Bmt haqida umumiy ma’lumot O’zbekiston Respublikasining bmtga a’zo bo’lishi



Yüklə 50,27 Kb.
səhifə3/23
tarix31.12.2021
ölçüsü50,27 Kb.
#82290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
BMT va O

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash

Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash Bosh Assambleyaning umumiy rahbarligi ostida harakat qilib Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tizimidagi muassasalar faoliyatini ijtimoiy va iqtisodiy sohada muvofiqlashtirib turadi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni muhokama etish va shu sohadagi siyosat borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun bosh anjuman hisoblangan Kengash taraqqiyot maqsadlarida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim rol oʻynaydi. Kengash ish faoliyatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Fuqarolar jamiyati oʻrtasidagi oʻsha muhim hayotiy muloqotni qoʻllab-quvvatlagan holda tegishli nohukumat tashkilotlari bilan maslahatlashadi.

Kengash tarkibiga Bosh Assambleya tomonidan uch-yilga saylanadigan 54 nafar aʼzo kiradi. Kengash har-yili — Nyu-York va Jenevada, galma-galdan — oʻzining bir oy muddatga choʻziladigan sessiyasini oʻtkazadi. Sessiya davomida muhim iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni muhokama etish uchun ministrlar darajasida majlis, 1998-yildan esa sessiya doirasida insonparvarlik masalalarini koʻrib chiqish bosqichi oʻtkazilmoqda.

Kengashning ishlari-yil mobaynida oʻz yigʻilishlarini muntazam oʻtkazib turadigan va Kengashga hisobot beradigan yordamchi tashkilotlar tomonidan olib boriladi. Masalan, inson huquqlari komissiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida inson huquqlariga qanday rioya etilayotganligini nazorat qiladi. Boshqa tashkilotlar ijtimoiy taraqqiyot, xotin-qizlarning ahvoli, jinoyatchilikdan ogoh etish, giyohvandlikka qarshi kurash va atrof muhitni muhofaza etish masalalari bilan shugʻullanadilar. Beshta hududiy komissiya iqtisodiy taraqqiyot va oʻz hududlarida iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi.




Yüklə 50,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə