Biznesmoliyasi qarz majburiyati va obligatsiyalar


Obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishda kompaniyalar tomonidan hisobga olinadigan omillar



Yüklə 19,77 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü19,77 Kb.
#182288
1   2   3   4   5   6   7   8

Obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishda kompaniyalar tomonidan hisobga olinadigan omillar

Obligatsiyalar chiqarish yo’li bilan moliyalashtirishda kompaniyalar tomonidan hisobga olinadigan omillar

Emissiya xajatlari

Emissiya xarajatlari yetarlicha past; 2 mln f. st. lik summaga emissiya qilinganda xarajatlar taxminan jalb qilingan kapitalning 2,5 foizi miqdorida baholangan (Wilson Committee 1980). Li, Lokxed, Ritter va Chjaolar (Lee, Lockhead, Ritter and Zhao 1996) AQSHda obligatsiyalar emissiyasiga ketadigan xarajatlar ja‘mi jalb qilingan kapitalning o’rtacha 2 foiziga teng bo’lishini aniqlashgan.

Xizmat ko’rsatish xarajatlari

Xizmat ko’rsatish xarajatlari

Obligatsiyalar investorlar uchun nisbatan kam riskli qo’yilma hisoblanganligi uchun kutilayotgan daromadlilik aksiyalarga qaraganda ancha past bo’lishi mumkin. Tarixan bu real daromadlar bilan tasdiqlanadi.

Foiz to’lash majburiyati

Shartnoma qonunchiligiga asosan obligatsiya egalari kelishilgan muddatda, agar ixtiyoriy ravishda qilinmagan bo’lsa, majburiy ravishda foizlarni undirish va qo’yilgan kapitalni qaytarib olish huquqiga egalar. Ko’p hollarda obligatsiya egalari, shartnoma shartlariga muvofiq, agar qarz oluvchi kompaniya o’z majburiyatlarini bajarmasa, qo’shimcha choralar (masalan, ularning kreditlari kafolatlangan aktivlarni konfiskatsiya qilish) ko’rishga haqlidirlar.

Obligatsiyalarni qayta sotib olish majburiyati

Obligatsiyalarni qayta sotib olish majburiyati

Qarz qimmatli qog’ozlari qoplanishi yoki qoplanmasligidan qat‘i nazar emitent kompaniya o’z obligatsiyalarini ochiq bozorda qayta sotib olish va ularni qoplash imkoniyatiga ega. Shunday qilib, obligatsiya yetarlicha moslashuvchan vosita hisoblanadi, oddiy va imtiyozli aksiyalar haqida esa bunday deya olmaymiz. Boshqa tomondan, ular belgilangan muddatda qoplanish sharti bilan chiqarilgan bo’lsa, ko’pincha shunday ham bo’ladi, kompaniya mazkur shartni bajarishga majburdir. Bu esa qayta sotib olish kuni kelganda, kompaniyani murakkab moliyaviy vaziyatga solib qo’yishi mumkin.


Yüklə 19,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə