Bitiruv malakaviy ishi


O'quvchilar tilida kam qo'llanadigan so'zlar ma'nosi ustida ishlash



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə16/30
tarix21.12.2022
ölçüsü308,24 Kb.
#97521
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
boshlangich sinf oquvchilarni bayon

O'quvchilar tilida kam qo'llanadigan so'zlar ma'nosi ustida ishlash.


Adabiy tilga oid ba'zi so'zlar o'quvchilar nutqida kam qo'llanadi. Bu so'zning ma'nosini o'quvchi yetarli darajada tushunmaydi. Uning o'rnida oddiy so'zlashuvga doir, eskirgan yoki shevaga oid so'zlarni qo'llaydi. O'qituvchi ularni kitobiy so'zlar bilan almashtirish uchun nutqda qo'llashga majbur etadigan vaziyat yaratishi, ehtiyojni yuzaga keltirishi zarur. Masalan, jim — tinch osuda — osoyishta, yurakdan dildan, soat strelkasi — soat millari, garmdori — qalampir, rayon — tuman kabi.
So'zlarning qo'llanishini faollashtirish uchun yozma ishlar o'tkazilayotganda ham o'quvchilar e'tiborni ayrim so'zlarni boshqasi bilan almashtirishlariga qaratiladi. 1-sinfda rasmlar asosida og'zaki hikoya tuzayotgan o'quvchilarning nutq birliklari bir-biridan farqli bo'lishi, biri ikkinchisining so'zini qaytarmasligi talab qilinadi. Masalan, Shirinsuxan — shihnso'z, nasim — tonggi yel (shamol), tanbeh berdi — dashnom berdi, zilolsuv — tiniq suv, kichik — mo'jaz, tik adit, nafis — nozik kabi.
Yozma bayon yozishga tayyorlanish jarayonida ham (2-sinf) so'zlarni boshqasi bilan almashtirishga, kitobiy so'zlar tanlashga e'tibor berish lozim.
Darsliklarda bola hissiyotiga ta'sir qiluvchi ko'chma ma'nodagi badiiy ifodalar ko'p qo'llangan, ular ustida maqsadga muvoftq ishlash o'quvchi nutqini jozibador qiladi, ularning nutqini adabiy tilga yaqinlashtiradi.

  1. Yangi paydo bo'lgan so'z ma'nolari ustida ishlash. Bunday so'zlar darslikda kam qo'llanadi. Bunday so'zlarning bolalar hayoti bilan bog'liq bo'lganlarini ajratib olib „Bilib qo'ygan yaxshi" rubrikasi ostida ishlansa, o'quvchining nutqi zamon bilan baravar rivojlanib boradi.

  2. Grammatik atamalar ma'nosi bilan tanishtirish. Avvalo, grammatik

atamalarning to'g'ri talaffuzi, imlosi o'rgatiladi. Shundan so'ng misollar asosida tilning mazmuni ochiladi, so'ngra o'qitish va mashqlar bajarish orqali o'quvchilarning atama ma'nosini to'laqonli anglashlariga erishiladi.
Lug'at ustida ishlashda quyidagi metodik usullardan foydalaniladi:

  1. So'z ma'nolarini taqqoslash va ularni sharhlash. Bu usul ko'chma ma'noli so'z va iboralar, paronim so'zlar, shakldosh so'zlar ma'nosi, imlosi, talaffuzini izohlashda qo'llaniladi Masalan, ziyrak Zirak: odamning xususiyati (sezgirligi)

ziyrak; quloqqa taqiladigan taqinchoq — zirak. Bu so'zlarning talaffuzi ham ikki xil.

  1. So'zlarni kuzatish usuli orqali ularning imlosini, ma'nosini va talaffuzini o'rgatish. Bu usul o'zakdosh so'zlarni o'rganish jarayonida, ko'm-ko'k, oppoq, qip- qizil kabi sifatlarning ma'no nozikliklari, imlosi, talaffuzini o'rgatishda qo'llaniladi. Masalan, o'quvchilar guldon, gulchi guldor, gulli, gulsiz, gulla so'zlarining tarkibini kuzatadilar, bu so'zlar ma'nosidagi farqni izohlaydilar va tilning yangi so'zlar hisobiga boyib borishini anglay boshlaydilar. Shu o'rinda o'qituvchi so'zlarni o'z so'ziga aylantirish orqali aniq fikr yuritishga o'rganish o'quvchining burchi ekanini aytishi lozim.

Kuzatish usuli shakllari o'zgarayotgan so'zlarning imlosini o'rgatishda ham qo'llaniladi: og'iz+im — og'zim, singil+im — singlim,-u+ga — unga.

  1. So'zlarni belgilariga ko'ra guruhlash usuli. Guruhlash aqliy faoliyat usuli bo'lib, u ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning so'z boyligini oshirishda muhimdir. Bu usul so'zlarning anglatayotgan ma'nosi, turkumi, yasalishi, imlosi, uyasi kabilarga ajratish imkoninj beradi. Guruhlash kuzatish va taqqoslash usuli bilan bog'liq. So'zlarni guruhlash uchun avvalo ular kuzatiladi, so'ng taqqoslanadi. Bu jarayonda ularning o'xshash va farqli tomonlari ajratiladi: Masalan, qavm-qarindoshlik bo'yicha guruhlash quyidagicha bo'lishi mumkin:

  1. Ota urug'i: ota, amaki, amma, dada, buvi, buva.

  2. Ona urug'i: ona, xola, tog'a, buvi, buva.

Sifatlarda xususiyat bildiruvchi sifatlar (sho'x, og'ir, bosiq, aqlli, aqlsiz, hissiz, andishali, dangasa, tanbal, ishchan, mehnatsevar va hokazo.), ta'm
bildiruvchi sifatlar (shirin, achchiq, nordon, taxir, sho'r, mazali, bemaza, chuchmal va hokazo.) va shu kabilar guruhlash musobaqasi tarzida uyushtirilishi mumkin.
Ma'lum bir guruhdagi so'zlar ro'yxatini tuzish ishini alifbo asosida yozdirish ham mumkin. Bu jarayonda guruhlash uchun quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

  1. Bolalar o'yinlari nomining lug'atini tuzing.

  2. O'zingiz bilgan shoir nomlari ro'yxatini tuzing.

  3. Ertak nomlari ro'yxatini tuzing.

  4. Joy nomlari ro'yxatini tuzing.

  5. Ma'nodosh so'zlar ro'yxatini tuzing va boshq.

Bular o'rganilayotgan mavzularga, mashq matnlariga bog'liq holda tashkil etiladi. So'zlarning izohli lug'atini sinf yoki maktab miqyosida tuzib, osib qo'yilib, umumiste'molga kiritish mumkin. Bunda „O'quvchilar pochtasi" tashkil etilishi ham mumkin. O'quvchilar qaysi so'zning ma'nosini bilib olishda qiynalsalar, shu so'zni yozib yashikka tashlaydilar. Hafta oxiridagi darsda shu so'zlar ma'nosi, imlosi, izohi ustida ishlanadi.

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə