Bob. Frazeologizmlarning asosiy mazmuni va uning o’ziga xos xususiyatlari


Strukturali ajralish yoki alohidalilik



Yüklə 107,53 Kb.
səhifə6/21
tarix02.03.2023
ölçüsü107,53 Kb.
#101761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
. Frazeologizm haqida umumiy ma`lumot

Strukturali ajralish yoki alohidalilik.
Barcha frazeologizmlar rasman faqat so’zga taalluqli bo’lgan bo’linish strukturasiga ega va komponentlarga ajraladi, lekin frazeologik oborot tarkibida ularning hech biri leksik ma‘no anglatmaydi.
(Без году неделя).- hazil (bir yili kam bir hafta); kechagina, yaqindagina, hali hech qancha vaqt o’tgani yo‘q; hali u tajribasiz;
Mana, Miron Lipatich bu uyga ko”chib kelganingizga hech qancha bo‘lgani yo‘qu, hadeb so‘roqsiz chiqib keteverasiz [Островский A.1961,с.56].
Shuni ta‘kidlash joizki, alohidalilik – bu “ sintaktik birlik qurilishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bunda uni tashkil etuvchi birliklar alohida so’zlar , yani grammatik komponentlar hisoblanadi”[ Ахманова О.С. 1966, с. 376]
Frazeologizmdagi so’zlarning mustaqil ma’noga ega ekanligi va leksik tarkibning barqarorligi:
Honeymoon – asaloyi
Honey – asal
Moon – oy
Grammatik tizimning barqarorligi.
Har bir frazeologizm ma’lum bir so’z turkumiga oid bo’lib, shu so’z turkumiga xos bo’lgan sintaktik vazifani bajaradi va gap bo’laklari bilan moslashadi :
Kill ( killes, killed) two birds with one stone ← bir pastda bir o‘q bilan ikki quyonni o‘ldirish
ride ( rode ) the high horse.- o‘zini katta olmoq, kekkaymoq, gerdaymoq,burnini ko’tarmoq
Frazeologizmning semantik strukturasi.
Frazeologizm ikki yoqlama lisoniy birlik, shakl va mazmunning dialektik birligidan iborat. Frazeologizmning shakliy tomonini so’z (leksema emas) tashkil qiladi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma‘nodir. Frazeologik ma‘no o’ta murakkab tabiatli, leksemada bo’lgani kabi ayrimi denotativ tabiatli bo’lsa, boshqalari grammatik ma‘noga ega, xolos.
Masalan, mustaqil so’z turkumiga kiruvchi frazeologizm: (burgaga achchiq qilib, ko‘rpaga o‘t qo‘ymoq, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq; ko‘ngli bo‘sh; hash-pash deguncha) denotativ ma‘noga ega bo’lsa, turgan gap, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.
Frazeologizm birdan ortiq mustaqil so’zdan tashkil topadi. Biroq uning ma‘nosi tashkil etuvchi ma‘nolarining oddiy yig’indisi emas.
Masalan, qo‘yniga qo‘l solmoq frazeologizmining ma‘nosi qo‘yin, qo‘l, solmoq leksemalari ma‘nolari sintezi yoki qo’shiluvchi emas. Frazeologizmning ma‘nosi tashkil etuvchi so’z to’la yoki qisman ko’chma ma‘noda ishlatilishi natijasida hosil bo’ladi.
Masalan, birovning fikrini bilishga urinish harakati uning qo’ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o’xshaydi. Natijada, “qo‘yniga qo‘l solmoq “erkin birikmasi o’zidan anglashilgan mazmunga o’xshash bo’lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Yoki kishi qo’ltiqlab ketayotgan tarvuzini tushirib yuborsa, qanday ahvolga tushadi? Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monand va erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo’lgan. Bu esa frazeologik ma‘noning mantiqiyligidan dalolat beradi.
Frazeologizm tarkibidagi ayrim so’zning ko’chma ma‘noda, boshqalarining o’z ma‘nosida qo’llanilishi natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
Masalan, aqlini yemoq, ko‘zini bo‘yamoq, ko‘zi ko‘ziga tushdi, og‘zi qulog‘ida frazeologizmlarida aql, ko‘z, og‘iz so’zlari o’z ma‘nosida, yemoq, bo‘yamoq, tushmoq, qulog‘ida so’zlari ko’chma ma‘noda.
Frazeologizm, asosan, bir ma‘nolidir. Ammo polisemantiklik frazeologizmda ham uchrab turadi.
Masalan, aqli yetadi frazeologizmi «idrok qilmoq», «ishonch hosil qilmoq» ma‘nosiga, bo‘yniga qo‘ymoq iborasi 3 ta – «aybni birovga to’nkamoq», «isbotlab e‘tirof qildirmoq», «biror ishni bajarishni birovning zimmasiga yuklamoq» ma‘nolariga, qo‘lga olmoq iborasi esa 4 ta – «o’z ixtiyoriga o’tkazmoq», «qo’qqisdan hujum qilib bosib olmoq», «qamash maqsadida tutmoq», «biror yo’l bilan o’z xohishiga bo’ysunadigan qilmoq» ma‘nolariga ega.

Yüklə 107,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə