Biznes muloqot va akademik yozuv


Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari



Yüklə 2,32 Mb.
səhifə39/194
tarix16.03.2023
ölçüsü2,32 Mb.
#102694
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194
Biznes muloqot va akademik yozuv-fayllar.org

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning afzalliklari:

1.Xabar har qaysi payt jo‘natilishi mumkin.

2.Bu shoshilinch paytda foydalidir.

3.Bu xarajat bilan birgalikda vaqtni ham tejaydi.

Qisqa xabarlar xizmati (SMS) ning kamchiliklari:

1.Tarmoq aloqasi tufayli xabarning yetkazilishidagi kechikish

2.Qabul qiluvchi tomonidan ba’zan juda qisqa soʽzlar yoki gaplar noto‘gʻri sharhlanishi mumkin.

Telekonferensiya
Telekonferensiya ikki yoki undan koʻproq odamlar oʻrtasida ikki yoki undan ortiq joylardagi elektron muloqotdir. Uning eng sodda shakli koʻp yillar mobaynida mavjud boʻlgan telefon konferensiyasidir.


Har bir ofisda mikrofonlar bilan qatnashchilar soni oshirilishi mumkin. Ikki tomonlama qo‘ngʻiroqlardan foydalanganda, barcha qatnashuvchilar boshqa barcha qatnashuvchilar bilan gaplashishlari mumkin. Bir tomonlama muloqot qo‘ngʻiroqlarida, ogʻzaki xabarlar (masalan, kompaniya prezidenti nutqi) turli joylarga bir vaqtning oʽzida yetkazilishi mumkin.

Telekonferensiyaning afzalliklari:

1. Foydalanish uchun qulay.

2. Oson erishib boʻladigan.

3. Dunyodagi har qanday telefon liniyasidan qatnashsa boʻladi.

4. Konferens qo‘ngʻiroqlarini tuzish uchun faqatgina bir necha daqiqa ketadi.

5. Xarajatlar, energiya va vaqt tejaladi.

Telekonferensiyaning kamchiliklari:

1. Telekonferensiyaning asosiy cheklovi odamlar oʻrtasidagi yuzma-yuz faoliyatning o‘rnini bosa olmaydi.

2. Odamlar yuzma-yuz faoliyatni afzal koʻrgan holda telekonferensiya haqiqiy maqsadga xizmat qilmaydi.

Videokonferensiya
Ikki yoki undan ortiq foydalanuvchilar, ikki yoki undan ortiq joylar oʻrtasidagi real vaqtdagi video sessiyadir. Videokonferensiya bir vaqtning oʽzida turli joylardagi insonlarni koʻrish va eshitish imkonini yaratadi.

U toʻliq interaktiv va deyarli yuzma-yuz yigʻilishlarga oʻxshash boʻladi. Ishlatilgan texnologiyaning darajasiga qarab interaktiv tarzda ikki joyni bogʻlashi mumkin yoki videoni uzatish saytlari koʻpchilik saytlarga koʻrinishi (imiji) uzatilishi mumkin. Bu standart telefon liniyasi orqali muloqot qilinishi mumkin. Murakkabroq tizim va jihozlar bilan ikki joydagi insonlarning barchalari bir-birlarini xuddi haqiqiy yigʻilishdagidek koʻrishlari ehtimolini yaratadi.


Yüklə 2,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə