Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar


Qiymat. Blokcheyn tarmoqda qiymatning pirringli P2P



Yüklə 223,76 Kb.
səhifə4/8
tarix10.11.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#132757
1   2   3   4   5   6   7   8
222 (1)

Qiymat. Blokcheyn tarmoqda qiymatning pirringli P2Puzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy ravishda bajaradi, shunday ekan, uning registri doimo dolzarb bo‘ladi. Agar banklar o‘zining biznes-modelini o‘zgartirmagan holda bunday imkoniyatdan avvalboshdan foydalanganlarida edi, yiliga 20 mlrd dollar atrofida operatsion harajatlarni tejab qolgan bo‘lar edilar – bu hisob-kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bo‘lib, real raqamlar bundan ancha yuqori. Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank hizmatlari ko‘rsatish bilan yetarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy hizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bo‘lar edi. Bu nafaqat bozor yetakchilari uchun, balki butun dunyo bo‘ylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham foydali hisoblanar edi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qo‘shilish imkoniga ega boladi.
Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish uchun yetti kun, birja bitimini tartibga solish uchun – ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmog‘i butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab moliyaviy institutlar o‘rtasida kuniga o‘n besh million to‘lovni o‘tkazadi, lekin ularni tartibga solish va kliringga esa bir necha kun sarflaydi.
Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga imkon beradi. Birinchidan, tartibga solish riski – to‘lovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta ham xato ro’y bermasligi riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski– ikkinchi tomon bitimni tartibga solish ro‘y bermagunga qadar defolt e’lon qilmasligi riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yig‘indisi.
Qiymat innovatsiyasi. Bitkoyn blokcheyniboshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas, balkibitkoyinlar uzatish uchun yaratilgan. Biroq buochiq boshlang‘ich kodli vaturli xildagi tajribalarni rag‘batlantiradigan texnologiyadir. Ayrim novatorlar bitkoyin to‘lovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan alohida blokcheynlar, ya’ni altkoynlar yarata boshlashdi. Saydcheynlar – imkoniyatlari va funksiyalari bo‘yicha bitkoyn blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning havfsizligini pasaytirmagan holda bitkoyn kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmog‘idan foydalanadigan blokcheynlardir. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli sxema – aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda savdo platformalari yaratib, umuman bitkoyn va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar ham bor. Moliyaviy institutlaraktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqdalar. Vaqt o‘tishi bilan esaan’anaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirilishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va shu bilan birga savdo mexanizmlari haqidani tasavvurlarimizni ham tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Yüklə 223,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə