Blackcurse


tuman, minglik esa  — xazora



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

 tuman,
minglik esa
 — xazora,
yuzlik —
 xushun,
unlik esa —
 xayl
deb nomlangan. Ularga boshchilik 
qilgan lashkarboshilar esa
 tuman ogasi, mirikazora, qo`shinboshi, aylboshi
deb yuritilgan 
Amir
— Mo`g’ullar istilosidan so`ng Oltin Urda, keyin O`rta Osiyo va eronda mug’ul va 
turk qabilalari birlashmasi — ulus boshlig’ining unvoni ham amir deb atalgan. Sohibqiron 
Temurning unvoni ham amir bo`lib, tarixda Amir Temur deb yuritilgan. XVIII asr oxiridan 
boshlab, Buxoroda mang’it sulolasiga mansub bo`lgan hukmdorlar ham o`zlarini amirlar deb 
yuritishgan. 
Amirlik —
musulmon mamlakatlarida amir tomonidan boshqariladigan mamlakat 
XVIII asrning o`rtalaridan boshlab Buxoro xonligi Buxoro amirligi deb yuritilgan. 
Xon —
turkiy xalqlar va mo`g’ul hukmdorlarining unvoni. Dastlab qabila boshlig’i, 
keyinchalik oliy hukmdorni anglatgan. Saljuqiylar va xorazmshoxlar davrida viloyat yoki shahar 
hokimi, mo`g’ul feodal imperiyasida ulus boshlig’i davlatlarda oliy hukmdor xon, podshoxlik 
qilmagan. CHingiziylarda esa sulton deb yuritilgan Qo`qon, Buxoro (1753 yilgacha) va Xiva 
xonligida hukmdorlar o`zlarini xon deb ataganlar. 
Xonlik —
xon tomonidan boshqariladigan davlat. O`rta Osiyoda XVI asr oxirida ikkita 
xonlik — Buxoro va Xiva xonligi vujudga kelgan. XVIII asrda Qo`qon xonligi vujudga kelgan. 
XVIII asr oxirning oxirgi choragidan Buxoro —amirlik deb yuritilgan. 
Munshi —
O`rta Osiyo xonliklari davrida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi. 
Munshi lavozimiga odatda, ma`lumotli va chiroyli ezadigan kishilargina olingan. Munshilar olim 
va fozil kishilar bo`lganligi uchun oddiy kotiblardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va 
amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu 


25 
munshilar qalamiga mansub. Munshi lavozimida bo`lgan kishilar munshi so`zini taxallus sifatida 
o`z nomlari ketiga qo`shib qo`yganlar. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə