Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


Xudbinlikni ifodalovchi zoonim frazeologik birikmalar



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə20/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

Xudbinlikni ifodalovchi zoonim frazeologik birikmalar:

Ingliz etnik mentaliteti uchun ustun bo’lgan xarakter xususiyatlari ehtiyotkorlik va ogohlik hisoblanadi. Ikkinchi o’rinda hayotiy malaka, uchinchi navbatda – mehnatkashlik turadi. Eng kam ko’rsatkichga ega bo’lgani tavakkalchilikni, sinchkovlik va har narsaga qiziquvchanlikni ifodalovchi zoonim frazeologik birikmalari tashkil qiladi.
Olib borilgan izlanishlar ingliz xarakterining o’ziga xosligini aks ettiradi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, biz faqat hayvonlar bilan bog’liq bo’lgan frazeologik birikmalar – zoonimlarga e’tibor bergan holda tasniflanish olib bordik. Berilgan klassifikatsiya umumiy xarakterga ega. Shuningdek, ba’zi bir frazeologik birikmalar ko’p ma’noga egadir va o’z navbatida ular insonning bir necha xususiyatlarini aks ettirishi mumkin.
Masalan:
One barking dog sets the whole street barking. Yomon qo’y podani buzar.
Frazeologizmiga mos kelsada ba’zan bu ibora o’z ketidan jamoani ergashtira oladigan liderlik qobiliyatiga ega kishilarga nisbatan ham qo’llanishi mumkin.
Berilgan ushbu frazeologizmda jamoaviylikni ifodalovchi va hayotiy tajribaga oid xususiyatlar aks etadi.

  1. All lay loads on a willing horse. Mehnatkashlik va surbetlikni ifodalaydi.

  2. When the fox preaches, take care of your geese

Ehtiyotkorlik, hayotiy tajriba, beg’amchilik kabi xususiyatlarni ifodalaydi.

  1. The wolf may change his coat, but not his disposition.

Yakkalik, o’ziga xoslik va eskilik tarafdori (konservativlik) kabi xususiyatlarni ifodalaydi.

  1. A good dog deserver a good bone frazeologizmi hayotiy tajriba va

tolerantlik kabi xususiyatlarni ifodalaydi.

  1. Do not spura willing horse frazeologizmi esa mehnatkashlik va

surbetlik kabi xususiyatlarni ifodalaydi.
Yuqorida ko’rib o’tilgan uch bosqichili ya’ni umumiy, qiyosiy va tasniflash tahlillaridan so’ng ba’zi zoonimlarning frazeologizmlar tarkibida ko’p ba’zilaring kam qo’llanganligiga quvoh bo’ldik:
Bundan ko‘rinadiki aksariyat frazeologizmlarni o‘z ichiga oluvchi leksemalar it, ot, mushuk va yana maqollarda taqdim etilgan keyingi uy hayvonlar:
Sigir / buqa (144 dan 13, 8.8%)
Cho‘chqalar (144 dan 10, 6.8%)
Qo‘ylar (144 dan, 10, 4.1 %)
Eshshak (144 dan 6, 4.1%)
Hamda yovvoyi hayvonlari
Tulki (144dan 6, 4.1%)
Bo‘ri (144 dan, 7, 4.8%)
Sher (144 dan, 3, 0.7%)
Qoplon (144 dan, 1, 0.7%)
Quyonlar (144 dan, 4, 3.4%) tashkil etishadi.
Hulosa o’rnida shuni aytish joizki, ingliz tilidagi frazeologik birliklarda uch asosiy zoonim ko’proq ishlatiladi. It, ot va mushuk zoonimlarining frazeologik birliklarda asosan ijobiy ma’noda qo’llanganligiga guvoh bo’lamiz. Ingliz tilida zoonim frazeologizmlar bevosita inson faoliyatida, uning emotsional-ruhiy olamini ifodalash uchun, shungdek o'ziga xos emotsional semani ham mujassamlashtirib kelishi mumkin.


Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə