Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə1/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA


MUNDARIJA:
KIRISH ..................................................................................................................

  1. BOB. FRAZEOLOGIZMLARNING ASOSIY MAZMUNI VA UNING

O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.........................................................................
1.1. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot ........................................................... 1.2. Frazeologizmlarning lisoniy strukturasi ............................................................. 1.2.1. Frazeologizmning semantik strukturasi...........................................................
1.2.2. Turli tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar ..........................................
XULOSA .................................................................................................................
SUMMARY ............................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati .......................................................................

KIRISH
Istiqloldan so‘ng tilshunoslikning barcha sohalarida bo‘lgani kabi tarjimashunosligida yangi ilmiy yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi, o‘zbek tarjimachiligini yangi bosqichga ko‘tara oldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Zero bugungi kunda zamonaviy tarjimachilik oldida turgan dolzarb vazifalaridan biri bu o‘zbek adabiyoti namunalarini bevosita xorijiy tillarga tarjima qilishdir. Binobarin, “ilgari o‘zbek adabiyoti namunalarini boshqa tilga tarjima qilish asosan rus tili orqali amalga oshirilar edi. Bu borada qilingan katta ishlarni munosib baholagan holda, endilikda adabiyotimizning eng etuk asarlarini bevosita ona tilimizdan G‘arb va
Sharq tillariga tarjima qilishga qaratilgan ishlarni kuchaytirishimiz zarur” [Каримов 2008, 139]. Shunday ekan, zamonaviy tilshunos va trjimashunos olimlarimiz oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri – turli xorijiy tillardagi yozma va ogzaki adabiyotni uzbek tiliga bevosita tajima qilish. Sifatli tarjimani amalga oshirish uchun lingvistik bilim kamlik qiladi. Shu nuqtai nazardan ingliz xalqining olam milliy manzarasini anglash uchun tarjimonlardan ekstralingvistik bilim talab qiladi. Ekstralingvistik bilimlar majmuasiga muayyan millat kishilarining mentaliteti, ruhiy ma’naviy kamoloti haqida darak beradigan bilimlar kiradi.
Ma’lumki, o’zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi [Каримов 2008, 83]. Chet tilini bilish va tilimizning ma’naviy boyliklarini teran anglashimizning birgina o’zi ona tilidan xorijiy tillarga tarjima qilish uchun etarli emas. Negaki, tarjima tilining madaniyati, geografik sharoiti, kishilarning ongidagi olam haqidagi tasavvur ya’ni olam milliy manzarasini anglash badiiy tarjimada lingvistik bilim bilan teng ahamiyatga egadir.
Til jamiyat tarixidan darak beruvchi buyuk vosita bo'lib, insonning ma'naviy va ma'rifiy shakllanishi va rivojlanishi uchun zarurdir. Til, inson va jamiyat bir – birisiz bo'lmaydi. Til inson tafakkuri, ruhiyati, madaniyati, urf-odati va shaxsiy hususiyatlari bilan bog'liqdir.
Tilning lug'at tarkibiga faqat so'zlar emas, balki turg'un bo'lib qolgan so'z birikmalari ham kiradi. Til birliklari va ayniqsa tilning leksik - frazeologik birliklar xalqning madaniy oynasi hisoblanadi, semantik birliklar esa inson uchun dolzarb bo’lgan narsa-buyumlar, real va ideal ob’ektlar o’rtasidagi aloqa va munosabatlarni aks ettiradi.
Frazеologiya hozirgi zamon tilshunosligining asosiy tarmoqlaridan biri bo'lib, har bir tildagi turg’un birikmalarning ma'nosi va tuzilishini o'rganadi.
Frazеologiya doirasida so'zlarning turg’un birikmalaridan tashqari maqol, matal, aforizmlarni olimlar tomonidan turli tasnif qilishga urinishlar ham mavjud.

Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə