Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 223,76 Kb.
səhifə5/8
tarix10.11.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#132757
1   2   3   4   5   6   7   8
222 (1)

Ochiq boshlang‘ich kod. Zamonaviy moliyaviy hizmatlar tarmog‘i – eskirib qolgan tizimlarning ulkan texnologikto‘plami bo‘lib, istalgan payt qulashi mumkin. Uni texnologik jihatdan takomillashtirish qiyin, chunki har bir innovatsiya uchun qaytuvchan bo‘la olishlik talab qilinadi. Blokcheyn esa, ochiq boshlang‘ich kodli tizim bo‘lgani holda, doimiy ravishda o‘zgarishi, rivojlanishi va tarmoq murosasi asosida takomillashishi mumkin.Bu afzalliklar – attestatsiya qilish imkoniyati, ancha past qiymat, bir lahzali tezlik, risklarning pasayishi, katta innovatsiya, moslashuv qobiliyati – istiqbolda nafaqat to‘lovlarni, balki qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni, investitsion bank hizmatlari ko‘rsatishni, buxgalteriya hisobi va auditni, venchurli investitsiyalarni, sug‘urtalashni, tadbirkorlik risklarini boshqarishni, xususiy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va tarmoqning boshqa asoslarini o‘zgartirishi mumkin.Odamlar o‘z ma’lumotlarini o’zlari nazorat qilishlari kerak. Har bir kishi o‘z shaxsiyati haqida nimani, qachon, qaerda va qanchalik batafsil gapirib berish haqida o‘zi qaror qabul qilishga haqlidir. Shaxsiy ma’lumotlarning dahlsizlik huquqini hurmat qilish va shaxsiy ma’lumotllarning havfsizligini himoya qilish – ikkalasi bir xil narsa emas. Bizga unisi ham, bunisi ham kerak. Bir-biriga ishonish zaruratini bartaraf qilib, Satosi Nakomoto shu tariqa o‘zaro aloqa qilish uchun ikkinchi tomon shaxsini yaxshi bilish zaruratini yo‘qqa chiqardi. Xususiy hayot daxlsizligi – insonning asosiy huquqi va erkin jamiyatning negizidir. Internet paydo bo‘lgandan keyingi oxirgi yigirma yil davomida davlat miqyosida ham, xususiy sektorda ham ma’lumotlar markaziy to‘plamlari xususiy shaxslar va tashkilotlar haqida, jumladan, ularga ma’lum qilmagan holda, xilma-xil maxfiy axborotlar to‘plagan. Hamma joyda odamlar korporatsiyalar axborot izlash asnosida butun raqamli dunyoni titib tashlagan holda qandaydir kiberklonlaryaratishidan havfsiraydi.Blokcheynda esa qatnashchilaristagan holda ma’lum darajagacha noma’lumlikni saqlashi mumkin – ular qandaydir qo‘shimcha ma’lumotlar xabar qilish yoki bu axborotlarni ma’lumotlar markaziy to‘plamida saqlashga majbur emaslar. Bu holatning muhimligiga noto‘g‘ri baho berib bo‘lmaydi. Blokcheynda shaxsiy ma’lumotlar ombori yo‘q. Blokcheyn protokollarihar bir muayyan tranzaksiya yoki vaziyat uchun kerakli bo’lgan noma’lumlik darajasini tanlashga imkon beradi. Shu tariqa biz o‘zimizning elektron nusxalarimizni va ularning dunyo bilan o‘zaro aloqalarini yaxshiroq boshqaramiz.
Endi blokcheyn tizimida huquqlarning saqlanishi masalasiga to’xtalib o’tamiz. Blokcheyn texnologiyalariva moliyaviy hizmatlar transformatsiyasi Raqamli iqtisodiyot texnologiyalarini qo’llash oqibatida iqtisodiyotda ro’y berishi mumkin bo’lganeng muhim o‘zgarishlarga duchor bo’ladiganbir qancha asosiy funksiyalarni quyida ko’rib chiqamiz. Ulardan birinchisi –nimanidir aynan shu bo’lishligi va biror narsaning qiymatini tasdiqlash funktsiyasi deyishimiz mumkin. Hozirgi paytda bizishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish va moliyaviy tranzaksiyada ikkinchi tomonning aynan shuligini tasdiqlashda qandayidr vositachilarga tayanamiz. Bu vositachilarbank hisobraqamlari va zayomlar kabi asosiy moliyaviy hizmatlarga ulanishda hakamlar rolini o‘ynaydi. Blokcheyn ma’lum bir tranzaksiyalarga kerakli bo’lgan ishonch zaruratini pasaytiradi va bazida hatto olib tashlaydi ham. Bu texnologiya shuningdek, qatnashchilarga tasdiqlanadigan, to‘liq funksionalliva kriptografikhimoya qilingan elektron profillardan foydalanish va zarur bo‘lgan hollarda ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatishga imkon beradi.

Yüklə 223,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə