Biznes strategiyasi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə4/8
tarix15.08.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#120589
1   2   3   4   5   6   7   8
Strateg. Strategik qaror qabul qiluvchi shaxslar butun korxo- nani barbod qilish yoki omadga erishishni ta’minlovchilardir. Strateglar turli boshqaruv lavozimlarini egallashi mumkin: ijrochi direktor, prezident, bosh direktor, boshqaruv raisi, kantsler, dekan yoki oddiy tadbirkor.
Boshqa barcha insonlardan strateglar o‘z ishtiyoqlari, ustun- liklartizimi, etik me’yorlari, daromadliligi, shuningdek, boshqaruv uslubi jihatlari bilan farqlanadi. Masalan, shaxsiy kompyuter ixtirochilari va «APPLE» kompaniyasi asoschilari Stiv Djobs va Stiven Voznyaklarning shiori quyidagicha bo'lgan: «Yangisini yasash, ikkilanishga chek qo‘yish, isteblishmentga e’tibor bermaslikUlarni liayotga munosabatlari konformizm edi. Balki shuning uchun ham uzoq vaqt ularga omad kulib boqqan. Odatda (balki har doirn) strategik holatdagi bir kishini boshqasiga almashtirish bilan, tashkilotning butun strategik vo‘naIishi jiddiy ravishda o‘zgarib ketadi.
Masalan, Devid Uikins «Lotus» korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi KoUn Chapmenni o‘zgartiiganda, shunday degan edi: *Lotusmi hech kim hech qachon ilgari foyda olish maqsadida
boshqarmagan, Kolin Chapmen uchun avtomobillarning tez yurishini ta’minlash qiziq boHgan».
Missiya. Missiya bu zamonaviy strategik boshqaruv nazariya- sining asosiy tushunchalaridan biri. Missiyaga turli mualliflar turlicha ta’rif berishadi. Ba’zilar tashkilot missiyasini gipermaqsad yoki «maqsadning shunday shakliki, ma’lum biznesni boshqa unga o‘xshash korxonalardan farqini osongina ko‘rsatadi. Boshqalaming fikriga ko‘ra korxona missiyasi uning barcha ishlab chiqarish tizimi tamoyillari ta’rifiga ko‘ra aniqlanadi».
Bizning fikrimizcha, tashkilot missiyasi analitik tahlil qilinavot- ganda, uni biznesning qaysi sahnasida o'ynavotgan roliga ko'ra qabul qilinadi. Bunda biznes sahnasi tarmoqlar parametri, bozor va biznes makrormihiti bilan aniqlanadi. Rol ishdagi omadga erishishning alohida belgilari va uning ichki salohiyatiga ko‘ra aniqlanadi.
Qurilish kompaniyasining missiyasi va strategiyasi nimadan iborat?
Qurilish kompaniyasining missiyasi inshoat va binolami qu­rilish, ulami ta’miriashni zamonaviy qurilish materiallar va tex- nologiyalar asosida olib borishdan iborat. Qurilish kompaniyasining strategiyasi buyurtmachilarga o‘z vaqtida optimal narxlarda sifatli xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Missiya - tashkilot faoliyati asosiy yo‘nalishini aniq va lo‘nda qilib tariflanishidir.
Tashkilot salohiyati resurslar va ulami to‘ldiruvchi vositalar bilan o‘z aloqalari, o‘rni va butun tashkiliy tizimdan iborat. Kom- paniya salohiyatini o‘z-o‘zidan kompaniyaning raqobatli ustun- liklari shakllantiradi va aynan shuning uchun kompaniya doimiy rivojlanishda bo‘ladi.
Kompaniya salohiyati kompaniyaning strategik resursi bo‘lib, uning noqulay makromuhitda turg‘unlikni ta’minlaydi, tashqi omillar salbiy ta’sirini neytralligini ta’minlaydi.
Kompaniyaning maqsad moslashuvi kompaniyaning o‘z missiyasiga erishish uchun amalga oshuvchi uzoq muddatli natija hisoblanadi. Bu moslashuvlar tashkilot istiqboli uchun muhim, chunki bu moslashuvlar uning rivojlanish yo‘nalishi mo‘ljali.
yutuqlami baholashga asos, sinergetik samara asosi, kompaniya ishchilarini rag‘batlantirishng ilk nuqtasi hisoblanadi.
Maqsadlar bu kompaniyaning yaqin davrlarda erishmoqchi bolgan yutuqlari natijalaridan iborat. Maqsadlar tashkilot oldiga, uning tashkiliy tuzilmalariga, shuningdek, aniq ijrochilar oldiga qo‘yilishi mumkin. Maqsadlar maqsad moslashuvidan farqli ravishda o‘zining aniqligi, o‘lchamliligi, erishuvchanligi, missiya bilan mosligi, shuningdek, unga erishish uchun vaqtincha chegaradan iborat. Maqsadlaming bu farqli jihati SMART xarak- teristikasi hisoblanadi. SMART quyidagi so‘zlaming bosh harf- laridan iborat:
Specific — maqsadlar shu qadar aniq va ravshan bolishi lozimki, ulami noto‘g‘ri yoki turlicha tushunishga o‘rin qolmasligi lozim.
Measurable — barcha narsalaming miqdorini izhor eta olishi, xatto birinchi navbatda maqsadga erishilganda, natija qanday bo'lishini nazarda tutib, subyektiv kutish.
Achievable — ham rahbar, ham unga tobe kishilar maqsadga erishish mumkinligiga ishonchlarining mayjudligi.
Related— strategiya, tashkilotning xo‘jalikmaqsadlari ijrochilar manfaati o'zaro aloqasi.
Time-bound — erishish muddatlari bo‘yicha vaqt shkalasida aniqlanadi.
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə