Blackcurse



Yüklə 0,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/82
tarix17.05.2022
ölçüsü0,62 Mb.
#87171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
  
 
 
O’quv qo’llanma Toshkent Moliya instituti qoshidagi Oliy o’quv 
yurtlararo ilmiy-uslubiy Kengash majlisida muhokama qilingan va 
nashrga tavsiya etilgan 
 
 
 
 
 
Taqrizchilar: TAYI «Oliy matematika» kafedrasining  
 mudiri, professor M.U.G’ofurov  
 Fizika-matematika fanlari nomzodi
 dotsent Hamdamov I. 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent Moliya instituti, 2005 


 
3
1-§.Fanga kirish. Dastlabki tushunchalar. Ehtimollik. Ehtimolning turli 
ta’riflari. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining iqtisodiy 
jarayonlarni o’rganishdagi ahamiyati. 
  
 
Ehtimollar nazariyasi fanining dastlabki tushunchalari shakllangan davr XVI-
XVII asrlar bo’lib, Kardano, Gyuygens, Paskal, Ferma va Yakov Bernulli kabi 
olimlarning nomlari bilan bog’liqdir. Ehtimollar nazariyasining paydo bo’lishiga 
qimor o’yinlarining matematik modellarini va nazariyasini yaratish yo’lidagi 
izlanishlar turtki bo’ldi. 
Ehtimollar nazariyasining keyingi yutuqlari Muavr, Laplas, Puasson kabi 
olimlarning nomlari bilan bog’liq. 
Ehtimollar nazariyasining yangi samarali rivoji Chebishev, Markov, 
Lyapunov kabi rus olimlarining ilmiy izlanishlari bilan bog’liq bo’ldi. Fanning 
mustaqil fan bo’lib uyg’unlashishida va keyingi rivojida Bernshteyn, 
Romanovskiy, Kolmogorov, Xinchin, Gnedenko, Smirnov va boshqalarning 
xizmatlari katta bo’ldi. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanining 
rivojida S. X. Sirojiddinov, T. A. Sarimsoqov kabi zabardast o’zbek olimlarining 
ham munosib hissalari bor. Hozirgi kunda bu ikki olimning shogirdlari tomonidan 
O’zbekistonda ham ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani bo’yicha 
ham nazariy, ham amaliy tadqiqotlar davom ettirilmoqda

 Ehtimollar nazariyasining dastlabki tushunchalari – tajriba, hodisa, 
elementar hodisa, ehtimollik, nisbiy chastota kabi tushunchalar bo’lib, ularni bayon 
qilishga o’tamiz.  
 Tajriba hodisani ro’yobga keltiruvchi tayin shartlar to’plami S ning 
bajarilishidan iboratdir. Hodisani esa tajriba natijasi sifatida qaraymiz.  
 Masalan, tajriba tangani muayyan sharoitda tashlashdan iborat bo’lsin. 
Tanga va uni tashlash S shartlar to’plamini tashkil etsa, tajriba natijalari tanganing 
“gerb” yoki “raqam” tomonlari bilan tushishi hodisalaridir.  
Biz kuzatgan hodisalarni uch turga ajratish mumkin: muqarrar, ro’y 
bermaydigan va tasodifiy hodisalar.  


 
4

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə