Biznesga kirish


 Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar



Yüklə 215,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix30.12.2023
ölçüsü215,45 Kb.
#165140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bizni axloqiy va masuliyat jihatdan boshqarish

1.3 Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbiri

Ma’lumiki Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar 
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirilar to‘g‘risida”gi qarori 
2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-
dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda 
joriy yilning 19-yanvar kuni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan 


10 
takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini 
kuchaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan 
vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” 
targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar, qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan 
hamkorlikda ishlashga chorlaydi. Davlatimiz rahbarining “Jamiyat hayotining 
tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi ma’naviyatdir”, degan so‘zlari 
mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy da’vatlariga mohiyatan uyg‘un 
bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga azm-u shijoat bilan kirishgan 
xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim, ma’naviyat naqadar tengsiz 
qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi. Demak, yuksak ma’naviyat 
bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot vujudiga jon, ruh kiradi, unga 
tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi. 
Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, 
tinchlik, bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni 
yuksaltiruvchi ne’mat bo‘lib kelgan. Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni 
yuksak fazilatlar, kamolotga yo‘llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, 
xudbinlik, g‘aflat asiriga aylanmay hamisha yaxshilik yo‘lida bedor bo‘lishga, bu 
olamni obod qilishga, go‘zallikka burkashga chorlagan. Endilikda, “Ma’naviy-
ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan asrash, 
tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu 
yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot 
vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash 
borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi. 
Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini 
yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda 
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi 
ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-


11 
axloqiy kompetentligini rivojlantirishni talab etadi. Bu borada nafaqat 
respublikamiz, balki jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-axloqiy 
kompetentligini rivojlantirish metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash 
mexanizmi, yoshlarning axloqiy sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik 
tizimi, o‘qitish modellari texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan 
interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan. Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining “XXI asrning Oliy ta’limi” Butunjahon deklaratsiyasi, 
UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy hujjatlarida 
dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli ta’limni 
tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-yoshlarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida 
e’tibor berilgan. 
Jahon oliy ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish, ma’naviy-axloqiy 
kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini tarbiyalash 
metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda. AQSH, 
Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda 
talaba-yoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-
axloqiy tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini 
takomillashtirishda modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat 
darslari, vebinarlar tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko‘pgina olimlar 
tomonidan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda 
ushbu tadqiqotlar natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari 
tavsiya etilgan. Bu tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviy-
axloqiy tarbiya jarayonining ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, 
boshqalari ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini 
boyitishga va turli o‘quv kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, 
ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq 
etilgan. 
Binobarin, professor O.Musurmonova tomonidan ishlab chiqilgan xulosalar 
ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lsa-da, ularni amalga oishirish metodlariga oid 


12 
tavsiyalarida izchillikka e’tibor qaratish lozim. Talaba-yoshlar ma’naviy 
madaniyatini shakllantirishga doir shakl va metodlar (konferensiya darslari; 
seminar dars; munozara darsi; amaliy dars; o‘yin darsi; sayohat darslari; rolli 
darslar; tarbiyaviy tadbirlar; ekskursiya; davra suhbatlari; kichik guruhlarda 
ishlash; ma’naviy madaniyatni shakllantirish metodlari: muammoli-munozarali 
vaziyat; qiyosiy-izohli tahlil; badiiy-ma’rifiy asarlar ustida ishlash; ijodiy ish; 
tushunchali tahlil; mantiqiy tahlil; timsollar tahlili; ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni 
sharhlab o‘rganish; mustaqil ish va h.k.) [10] tizimi ma’naviy-axloqiy tarbiya 
metodikasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. 
Shunisi e’tiborliki, ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishlarini ta’lim bosqichlari 
bo‘yicha tasniflash mustaqillik davridagi pedagogik tadqiqotlarning yetakchi 
xususiyatidir. Jumladan, Sh.Sh.Olimov tomonidan kasb-hunar kollejlari 
o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, shakl va metodlarini 
nazariy jihatdan takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga oid metodik 
tavsiyalar ishlab chiqilgan yangi tadqiqotda [11] muallifning kasb-hunar kollejlari 
o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda imkoniyati yuqori bo‘lgan fanlarga 
e’tibor qaratish, har bir fan mazmuni va malaka talablari asosida tarbiya usullarini 
tanlash, dars mashg‘ulotlarida noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, 
darsdan tashqari ishlar jarayonida tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish yuzasidan 
bildirilgan fikr-mulohazalari ilmiy-metodik jihatdan ilm-fanning so‘nggi yutuqlari 
asosida yoritilganligi bilan ajralib turadi. 
Z.Ismailovaning ma’naviy-ma’rifiy ishlarda talaba-yoshlar shaxsini axloqiy 
tarbiyalash masalasiga doir ilmiy ishida [9] Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq 
farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo 
bag‘rikenglik kabi asosiy g‘oyalar talaba shaxsini axloqiy shakllantirish mezoni 
sifatida belgilangan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy xususiyatlari 
bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalari muqaddasligi, ota-ona, mahalla-ko‘y, 
umuman, jamiyatga yuksak hurmat-e’tibor, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona 
tiliga muhabbat, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik kabilar talaba-yoshlar 
shaxsini axloqiy shakllantirishning asosiy omillari ekanligi e’tirof etilgan.


13 
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonida talaba-yoshlar shaxsini axloqiy shakllantirish 
modeli ishlab chiqilganligini mazkur dissertatsiyaning muhim jihatlaridan biri 
deyish mumkin. 
Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu 
o‘rinda, yurt kelajagi va istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, 
tayyorgarligiga, fidoyiligiga, o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga 
bog‘liqligini qayd etish mumkin. O‘qituvchi kasbiy axloq va odob normalarini 
mukammal egallasagina, o‘z kasbining fidoyisi bo‘la oladi. Bugungi kunda ana 
shunday fidoyilik har qachongidan ham muhim ekanligi ushbu sohada olib 
borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining dolzarbligini yanada oshiradi. 
Yoshlarda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish alohida obyekt sifatida 
o‘rganilgan N.M.Ochilovaning dissertatsiya ishida muammoning nazariy asoslari 
va xususiyatlari tahlil qilingan hamda bu borada qo‘llanilgan samarali 
yondashuvlar taqdim etilgan. Tadqiqotda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish 
modeli ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, ishda talabalar axloqiy tarbiyasining 
joriy holati, pedagogik faoliyat uchun zarur axloqiy fazilatlarning namoyon 
bo‘lishi masalalari o‘rganilgan bo‘lib, “O‘qituvchi odobi” nomli maxsus kurs 
tashkil etib, unda “Jamiyatning o‘qituvchi shaxsiga munosabati”, “O‘qituvchi 
shaxsining jamiyatga munosabati”, “Vatanga munosabat”, “O‘z-o‘ziga 
munosabat”, “Mehnatga munosabat”, “Insonlarga munosabat” mavzulari doirasida 
pedagog odobi xususiyatlari, munosabatlarda kasb odobi fazilatlarining aks etishi 
va uning o‘ziga xosligi mavzusida ma’ruzalar tashkil etish g‘oyasi ilgari surilgan. 
Bu borada Z.K.Ismailovaning “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va 
tamoyillar” asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy eksperimental metodik 
asoslariga doir ilmiy-tadqiqot ishi alohida o‘rin tutadi. Muallif tomonidan 
barkamol shaxsni tarbiyalash metodlarining xususiy axloqni tarbiyalash metodlari; 
jamoatchilik orqali xulq-atvorni shakllantirish metodlari; ijtimoiy ong va axloqni 
shakllantirish metodlari; o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalash metodlari; 
rag‘batlantirish metodlariga bo‘linishi tarbiya metodikasining tub mohiyatini 
tashkil etish orqali talabalarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish 


14 
maqsadga muvofiq ekanligini alohida qayd qilish mumkin. Tahlillar asosida 
yoshlarning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligi asosida ma’naviy-axloqiy 
kompetentligini rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy bilimlar, ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ma’naviy faoliyat kabi komponentlarni o‘z 
ichiga olishi aniqlandi

Yüklə 215,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə