B.D. Xitoy Iqtisodiyoti.-T:Toshkent, 2010.-B.181-183 


34 
miqyosiga, ob'ektiga, hisob stavkasiga qarab, reja va umumdavlat iqtisodiy siyosati 
talablari orqali qattiq reglamentlangandir. Moliyaviy bozorning muhim 
yutuqlaridan biri - turli taraflarga sochilib ketgan pul mablag'larini bir yerga 
jamlab olish qobiliyati, iste'mol fondining bir qismini ishlab chiqarish va xo'jalik 
ehtiyojlariga yo'naltirishdan iboratdir. 
Rossiyalik olimlarning fikricha, Xitoyda moliyaviy bozor - qisqa va uzoq 
muddatliga bo'linadi. Ba'zi hollarda, qisqa muddatli moliyaviy bozorni - pul bozori 
va uzoq muddatlini esa, kapital bozori deb atashadi. Mustaqil element sifatida, 
valyutani tartibga solish bozori ajratiladi. 
Xitoy Xalq Respublikasini qisqa muddatli moliyaviy bozorining muhim 
bo'g'ini bo'lib - banklararo yoki filiallararo qisqa muddatli kredit hisoblanadi. 
Maxsus banklar orasida 1984 yilda vujudga kelgan o'zaro ssuda shaklidagi
kreditlar, tez orada ommaviylashdi. Sekin-astalik bilan, avval shahar (Shanxayda 
va Guanchjouda) va ichki tizimiy (masalan, savdo-sanoat tizimida), keyinchalik 
esa, mintaqalararo va tizimlararo qisqa muddatli o'zaro kreditlash bozorlari 
shakllandi
47
Qisqa muddatli moliyaviy bozorlarning boshqa muhim turi - bu veksellarni 
hisobga olish bozoridir. Savdo veksellaridan aksep va diskont bo'yicha o’tqazilgan 
eksperimentlar, birinchi marotaba 1980 yilda Shanxayda, 1982 yilda - Chunsin, 
Shenyan va Xebey provinsiyalarida, 1985 yilda esa butun mamlakat bo'ylab 
amalga oshirildi. 
Shanxayda esa 1987 yildan boshlab, muomaladagi katta nominalli depozit 
sertifikatlari bilan operatsiyalar amalga oshirilmoqda. Ular minimal 10 ming 
yuandan - maksimal 1 mln. yuangacha bo'lgan tezkor operatsiyalar hisoblanadi. 
Depozit sertifikatlar emissiyasi va ular bilan shartnomalar, Xitoy xalq bankining 
Shanxay bo'limining maxsus holatlari bilan tartibga solinib turiladi.
48
Korxonalarning qisqa muddatli obligatsiyalarini sotuvga chiqarish va ularni 
sotib olish, ularning aylanma mablag'larini to'ldirish maqsadida 1987 yildan 
47
Жуков Е.Ф. Ценные бумаги и фондовые рынки: Учебное пособие.- М.: ЮНИТИ, 1995.-C. 124 
48
Бергер Я. Фондовый рынок КНР / Я.Бергер, В.Михеев // Мировая экономика и международные отношения. 
- 2008. - N 6. - С.65-74. 


35 
boshlab, avval 27 ta shaharda tajriba sifatida, keyinchalik esa, yuqori samarali 
korxonalari uchun, Xitoy xalq banki tomonidan ruxsat etildi.
Oxir oqibat, qisqa muddatli moliyaviy bozorlarning yana bir turi fuqaro 
krediti hisoblanadi, ya'ni rivojlanayotgan mamlakatlardagi norasmiy moliyalash 
elementiga o'xshash kredit-oilaviy, qo'shnichilik, "yashirin" kabi juda yuqori foizli 
kreditdardir. Ushbu kreditlar xitoyning xususiy tadbirkorlik va individual 
tadbirkorlik faol rivojlangan rayonlarida, xususan, Chjeszyan provinsiyasidagi 
Venchjou rayonida keng tarqalgandir
49

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə