Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə8/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

Bob bo’yicha xulosa:

  1. Frazeologizmning ichki mazmuni shundan iboratki, turli-tuman odamlarning hayot va harakterlarini yoritib beradi.

  2. FBlarning so'zlardan asosiy farqi, ular ob'yektiv reallikni, ma'lum voqea-hodisani nomlash uchun emas, balki unga nisbatan modal munosabatni ifodalash maqsadida yuzaga keladi. Tildagi FBlarning asosiy qismi ma'no jihatdan insonga qaratilgan,ular kishining biror jismoniy, ruhiy, aqliy-intelektual xususiyatini, hatti-harakatini ifodalaydi. Shu sababli, FBlaming ma'no tarkibida ko'pmcha, konnotativ element ishtirok etadi. Bu element FBning denotative ma'nosiga emotsional ekspressiv bo'yoqdorlik yuklaydi.

  3. Frazeologizmlarning tarkibida nechta so'z ishtirok etishiga qaramay, ular yagona umumiy ma'no bilan birlashadi va emotsional-ekspressiv ma'noni ifodalaydi.

  4. Frazeologizmlar, ogzaki va yozma nutqda qo’llaniluvchi muhim ifoda vositalari hisoblanadi. Frazeologizmlar kontekstdagi ma’noni teranroq tushunib olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asarlarda esa, frzeologizmlar asarning badiiy bo’yoqdorligini oshiradi.

  5. Frazeologizm tashkil etuvchisiga ko’ra qo’shma leksema, so’z

birikmasi va gapga o’xshaydi. Biroq ular ko’proq qo’shma leksema kabi til jamiyati ongida tayyor va barqaror holda yashaydi. Boshqacha aytganda, frazeologizm lisonda barcha lisoniy birliklarga xos bo’lgan umumiylik tabiatiga ega va nutqda xususiylik sifatida namoyon bo’ladi
II BOB. BADIIY TARJIMADA ZOONIM FRAZEOLOGIZMLARNI
BERISH MUAMMOSI
2.1.Kommunikativ frazeologik birliklarning tuzilmasi
Hayvonlar sayyoramiz hayotida doim muhim ahamiyatga ega. Ular ibtidoiy odamlarning marosimlarida ilohiylashtirilib qo’llanilgan va ko’pgina lingvistlarning ta’kidlashlaricha aynan ana shu marosim ( ritual)lardan til vujudga kelgan. Insoniyat mavjud ekan hayvonot olami bilan yonma-yon yashaydi va hayvonlar ham insonga butun umri davomida hamroh bo’lib yashaydi, inson hayotining ajralmas bir qismiga aylanadi. Hattoki, ba’zi hayvonlar ramziy belgilarga ega bo’lgan.
Masalan, sigir osmonni gavdalantirgan. Ot tunni aks ettirgan va ov dunyosini ifodalagan. Mushuk esa yovuzlik va jodugarlik timsoli bo’lgan.
Hayvonlarning nomi yoki hayvonlarga qo’yilgan laqab bilan qo’llanuvchi frazeologik birliklar zoonimlar deyiladi [Шепилова 2001].
Insonlar hayvonlarning hayotini kuzatib, ularni inson bilan taqqoslab, unda insonga xos bo’lgan ba’zi xususiyatlarni ko’rgan. Ba’zi hayvonlarga qo‘rqoqlikka xos (quyon), ba’zilariga ayorlikka ( tulki) xos nisbatlar berilgan. Ko‘p xalqlarning hayvonlarning nomi bilan bog‘liq ramzlari bir-biriga mos kelsada, shu bilan birga har bir xalqning hayvonlarga nisbatan o‘z munosabatlari ham mavjud.
Masalan :
O‘zbek tilida : Tulkiday ayyor
Ingliz tilida : 1. as cunning as a fox – “tulkiday ayyor”;
2. A hungry fox dreams about chicken – “och tulki jo‘jalarni orzu qiladi”.
Ikkala xalqda ham “tulki” so‘zi bilan bog‘liq frazeologik birliklar “ayyorlik,
makkorlik, ahdidan qaytish, o‘z so‘zida turmaslik, xoinlik, munofiqlik, xiyonatkorlik, vafosizlik” kabi illatlatni aks ettiruvchi insonlarga nisbatan qo‘llaniladi.
.
“Baliq” so‘zi bilan bog‘liq frazeologik birliklar “sir saqlashni biladigan”, insonlar sirini har kimga fosh qilmaydigan kishilarga nisbatan, hamda g‘ayratsiz, shijoatsiz, yuragida o‘ti yo‘q ehtirossiz, betayin, mujmal kabi inson xarakterini ifodalashda, nima qilishini bilmay qolish,o‘zini har yoqqa urish kabi sifatlarni ifodalashda qo’llaniladi.
Ingliz tili frazeologizmlari xilma-xil bo’lib, kelib chiqishiga ko’ra 2 turga bo’linadi: qadimgi ingliz frazeologik birliklari va boshqa tillardan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar. O’z navbatida o’zlashtirilgan frazeologik birliklar tilichidagi va tillararo turlarga ajratiladi.
Demak, ingliz frazeologik birliklarini 4 guruhga ajratamiz:
1) Qadimdan mavjud bo’lgan ingliz frazeologik birliklari. 2) O’zlashtirilgan frazeologik birliklar.
3) Boshqa tilda gapiruvchi aholidan o’zlashtirilgan frazeologik birliklar.

Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə