Biznesga kirish


Inson hayotida axloqiy me’yorlar



Yüklə 215,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix30.12.2023
ölçüsü215,45 Kb.
#165140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bizni axloqiy va masuliyat jihatdan boshqarish

2.3Inson hayotida axloqiy me’yorlar
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga 
nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda 
ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular 
axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik
rostgo‘ylik, xushmomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, 
diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy 
mazmunida-qaysi taom harom-u, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik 
lozim. U allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Halollik, 


25 
rostgo‘ylik vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga 
munosabatidek sof bo‘lishini talab etuvchi ma’yorlardir. 
Avvalo, nikoh xaqida to‘xtalib o‘taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida 
eng muhimlari – nikohga kiruvchilarning o‘zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga 
yetganliklari. Bizda yigitlar uchun – 18, qizlar uchun – 17 nikoh yoshlari qilib 
belgilangan. Bu – masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi – axloqiy tomoni ham 
borki, u sevgi bilan bog‘liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh ochiq sevgi 
muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan bir-birini 
yoqtirishi hollari bo‘lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik o‘zgarmas shart 
hisoblanadi.
Ba’zan, qadimda Sharq xalqlarida, shu jumladan o‘zbeklarda qizning yoki 
yigitning roziligisiz to‘y qilib yubora berishgan, ota-onalar kelishsa – bas, degan 
fikrlarni uchratadi kishi. Ayniqsa, bunday gaplar sho‘rolar davrida tinimsiz 
takrorlanar edi. Vaholanki, bunday hol kam bo‘lgan, uni musulmonchilik inkor etadi. 
Rivoyat qilishlaricha, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom uylariga sovchi 
kelganida, qizlari Fotimadan doimo rozilik so‘raganlar va rad javobi olganlar. Faqat 
Hazrat Ali sovchi qo‘yganlarida, Bibi Fotima rozilik berganlar. Demak, 
farzandninng roziligini olish bizga payg‘ambarimizdan qolgan sunnat.
Hozirgi kunda ham ko‘pgina yoshlarimiz sovchi orqali turmush quradilar. Odatda 
sovchi kelib ketgach, yigit bilan qiz uchrashtiriladi, ikkalasi bir-birini ma’qul 
ko‘rsagina, fotiha qilinib, to‘y taraddudi ko‘riladi. Juda ko‘p hollarda bunday yoshlar 
o‘rtasida keyinchalik haqiqiy muhabbat shakllanadi. Abdulla Qodiriy «o‘tgan kunlar» 
romanida tasvirlagan Otabek bilan Kumush o‘rtasidagi sevgini buning mumtoz 
namunasi desa bo‘ladi. Ochig‘ini aytish kerakki, muhabbatning ham o‘z darajasi bor: 
Layli bilan Majnunning muhabbati hamma sevishganlarga ham nasib etavermaydi. 
Bunday romantik-sururiy sevgi real hayotda kamdan-kam uchraydi. Buning ustiga, 
oilaviy muhabbat ma’lum ma’noda salobatli, ko‘proq yashirin tarzda namoyon bo‘ladi.


26 
Nikoh o‘z mohiyatiga ko‘ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa 
bo‘ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi 
o‘rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi.
Oilaning asosi bo‘lmish nikoh - ezgu maqsadga yo‘naltirilgan, zimmasiga 
zurriyot qoldirishdek yuksak mas’uliyat yuklangan sevgi, sevishning 
ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Biroq sevgi-muhabbat faqat erkinlikda namoyon bo‘ladi. 
Shu jihatni nazarda tutadigan bo‘lsak, nikohni, ma’lum ma’noda, an’analar, urf-
odatlar va e’tiqodlarga moslashtirilgan sevgining yashash sharti deyish mumkin. 
Boshqacha qilib aytganda, nikoh zaruriyatga aylangan erkinlikdir. 
Muhabbat o‘z ob’ektiga bag‘araz va fidoiylik munosabatini ifodalaydigan 
axloqiy-estetik hissiyotdir. Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli 
barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o‘z «hissa»siga ega. Na ezgulikni, na 
yaxshilikni, na vataparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib 
bo‘lmaydi. o‘tgan ma’ruzalarning ba’zilarida biz bu tushunchaning mohiyati, turlari 
haqidagi Ilohiy Og‘ustin, Imom G‘azzoliy, Erix Fromm singari mutafakkirlar 
fikrlarini keltirgan edik. Qo‘shimcha qilib shuni aytish mumkinki, u – insonni tashqi 
va tarnssendental olam bilan bog‘lovchi, uni yolg‘izlikdan olib chiqadigan buyuk 
kuch. Muhabbatning ob’ekti doimo go‘zallik, manfaatsiz go‘zallik. U – Ollohmi, 
Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan-da go‘zalroq narsa yo‘q. Ayni paytda bir 
ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevmasligi mumkin emas. Deylik, 
yorga bo‘lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, 
aksincha, barqaror qiladi. Zero «o‘z-o‘zicha», yakka, «xudbin» muhabbatning 
bo‘lishi mumkin emas. Inson o‘zi o‘zgaga aylanganida, o‘zgani o‘ziga aylantira 
olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana shu ob’ekt bilan sub’ekt 
orasidagi farqning yo‘qolishi eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono 
Fuzuliy nihoyatda go‘zal qilib, bir baytda shunday ifodalaydi:
Ishqdir ul, nasha’i komilkim, andandir mudom.
Mayda tashviri harorat, nayda ta’siri sado.


27 
Komil nash’a, komil lazzatga faqat komil insongina erisha oladi. Demak, 
muhabbat inson axloqiy xayotining cho‘qqisi, komillik belgisidir. Shu bois haqiqiy 
muhabbat egalari yoshlar tomonidan doimo axloqiy ideal tarzida qabul qilinadi: 
Farhod va Shirin, Romeo va Juletta, Otabek va h.
Shuni ta’kidlash lozimki, muhabbat – oliy tuyg‘u, shu ma’noda u oliy 
tushuncha. Lekin uni tuban, quyi narsa – hodisalarga nisbatan ham qo‘llash hollari 
uchrab turadi. Chunonchi, Fromm singari g‘arblik mutafakkirlar, ba’zi rus 
faylasuflari muhabbat tushunchasini o‘likka (nekrofil), mol-dunyoga, pulga nisbatan 
qo‘llaydilar. Ularga nisbatan «o‘chlik», «ruju», «hirs» singari tushunchalarni 
qo‘llash ma’qul emasmikan?
Muhabbat ham, axloqshunoslikdagi ko‘pgina tushunchalardek, «juftlik» 
xususiyatiga ega, uning ziddi – nafrat. Nafrat tushunchasi, albatta, muhabbat singari 
keng qamrovli emas. U aksil muhabbat tarzida namoyon bo‘lgan ob’ektdan 
chetlashish, undan begonalashishni taqozo etadi. Hazar, jirkanch hissi nafratning 
kundalik turmushidagi tor, «mayda» ko‘rinishidir. Nafratning ularga nisbtan 
«yirikligi» uning ijtimoiy hodisa sifatida namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda, bu 
tushuncha g‘azabdan keskin farq qiladi. U, g‘azabga o‘xshab, o‘z ob’ektini 
yo‘qotishga intilmaydi, undan faqat yuz buradi. Ko‘rinishdan, nafrat kishida 
yoqimsiz taassurot uyg‘otsa-da, aslida u asosan illat emas, axloqiy fazilat sifatida 
insonning vijdonliligidan, botiniy jasoratidan dalolatdir.
Nafratdan tashqari yana rashk tushunchasi borki, u –ijtimoiy hodisa emas, faqat 
jinsiy muhabbat bilan yonma-yon keladi. Ma’lumki, muhabbat egasi o‘z sevgisini va 
sevgilisini qizg‘anib, asrab qolishga harakat qiladi. Ana shu qizg‘anish hissa 
me’yoridan oshib ketganda rashkka aylanadi. Rashk esa, uni qanchalik ta’rif-tavsif 
qilmaylik – me’yorning buzilishi, illat. 
Oilaning yana bir jihati – uning o‘z mulkiga egaligi. Agar nikoh oilaning 
botiniy ko‘rinishi bo‘lsa, oilaviy mulkni uning tashqi ko‘rinishi deyish mumkin. 
Oilaning mavjud bo‘lishi uchun ishlab topiladigan mablag‘ ham zarur. Oila uchun 


28 
topiladigan ana shu mablag‘, shubhasiz axloqiy tabiatga ega: oila boshlig‘i oila 
a’zolarini halol yedirib-ichirishi, kiydirishi lozim. Oilani erkak kishi boshqaradi. U 
nafaqat «topib keladi», balki oilaviy mulkka xo‘jayinchilik qilish, uni taqsimlash 
huquqiga ham ega.
Oilada bolaning ahamiyati nihoyatda katta. Ota bolada o‘z jufti halolini, ona 
esa sevimli erini ko‘radi: bolada er xotinning muhabbati predmetlashadi, jonlanadi. 
Bola – oilani tutib turuvchi jonli muhabbat. Bolalar oilada umumiy oilaviy mulk 
hisobiga yeb-ichadilar, tarbiya oladilar.
Oilada bolalar intizomli bo‘lib o‘smoqlari, ota-onaga bo‘ysinishlari lozim. 
Lekin bu intizom qullikka o‘rgatish emas, balki bolalariga xos erka-tantiqlik, 
o‘zboshimchalik singari salbiy xususiyatlarni yo‘qotishiga xizmat qilishi kerak. Ota-
onaga bo‘ysunishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yish bolaning kelajakda qo‘pol badxulq 
nokamtarin bo‘lib yetishuviga olib keladi. Shu bois oila ilk axloqiy tarbiya o‘chog‘i 
sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Oila buzilishi ham mumkin. Buning turli sabablari bor. Biri – oilani axloqiy 
nuqtai nazardan buzilishi. Bunda bolalar balog‘atga yetgach, erkin shaxs sifatida 
yangi oilaga asos bo‘lishlari – o‘g‘il bolalarning uylantirilishi, qizlarning erga 
berilishi nazarda tutiladi.Uylantirilgan farzandlarga ham, erga berilgan qizlarga ham 
yangi oila qurish va uni moddiy jihatdan dastlabki paytlarda muhtojlikdan saqlab 
turish uchun yetarli bo‘lgan uy-ro‘zg‘or ashyolari ajratiladi. Shuningdek, oilaning 
tabiiy buzilishi ham mavjud. Unda ota-onaning, yoki otaning vafoti tufayli oila 
mulkining meros bo‘lib bir yoki bir necha farzandga o‘tishi munosabati bilan oila 
buzilishi mumkin.
Bundan tashqari, nikoh bekor qilinishi munosabati bilan oila buziladi. Aslida 
nikoh ham diniy, ham dunyoviy nuqtai nazardan buzilmasligi kerak. Lekin o‘rtada 
xiyonat sodir bo‘lishi yoki yana boshqa bir xil sabablar tufayli nikohni faqat axloqiy 
obro‘ga ega, qonun bilan tan olingan idoralar, masalan sud, va vakolatli ruhoniy 
bekor qilishi mumkin, zero u, aytganimizdek, axloqiy hodisa. Har bir jamiyat mana 


29 
shu so‘nggi turdagi oila buzilishiga qarshi kurashadi. Bunday oila buzilishi qancha 
kamaysa, u o‘sha jamiyat axloqiy takomillashib borayotganini anglatadi.
Oilaviy muhit. Oilaning mustahkamligi oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga 
bog‘liq. Xalqimizda bejiz “Sog‘lom turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” 
deb aytilmagan. Sog‘lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning 
bir – biriga bo‘lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, 
halollik, rostgo‘ylik, shirinso‘zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan xolda urf – 
odatlarga asoslangan, zamonaviy oilani tushunamiz.
Oila tashvishi ko‘proq ayol zimmasiga tushadi.Xalqimizda bejiz «Insonlar 
hamma vaqt ayollar istagani kabi bo‘ladilar, agarda buyuk va fazilatli odamlarga 
ehtiyojingiz bo‘lsa, ayollarga buyuklik va fazilat o‘rgating». – deb aytishmagan. 
Darxaqiqat, oilada farzandlar onadan ko‘proq tarbiya oladilar. Onada bo‘lgan 
axloqiy fazilatlar: kamtarlik, andisha, hayo - ibo, tartib-intizom, sabr-qanoat kabilar 
farzandlariga ham o‘tadi. Bu esa sharq xotin-qizlariga xos yuksak axloq fazilatlarida 
ko‘rinadi. Jumladan, Sa’di Sheroziy ham: 
deya ayollarimizni ko‘kka ko‘targanlar. Ayolning ma’naviy yuksalishiga shaxsiy 
hayotining ta’siri kattadir. Oilada ayolning rangi-ro‘yiga qarab, erining kimligini
erining yurish-turishiga qarab uning xotini haqida batafsil fikr aytish mumkin. Ayol 
go‘zalligi deganimizda dastavval undagi tashqi qiyofasining go‘zalligi ko‘z 
oldimizga keladi. Husn ham ayol kishining boyligidir. Lekin axloqiy ma’naviyat 
bilan bezalgan husn sohibasigina haqiqiy go‘zaldir... Xalqimizda: «Go‘zallik ila 
madx etiluvchi xotin go‘zal emas, balki tarbiyali xotin go‘zaldir» deyiladi. 
Ma’naviyatsiz moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham erishib 
bo‘lmaydi. Ma’naviy qashshoqlik milliy tanazzulga olib boradi. Xarom ayoldan 
halol farzand dunyoga kelmaydi. Umuman, nopok ayolni ona deya sharaflab 
bo‘lmaydi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, “Onasini ko‘rib, qizini ol”degan 
maqollar bekorga aytilmagan. 


30 
Oilaning mustahkamligi va totuvligi ko‘p jihatdan ayollarga bog‘liq dedik. 
Ammo bu fikr, oilada erkaklarning mas’uliyati kam ekan, degan hulosaga olib 
kelmasligi kerak. J.Mazdani aytganidek «Erkak va ayol – bamisoli ikki mayin 
tovushki, inson qalbidagi torlar ularsiz haqiqiy va to‘laqonli ohang berolmaydi.» 
Darhaqiqat, erkaksiz oila bu baxtikemtik, yarimta oila demak, “erkak-oilaning 
ustuni» deb bekorga aytilmagan.Oilada azaldan erkaklar ro‘zg‘orning eng og‘ir 
yumushlarini o‘z zimmalariga olib kelganlar. Ota – bobolarimiz ham oila tinchligi 
avvalo erkakka bog‘liq, deb bilganlar. 
Xalqimiz o‘zining ko‘p ming yillik tarixi jarayonida oila hususida milliy–
mafkuraviy tarbiyani shakllantirgan. Oilada otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri 
orqali turmush zaxmatlarini yengishda, farzandlarini tarbiyali bo‘lishida mustahkam 
tayanch bo‘la olishgan. Oilada erkak kishining keyingi vazifasi xotin va oila 
a’zolarining huquqlarini himoya qilish, ularning nomuslarini saqlashdir.
Ta’bir joizki oila baxti, farzandlarning tarbiyali yetuk inson bo‘lib yetishida 
ota–onaning sa’y harakati, tarbiya mahoratiga bog‘liq. Istiqlol ota–onalar zimmasiga 
buyuk kelajak quruvchilarini tarbiyalash, zaminimiz uchun fidoyi farzandlarni 
yetishtirish mas’uliyatini yuklaydi. 
Davlat va fuqarolik jamiyatidagi axloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari 
axloqiy madaniyati belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy 
tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo‘lgan 
munosabatlarida foydalanishi, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari 
jihatlarni o‘z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi 
hisoblanadi. Zero axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator 
unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro 
munosabatlarida namoyon bo‘ladi. 


31 

Yüklə 215,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə