Biznesga kirish



Yüklə 215,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix30.12.2023
ölçüsü215,45 Kb.
#165140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bizni axloqiy va masuliyat jihatdan boshqarish

XULOSA. 
Men ushbu kurs ishi yozish mobiynnida ko’plab malumot va o’zimga 
hulosalarni oldim Massalan; 
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri-muomala odobi. U 
mohiyatan o‘zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir-biri bilan 
hamkorlik qilmasdan, o‘zaro tajriba almashmasdan, bir-biriga ta’sir ko‘rsatmasdan 
rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog‘lom 
kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Muomala odobi boshqa kishilar 
qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo‘yishni, an’anaviy axloqiy me’yoriy talablarni 
bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon 
etishi, ko‘zga ko‘rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun 
va eng ifodali namoyon bo‘lishi so‘z, nutq vositasida ro‘y beradi. So‘zlash va tinglay 
bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu 
bois muomala odobi o‘zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, 
xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi. 
Muomala odobining yana bir «ko‘zgusi», bu - insoniy qarash, nigoh, so‘zsiz - 
noverbal harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo‘l 
harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so‘zga aylanmagan 
hissiyoti, talablari o‘z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha 
eshitmay, qo‘l siltab ketish - muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan 
qarab qo‘yishning o‘zi so‘zdan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi. Deylik, bir quruvchi 
usta o‘z shogirdining xatti-harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, 
jilmayib qo‘yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o‘qrayib qarash bilan 
munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va xatti-harakati bilan: «Obbo 
shovvoz-ey, sal shoshilibsan-da, ha, mayli, zarari yo‘q, shunaqasi ham bo‘ladi», 
degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan: «Yana ishni rasvo qilibsan-
ku, padarla’nat, qachon odam bo‘lasan?!», degan so‘zlarni uqish mumkin. 
Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo‘lsa, ikkinchisi uning 
aksi - shogirdining emas, o‘zining odobsizligini ko‘rsatmoqda. 


32 
Axloqiy madaniyat yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabatlar ko‘rinishidan 
biri, bu – etiket. U ko‘proq insonning tashqi madaniyatini, o‘zaro munosabatlardagi 
o‘zni tutish qonun-qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida 
inson o‘z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala 
qilish imkoniga ega bo‘lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir xil qoidalashtirib 
qo‘yilgan xatti-harakatni taqozo etadi. 
Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Chunki inson 
voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o‘z kasbi doirasida odamlar bilan 
muntazam munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar 
davrasida ro‘y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli 
toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy 
madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri, uning jamiyat axloqiy hayotidagi o‘rni 
yuksak. Shu bois kasbiy odobga bafurjaroq to‘xtalish joiz.
Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa 
jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko‘pchilik jamiyat 
a’zolarining hayot-mamotlari, sog‘ligi, ma’naviy sog‘lomligi, huquqiy himoyasi, 
ilmiy salohiyatining namoyon bo‘lishi kabi omillar o‘shanday imtiyozli kasb 
egalarining o‘z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va 
vijdon yuzasidan ish ko‘rishlariga bog‘liqligi hammaga ma’lum. Chunonchi, tabobat 
xodimini, jarrohni olaylik. Deylik, u har bir operatsiya kunida bir necha kishini 
hayotga qaytaradi; yuzlab odamlar uning yordamiga muhtoj, unga umid va ishonch 
ilinji bilan qaraydilar. Bordi-yu, shaxsiy manfaat yo‘lida jarroh o‘z bemoriga xiyonat 
qilsa-chi, ya’ni, uni qasddan halok etsa-chi? Kim uni shunday qilmasligini 
kafolatlaydi? Yoki jurnalistni olaylik. U shaxsiy manfaati yo‘lida, kasbining 
kamyobligidan foydalanib, begunoh kishilarni ma’naviy azobga qo‘yishi, atayin 
jamiyat oldida sharmanda qilishi va shuning hisobiga o‘zining ba’zi bir 
muammolarini hal qilib olishi mumkin emasmi? Mumkin. Zero, to haqiqat yuzaga 
chiqquncha, nohaq tanqidga uchragan shaxsning adoi tamom bo‘lishi hech gap emas. 
Xo‘sh, jurnalistning shunday qilmasligini kim kafolatlaydi? Shu bois boshqalarning 


33 
qo‘lidan kelmaydigan ishlarni bajara oladiganlar faoliyatida o‘zboshimchalik, 
manfaatparastlik, xudbinlik va kasbni suiste’mol qilish singari illatlarga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun, shuningdek, ular axloqiy darajasini yuksak bosqichda turishini 
ta’minlash maqsadida ko‘p hollarda o‘zaro qoidalar majmui yaratilgan. Bu qoidalar 
majmui, odatda, qasamyod yoki me’yorlar ko‘rinishini olgan. Uni buzish o‘ta 
odobsizlik va axloqsizlik, hatto jamiyatga xiyonat tarzida baholanadi. Bunday 
qasamyodlar juda uzoq tarixga ega. Misol tariqasida hozirgi kunda ham o‘z 
ahamiyatini yo‘qotmagan Qadimgi Yunon hakimi Gippokrat (milodgacha V-IV asrlar) 
tomonidan qisqa va lo‘nda shaklda tuzilgan, tabobat xodimlari kasbiy odobi, qonun-
qodalari jamlangan mashhur «Gippokrat qasami»ni keltirish mumkin. 
Bulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq-tartibot xodimlari odobi, muhandis 
odobi singari birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda axloqiy 
munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Shuni ham aytish kerakki, barcha 
kasbiy odob qonun-qoidalarining ta’sir doirasi, miqyosi bir xil emas. Ba’zi bir 
kasbiy odobning buzilishi oddiy odobsizlik doirasidan chiqib, axloqsizlikka aylanib 
ketadi. Masalan, rahbarlik odobidagi ba’zi nuqtalarga tuxtalaylik. Rahbar quyi 
lavozimdagilarga mensimay, qo‘pol munosabatda bo‘lishi, o‘ziga ishonib 
topshirilgan hudud yoki tashkilotdagi oddiy odamlar arz-dodiga, orzu-istaklariga 
to‘ralarcha sovuqqon qarashi odobsizlikka kirsa, uning shaxsiy boylik orttirishi 
yo‘lida korrupsiya vositasida mamlakat, viloyat yoki tashkilot manfaatlarini qurbon 
qilishi axloqsizlik, na faqat rahbarlik kasbiga balki Vatanga ham xiyonat tarzida 
baholanishi mumkin. Ba’zan kasbiy odobni kasbiy axloq deb atalishi ham shundan. 


34 

Yüklə 215,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə