Blackcurse


Islom dini bilan bog’liq va arab tilidan o`zlashgan atamalar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

Islom dini bilan bog’liq va arab tilidan o`zlashgan atamalar
Ta`kidlash joizki, Islom dini bilan bog’liq yangi atamalar ham paydo bo`ldi. Avvalgi diniy 
atamalar sekin — asta o`z ta`sirini yo`qota bordi. Iqtisodiy hayotda ham yangi soliqlar solinishi 
bilan yangi atamalar paydo bo`ldi. Arablar Movarounnahrning iqtisodiy hayotini o`z qo`llarida 
jilovlab olish uchun sosoniylarning soliq tartibini joriy etdilar. Ularning nomlanishi arab tilidan 
kirib keldi. 


17 
Islom –
dunyoda eng ko`p tarqalgan dinlardan biri bo`lib, unga e’tiqodda bo`lganlarni 
musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo — Allohga e`tiqod qiladi. Islom dini VII asrda 
Arabistonda vujudga kelgan. Muhammad Payg’ambar islom dinining asoschisidir. Islom dini 
bugungi kunda arab davlatlarida, Turkiya, eron, Afg’oniston, Pokiston, Indoneziya, O`zbekiston, 
Ozarbayjon, Qozog’iston, Turkmaniston, Qirg’iziston va boshqa bir qator mamlakatlarda asosiy 
din hisoblandi. 
Qur’on
– Musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Muhammad Payg’ambarning Makka 
va Madinada olib borgan og’zaki diniy targ’ibotlari to`plamidan iborat. Qur`onda islom 
qoidalari, e`tiqod talablari, xuquqiy va ahloqiy normalari o`z ifodasini topgan. Islom an`anasida 
Qur`on Alloh tomonidan Muhammad Payg’ambarga ramazon oyining 27 – kuni kechasi vahiy 
qilinib, ro`za tutilgan. Uning 27 — kuni kechasi «
laylot ul—qadr
», ya`ni qudrat kechasi, 
ilohiyot qudrati namoyon bo`lgan kecha deb ulug’lanadi. Qur`on kitobini «
Qur`oni Karim
», 
«
Qur`oni Masjid
» deb sifatlashadi. 
Movarounnahr – arabcha
so`z bo`lib, lug’aviy ma`nosi daryo ortidagi er, degan ma`noni 
bildiradi. Arablar O`rta Osiyoni bosib olgandan keyin Amudaryodan shimolgacha qarab 
cho`zilgan O`rta Osiyo erlarini Movarounnahr deb atashgan. 
Avliyo
– Islom dinida Allohga yaqin kishi, homiy, «bandalarning homiysi» ma`nolarini
bildiradi. Avliyo xudoning alohida iltifotidan bahra olib, ilohiy qudratga ega bo`lgan, 
odamlarning hayotiga, turmushiga ta`sir ko`rsata oladigan kishi hisoblanadi. Mana shuning 
uchun ham musulmonlar avliyolarning mozorlariga sig’inishib, ulardan madad so`rashadi. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə