Biznes strategiyasi


Strategik boshqaruv modellari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə5/8
tarix15.08.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#120589
1   2   3   4   5   6   7   8
Strategik boshqaruv modellari

Strategik boshqaruv modeli qanday bolishi lozimligi yuzasidan bir qancha takliflar mavjud. Fred R. Devid, John L. Tompson modellari nisbatan ko‘proq tanilgan. Strategik boshqarishni model- lashtirish borasidagi farqlarga qaramay, ular oVrtasidagi umumiylik ko‘proq. Eng avvalo aylish joizki, istalgan modelda strategik bosh- qaruvni uch bosqichdagi jarayoni ajratiladi (1.1-rasm):

  • strategik rejalashtirish bosqichi (strategiyalar ishlab chiqish, strategik tahlil va taniov);

strategik tashkillashtirish bosqichi yoki tanlash strategiyaga mos ravishda tashkiliy tizimni sozlash (strategiyani tadbiq etish, amalga oshirish)

  • strategik nazorat va tartibga solish bosqichi (strategiyani baholash, ishontirish va ijroni baholash).

Strategik rejalashtirish bosqichida raqobatbardoshlik ustun- liklari kapitalizatsiyasi va rivojlanishi, saqlab qolishi va erishishga olib keluvchi tashqi va ichki omillar izlanuvchanligi, strategik holat tahlili, uning missiyasini aniqlash orqaii korporatsiya strategiyasi aniqlanadi.

Strategik tashkillashtirish bosqichida barcha resurslami bir joyga keltirish va korxona ichidagi munosabatlari, barcha maqsad, vazifa va tanlangan strategiyaga mos ravish da ishchrilar ma’sulligini amalga oshiriladi. Ayni shu yerda kompaniyaga kerakli tashkiliy


o'zgartirishlar kiritiladi va uning tuzilmaviy boshqarmalari siyosati ishlab chiqiladi.
Bizning flkrimizcha, Devid va Tompson taklif qilayotgan modellaming eng kamida ikkita kamchiligi mavjud:
Birinchidan, ular strategik boshqaruv jarayonini kelib chiqish nuqtasi, boshlanish nuqtasi borasida ma’lumot bermaydi. Shuni taxmin qilish mumkinki, bunday nuqta tashkilot missiyasi hisob- lanadi. Unda, agar missiya belgilansa, u hech qanday tuzatishlar kiritishga muhtoj emas. Ikkinchidan, bunday modellar strategik boshqaruvni taktik va operativ boshqaruv bilan o‘zaro tashkiliy bog‘Iiqligini yashiradi. Shuning uchun uning tashkilotni boshqarish tizimidagi roli yashirinligicha qoladi.
Strategik boshqaruv jarayonining boshlang‘ich punkti biznes- g‘oyanining tug‘ilishi va tadbiq qilinishi deb bilish ma’quUanadi. Biznes-g‘oya bu har qanday tijorat va ishlab chiqarish faoliyatining «ruhi» hisoblanadi. «Ruhsiz» biznes boMishi mumkin emas.
Biznes-g'oya asosida tashkilotning maqsadlari yuzaga keladi, ya’ni pirovard natijada o‘z faoliyatidan erishmoqchi bo'lgan natija paydo bo'ladi. So‘ngra tashkilotning muddatdagi o£z biznesining strategik bo‘shlig‘ini qayerdaligi va, shuningdek, maqsadining moslasliuvidan kelib chiqib, uning strategiyasi aniqlanadi. Qabul qilingan strategiyalar asosida ma’lum vaqtdan so‘ng erishish lozim bo‘lgan maqsadlar tizimi ishlab chiqiladi. Bu maqsadlar tashkilotning maqsad moslashuvi bilan o‘zaro mos keladi.
Qo‘yilgan maqsadlari asosida dasturlar, rejalar va, qolaversa, ishlab chiqarish jarayonini barcha tashkiliy tizimlari ishlab chiqiladi. Yuqorida qayd etilgan faoliyatlar jarayonida olinayotgan natijalar nazorat qilinadi va tekshiriladi va zarur bo‘lganida tashkiliy ta’minot dastur va rejalariga o‘zgartirishlar kiritiladi. Agar kompaniya ko‘p tarmoqli korporatsiya bo‘lsa, bu bosqichda korxonaning quyi tabaqalarida turgan tashkilotlarning strategik rejalashtirish va tashkillashtirish jarayoni amalga oshiriladi (1.2-rasm).



«o‘zidagi buyum» emas, balki uning tashkilotda o‘z o‘miga ega bo‘lgan uch turini farqlaydi. Eng awalo, korxonani bir butunlik sifatida ko‘rsatuvchi strategiya mavjud. Bu korporativ strategiya deb ataladi.
Odatda monoishlab chiqaruvchi, ya’ni faqat birgina faoliyat turini olib boruvchi korxonalar kam uchraydi. Bir korxona aslida unga daromad keltiruvchi yoki boshqa foyda keltiruvchi bir qancha faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi, ya’ni biznes portfeliga ega boMadi. Biznesning har bir turi uchun ma’lum biznes strategiyasi belgilanadi.
Nihoyat, korxona marketing, ishlab chiqarishni tashkil etish, moliya, investitsiya va kadrlar borasida ma’lum strategiyaga ega bo‘lishi kerak. Bular funksional strategiyalar deb nom- lanadi.
Korxona korporativ darajada, qoidaga ko‘ra, ma’lum hisobdagi maxsuslashgan biznes bo‘linmalarga ega bo‘lib, ko‘p tarmoqli,
ko‘p mahsulotli, ко‘р bozorli tashkilot sifatida namoyon bo'ladi. Alohida olingan bozorlarda korporatsiyalarning o‘ziari raqobat- lashmay, ulaming mos biznes-bo‘linmalari raqobatlashadi. Shu­ning uchun korxona korporatsiya sifatida ko‘rilganda, uni aniq raqobatchilarini ko‘rsatish mumkin emas1. Ayni shu sababdan korporativ strategiyalar, ularni quyidagilarda namoyon boMadigan global raqobatli afzalliklar yo‘nalishiga qarab farqlash mumkin:

  • — nisbatan past xarajatlarda;

  • --farqli sifatlarda.

Nisbatan past sarf xarajatlar korxonaning bozordagi o‘rtacha xarajatlar darajasidan kamroq bo‘ladi. Mahsulotni bozordagi o‘rtacha nancda sotib ham korxona katta daromad oladi. Raqo- batbardoshlik ustunliklar nisbatlari bu holda kapital qo‘yilmalardan olingan daromad (ROI), aktivlardan olingan daromad (ROA) hisoblanadi.
Farqli sifatga erishish — bu xaridorni antiqa va tovarning yangi sifati, alohida iste’mol ko‘rsatkichlari va sotuvdan keyingi xizmat bilan ta’minlashdan iboratdir. Farqli sifatlar korxonaga yuqori narxlarni belgilash imkonini beradi, bu esa yana katta daromad olish demakdir.
Ba’zida bir vaqtning o‘zida farqli sifat va kam xarajat ko‘r- satkichlari asosida raqobat ustunligiga erishish mumkin. Ammo bunga erishish juda mushkul, chunki tovarning yuqori iste’mol ko£rsatkichini te’minlashga mo‘ljallangan alohida sifat ko‘rsatkichi, odatda katta xarajatlar bilan bog‘liq va tovarning qimmatlashuviga olib keladi. Lekin bunga ishlab chiqarishning yangi texno- logiyalarini jalb qilish asosida erishilsa, u holda raqobat ustunligiga erishish mumkin.
Ushbu holatda, korxonaning korporativ maqsadlariga qanday erishish va umuman bunga erishish mumkin bo‘lsa, birinchi va asosiy navbatda korxona qanday biznes bilan shug‘ullanishi va o‘z biznesining har biriga qanday rivojlanishi strategiyasiga bog‘liq.
Biznes miqiyosda korxonaning biznes tarmog‘idagi raqobatli ustunliklariga erishishish, saqlab qolish va kapitalizatsiyasini amalga oshirish uchun muayyan yondashuv aniqlanib, korporativ holat nuqtai nazaridan juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi tuzilgan korxona uchun, bosh!ang‘ich kapitali oz bo'lgan holda, biznesning shunday tarmog‘ini tanlash lozimki, investitsiya daromadliligi va investitsiya tavakkalchiligi maksimal darajada bo‘lishi kerak.
Bu biznesni tushunishga undaydi: doimiy minimal xarajatlar (aylanmadan qat’iy nazar), o‘zgamvchan xarajatlar minimal me’yo- ri va daromadlar maksimal me’yori bilan bog‘liq. Biznesning ziyonsizlik nuqtasi.
Bunday sharoitlarda biznesning ziyonsizlik nuqtasi mumkin bo‘lgan minimal hajm, ya’ni minimal aylanma bilan assotsiya- lanadi. Bu talablarni to‘lov qobiliyatiga ega mijozlar bilan yuqori talab darajasidagi tovarlar savdosi qondira oladi.

    1. Strategiya turlarining qiyosiy xarakteristikasi

Strategik boshqaruv modelida strategiyalar tashkilotda o‘z o‘miga ega bo'lgan uch turga farqlanadi:
Korporativ strategiya — korxonani bir butunlik sifatida ko‘rsa- tuvchi strategiya (bir necha faoliyat turi bilan shug‘ullanuvchi korporatsiya).
Biznes strategiya ~ biznesning har bir turi uchun belgilangan strategiya.
Funksional strategiya ~ marketing ishlab chiqarishni tashkil etish, moliya, investitsiya va kadrlar borasida ma’lum strate­giyalar.
Funksional strategiyalar tashkilotning moliya, marketing, ishlab chiqarish, inson resurslarini boshqarish, ilmiy tadqiqot ishlari kabi funksional doiralarda faoliyatlar yo‘nalishini aniqlaydi. Ulaming vazifasi — maksimal samarali ravishda korporativ va biznes darajasidagi belgilangan vazifalarni hal etishni ta’miniashdir. Ulaming korporativ va biznes strategiyalardan asosiy farqi — uning korxona ichi yo‘nalishidir. Marketing strategiyasi, korxona
ichi menejmenti strategiyasi, moliyaviy strategiya, tashkiliy strategiya, ishlab chiqarish strategiyasi va boshqalar - bulaming barchasi korxonaning o‘ziga nisbatan markazga intilish faoliyatiga ega. 1.1 -jadval korporativ, biznes va funksional strategiyalarning strategik fokus, strategik muhit, strategik resurslari va tanlov tanqidlari jihatlaridan asosiy xarakteristikasi farqini aks ettiradi.
1.1-jadval

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə