Biznesmoliyasi qarz majburiyati va obligatsiyalar


Mazkur obligatsiya egasi kreditorlar navbatining qaysi qismida turishi, agar qarz oluvchi kompaniya tugatilsa, qarz majburiyati ta‘minlanganmi yoki yo’qligiga bog’liq bo’ladi



Yüklə 19,77 Kb.
səhifə3/8
tarix22.03.2024
ölçüsü19,77 Kb.
#182288
1   2   3   4   5   6   7   8

Mazkur obligatsiya egasi kreditorlar navbatining qaysi qismida turishi, agar qarz oluvchi kompaniya tugatilsa, qarz majburiyati ta‘minlanganmi yoki yo’qligiga bog’liq bo’ladi.

Mazkur obligatsiya egasi kreditorlar navbatining qaysi qismida turishi, agar qarz oluvchi kompaniya tugatilsa, qarz majburiyati ta‘minlanganmi yoki yo’qligiga bog’liq bo’ladi.

Individual obligatsiya egasi uchun o’z qimmatli qog’ozlarining holatini doimiy nazorat qilishdan odatda ma‘no bo’lmagani uchun, kompaniyalar ko’p hollarda bu maqsadlar uchun ishonchli boshqaruvchi xizmatlariga murojaat qiladilar. Kompaniyalar, emissiyani kreditorlarga jozibadorroq ko’rsatish uchun bunga tayyor turishlari kerak.

Obligatsiyalar reytingi

Obligatsiyalar reytingi

Londondagi fond birjasi kotirovkasidan o’tgan obligatsiyalar reytingi ikki mustaqil baholovchi – Moody‘s va Standard and Poor‘s tomonidan belgilanadi. Ular moliyaviy xizmatlar ko’rsatuvchi ikki firma hisoblanadi. Reyting baholovchilarning qarz majburiyatlari sifati to’g’risidagi fikrini emitent kompaniyaning tijorat va moliyaviy istiqbollari nuqtayi nazaridan aks ettiradi. U majburiyatlarni potensial investor nuqtayi nazaridan baholaydi. Shunday qilib, baholashda asosiy omil kompaniyaning foizlarni to’liq to’lash va shartnomada kelishilgan muddatda obligatsiyalarni qaytarib olish qobiliyati hisoblanadi.

Baholovchilar doimiy ravishda qarz majburiyatlarining reytinglarini kuzatib boradilar va vaziyat o’zgarganda ularni o’zgartiradilar.

Baholovchilar doimiy ravishda qarz majburiyatlarining reytinglarini kuzatib boradilar va vaziyat o’zgarganda ularni o’zgartiradilar.

Yuqori reytingli kompaniyalar uchun kredit olish nisbatan oson va ular bu ishni ancha qulay shartlarda amalga oshirishlari mumkin. Ikkala baholovchi obligatsiyalarni o’nta toifaga bo’ladilar. 1-jadvalda Standard and Poor‘s kompaniyasi tomonidan qo’llaniladigan tasniflash ko’rsatilgan. Standard and Poor‘s BBB va BB kategoriyasidagi qarz 115 majburiyatlari o’rtasidagi farqni kalit sifatida qaraydi. BBB va undan yuqoriroq kategoriyadagi qarz majburiyatlari ―investitsiya sinfiˮga tegishli qimmatli qog’ozlar sifatida qaraladi va ko’p hollarda xavfsiz investitsiyalar hisoblanadi. BB va quyiroq kategoriyaga tegishli majburiyatlar riskli va chayqovchilikka oid deb hisoblanadi. BB va unday quyiroqda joylashgan qarz majburiyatlarini ko’pincha chiqit (tashlandiq) obligatsiyalar (junk bonds) deb atashadi.


Yüklə 19,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə