Blokcheyn va moliyaviy texnologiyalar



Yüklə 223,76 Kb.
səhifə1/8
tarix10.11.2023
ölçüsü223,76 Kb.
#132757
  1   2   3   4   5   6   7   8
222 (1)




BLOKCHEYN VA MOLIYAVIY TEXNOLOGIYALAR

    1. Blokcheyn texnologiyalari, uning yaratilishi va ishlatilishi


    2. Blokcheynda tarmoq havfsizligini ta’minlash masalalari

    3. Blokcheyn texnologiyalariva moliyaviy xizmatlar transformatsiyasi

    4. Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari

Blokcheyn oxirgi o‘n yillikda paydo bo‘lgani bilan ko‘pchilik uning ma’nosini haligacha yaxshi tushunmaydi va shuning uchun ham uning ishlatilish sohalarini tasavvur ham qila olmaydi. Xuddi shuning uchun ham ushbu o’quv qo’llanmada blokcheynning asosiy tamoillari va uning turli sohalarda ishlatilishi masalalari ko‘rib chiqiladi. Blokcheynni ko‘pincha ko‘p maqsadli loyiha turiga mansub deb ham tushuniladi. Chunki siz kim yoki qaysi sohada ishlayotganingizdan qat’i-nazar, blokcheyndan foydalangan xolda nimadir qilishingiz mumkin. Masalan, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarga blokcheyn qiziqarli va perspektiv bir muhit bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Tadbirkor uchun esa blokcheyn mexanizmi biznes operatsiyalarni va tashqi aloqalarni qayta ko‘rib chiqish va loyihalash uchun juda qulay vosita sifatida hizmat qilishi mumkin. Blokcheyn – bu butun dunyo bo‘ylab ishlayotgan komp’yuterlarda joylashgan katta buxgalteriya kitobi yoki jurnal (grossbux) bo‘lib, unga har bir inson yozuvlar qo‘shishi va uni istalgan vaqtda o’qishi mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa chiqarishimiz mumkin:

  • Uchinchi tomonni jalb etmasdan turib, tranzaksiyalarni avtomatlashtirishga imkon beradi.

  • Blokcheyn ishonch va konsensusga asoslangan tizimdir.

  • Blokcheyn haqiqiylik va notarizatsiyani ta’minlab beruvchi infratuzilmadir.

Blokcheyn tizimi asosida yotuvchi asosiy tamoillarga quyidagilarni misol qilib keltira olamiz:

tamoilida tashkil qilingan taqsimlangan grossbux yoki 2.0 registr
bo’ladi.
Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan:

  • Internet aloqalarni (aloqa o‘rnatishni va munosabatlarni ham) avtomatlashtirishga imkon beradi, blokcheyn esa tranzaksiyalarni avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi.

  • Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch tizimi.

  • Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini tasdiqlash infratuzilmasidir.

Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o‘z ichiga olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko‘rsatishimiz mumkin: 1994 yil, Internet:

  • Shaxslararo muloqot

  • Avtomatik nashr

  • Elektron tijorat

  • Ijtimoiy tarmoqlar 2015 yil, blokcheyn:

  • Markazlashmaganlik

  • Ishonch

  • Qiymatga ega bo‘lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish Shunday qilib, Internet va blokcheyn o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik yo‘q, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud, xolos. Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reestr (bloklar qatori, masalan, bitkoin), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi algoritm va bir rangli P2P (peer-to-peer) tarmoq (ya’ni, ishtirokchilar bir xildagi xuquqqa ega bolgan markazlashmagan kompyuter tarmogi) kerak bo‘ladi. Endi sizning bu tizimga ishtirokchilarni qo‘shishingiz blokcheyn tizimining ishlashi uchun zarur bo‘lgan elementlar hisoblanadai. Misol sifatida bitkoinning blokcheynini olamiz va uning misolida blokcheynning xosil bo‘lishi, uning asosiy prinsiplari va ishlash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Bunda blokcheynning ishlashini to‘rt bosqichga bo‘lgan xolda o‘rganib chiqamiz:

  1. bosqich: Ikki ishtirokchi tranzaksiya shartlarini kelishib oladilar (masalan, pulni uzatish jarayoni, aktivlar, moliyaviy xujjatlar va xokazolar).


Yüklə 223,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə